Jizzax shahar xalq ta'limi bolimi



Yüklə 315,57 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.12.2022
ölçüsü315,57 Kb.
#120403
Milliy o\'quv dastur BUYRUQ QK37783725



Jizzax shahar xalq ta'limi bolimi
B U Y R U Q
Milliy o’quv dasturini va o’quv-metodik majmualarni amaliyotga joriy etish
bo’yicha 6-,7-,10-sinf o’qituvchilari ishtirokida shahar o’quv-seminarlarini
tashkil etish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 23-sentabrdagi
“Umumiy o’rta ta’limning
Milliy o’quv dasturini tajriba-sinovdan o’tkazish
to’g’risida”gi 310-sonli buyrug’i hamda Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasining
2022-yil 19-apreldagi “Milliy o’quv dasturini va o’quv-metodik majmualarni
amaliyotga joriy etish bo’yicha 6-,7-,10-sinf o’qituvchilari ishtirokida viloyat o’quv-
seminarlarini tashkil etish to’g’risida”gi buyruqlari
ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 23-sentabrdagi 310-sonli hamda Jizzax viloyat
xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 19-apreldagi “Milliy o’quv dasturini va
o’quv-metodik majmualarni amaliyotga joriy etish bo’yicha 6-,7-,10-sinf
o’qituvchilari ishtirokida viloyat o’quv-seminarlarini tashkil etish to’g’risida”gi
buyruqlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
- Milliy o’quv dasturlarini va o’quv-metodik majmualarni amaliyotga joriy etish
bo’yicha 6-, 7-, 10- sinf o’qituvchilari ishtirokida o’tkaziladigan shahar o’quv-
seminar mashg’ulotlarini o’tkazish grafigi 1-ilovaga;
- Milliy o’quv dasturlarini va o’quv-metodik majmualarni amaliyotga joriy etish
bo’yicha 6-, 7-, 10- sinf o’qituvchilari ishtirokida o’tkaziladigan shahar o’quv-
seminar mashg’ulotlarini tashkil etuvchi trener-o’qituvchilar ro’yxati 2-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
3. Milliy o’quv dasturlarini va o’quv-metodik majmualarni amaliyotga joriy etish
bo’yicha 6-, 7-, 10- sinf o’qituvchilari ishtirokida o’tkaziladigan shahar o’quv-
seminar mashg’ulotlarini o’tkaziladigan shahar o’quv-seminari 2022-yil 19-28-may
kunlari 6- sonli umumta’lim maktabi va 8-Idumda, metod kunlarda o’tkazilishi
belgilab qo’yilsin.
4. Shahar xalq ta’limi bo’limi fan metodistlari (K.Bekmuratova, O.Umarov, S.
Komilov, D.Shukurova, N. Mirzabekova, X. Tursunova)ga:
2022 й. «19» 5
2022-211-3-55-XT-
son
Jizzax sh.
Кўриб чиқган юрист: FAYZIYEVA NARGIZA NASULLAYEVNA. Ҳужжат рақами: HS7233877732


- Milliy o’quv dasturlarini va o’quv- metodik majmualarini amaliyotga joriy etish
bo’yicha 6-, 7-, 10-sinf o’qituvchilari ishtirokida o’tkaziladigan o’quv-seminar
mashg’ulotlarini tashkil etuvchi trener o’qituvchilar ro’yxatini shakllantirish;
- Shahar trener-o’qituvchilari ishtirokida shahar o’quv-mashg’ulotlarini samarali
tashkil etish yuzasidan yig’ilish o’tkazish va tayyorgarlik ishlari bo’yicha
vazifalar belgilab olish;
- Shahar o’quv-seminarini o’tkazish uchun belgilangan 6 – 19-sonli umumiy o’rta
ta’lim maktablari va 8-IDUMni o’quv-mashg’ulotlarini o’tkazishga tayyorgarlik
darajasini o’rganib chiqish va tegishli choralarni ko’rish;
- Milliy o’quv dasturlarini va o’quv-metodik majmualarini amaliyotga joriy etish
bo’yicha 6-, 7-, 10- sinf o’qituvchilari ishtirokida o’tkaziladigan viloyat o’quv-
seminar natijalari yuzasidan tayyorlangan hisobot-ma’lumotlarni belgilangan
muddatlarda Viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga taqdim etish vazifalari
yuklatilsin.
5.
6 – 19-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablari va 8-IDUM rahbarlariga:
- Milliy o’quv dasturlarini va o’quv-metodik majmualarini amaliyotga joriy etish
bo’yicha 6-, 7-, 10 – sinf o’qituvchilari ishtirokida o’tkaziladigan shahar o’quv-
seminarini o’tkazishga tayyorlash;
- Maktabda shahar o’quv-seminari jarayonidagi o’quv mashg’ulotlari uchun sinf
xonalar ajratish va o’quvlar uchun zaruriy bo’lgan texnik vositalar (ekran,
proektr) bilan ta’minlash choralarini ko’rish;
- Shahar o’quv-seminariga fan o’qituvchilarini ishtirokini to’liq ta’minlash va
belgilangan manzilga xavfsizlik choralarini ko’rgan holda yetib kelishlarini
ta’minlash vazifalari topshirilsin.
6. Barcha umumiy o’rta ta’lim maktabi rahbarlariga:
- Milliy o’quv dasturlarini va o’quv-metodik majmualarini amaliyotga joriy etish
bo’yicha 6-, 7-, 10 – sinf o’qituvchilari ishtirokida o’tkaziladigan shahar o’quv-
seminariga fanlar kesimida o’qituvchilar ishtirokini ta’minlash va maktab
miqyosida Milliy o’quv dasturi bo’yicha o’quv-seminarlarini davom ettirish
vazifalari yuklatilsin.
7. Mazkur buyruqning ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish Jizzax shahar xalq ta’limi
bo’limi mudir o’rinbosari V. Ergashev zimmasiga yuklatilsin.
Jizzax shahar xalq ta’limi
bolimi mudiri:
O.Xamraqulova
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: QK37783725

Yüklə 315,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin