Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’ldosheva, Sharofjon Sariev ona tili o’qitish metodikasi darslik


Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə24/119
tarix24.01.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#122527
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’l

Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik
Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. Chunki o’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Ma’lumki, sinfda o’qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O’quvchilarni matn bilan tanishtirish o’qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, o’quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko’p ma’noli so’zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo’lsa, tabiat qo’yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o’qish muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tayyorgarlik shakllaridan biriekskursiyadir. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy asarlar o’rganilganda foydalanish mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskursiyalar esa tarixiy voqealarning to’g’ri idrok etishlarini ta’minlaydi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, o’quvchida mehnatga muhabbat uyg’otadi, kasbga yo’naltiradi.
Film namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayotini o’rganishdan oldin filьm namoyish qilinsa, o’quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Masalan, 2-sinfda “Gulzorda” hikoyasini o’qishda ”Mehrobdan chayon” filьmidan parcha ko’rsatilishi, 3-4-sinflarda Ibn Sino haqidagi asarlarni o’rganishda ”Ulug’bek xazinasi”, Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda “Alisher Navoiy” filьmi namoyish etilishi mumkin.
O’qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar haqida so’zlab berilayotganda ularning portretlari, bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilsa, o’quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi.
Asarni o’qishga tayyorgarlik bevosita o’quvchilarning mustaqil izlanishlari asosida ham tashkil etiladi.
Sinfdan sinfga ko’chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o’quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo’yilgan talablar ham ko’payadi. O’qituvchi qisqa ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to’liqroq tanishtirishga o’tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o’qiganligini hisobga oladi.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin