7-mavzu. Mustaqil O‘zbekiston ta’lim tizimi.
REJA:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni.Uzluksiz ta'lim tizimi.
2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va uning mohiyati.
3. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning o‘ziga hos
hususiyatlari. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy
tarkibiy qimlari
4. Kadrlar tayyorlash milliy modelini hayotga tadbiq etish
ishining ahamiyati.
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni. Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida, uzluksiz ta'limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e'tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunida uzluksiz ta'lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta'lim mazmuni, ta'limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me'yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:
fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari;
ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;
har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;
pedagogk faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi;
ta'lim muassasasining haquqiy maqomi;
ta'lim tizimi va turlari;
ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish;
ta'lim tizimini boshqarish.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunida alohida urg‘u berilganidek, ta'limni tashkil etishning asosiy maqsadi – jamiyatda intellektual va ilmiy potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |