Bank missiyasi quyidagi vazifalarni hal qilishdan iborat bo‘ladi:
Bank missiyasi quyidagi vazifalarni hal qilishdan iborat bo‘ladi:
kapitalning yetarliligi va likvidligi bo'yicha barcha prudensial me'yorlarga javob bergan holda asosiy ko'rsatkichlar o'sish sur'atlarining barqarorligini ta'minlash;
rentabellik koeffitsientlari ko'rsatkichlarini yanada oshirish maqsadida aktivlar tarkibini tubdan yaxshilash, xususan, daromad keltiruvchi aktivlar ulushini va ularning daromadlilik darajasini oshirish;
Bankning operatsion samaradorligi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun zamonaviy bank texnologiyalarini yanada rivojlantirish va ularni Bank faoliyatining barcha sohalariga bosqichma-bosqich integratsiyalash;
Bank xizmatlarini yanada qulayroq qilish uchun eng samarali formatlarda yangi savdo nuqtalarini ochish bo'yicha ishlarni davom ettirish. Xususan, Bank 2021-yilda sotuvlar hajmining eng yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatgan BXO formatida (bank xizmatlari ofisi) yangi shoxobchalarni ochishni davom ettirish niyatida;
mijozlarga har birining individual xususiyatlariga e'tibor qaratgan holda to'liq xizmatlar ko'rsatishni ta'minlash uchun mahsulot qatorini rivojlantirish asosida mijozlar bazasini kengaytirish;
mijozlar uchun birinchi tanlov bankiga aylanish, xizmat ko'rsatish sifati bo'yicha yetakchi mavqega erishish va uni saqlab qolish. Shu maqsadda bank 2022-yilda reklama va umuman marketing uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni ko‘paytirish hamda xodimlarning malakasi va kasbiy salohiyatini oshirish choralarini ko‘radi.