Kasb-hunar rang-barang, Har birida turfa rang



Yüklə 18,4 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü18,4 Kb.
#122751
Kasb-hunar rang-barangDIR


Kasb-hunar rang-barang,
Har birida turfa rang.
Inson zebu-ziynati bilim va odobdir. Ularni
shogirlariga sindirgan ustozlargina chinakam ustozdir
A.Navoiy
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev “ Yoshlarning ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi boshqichga ko’tarish chora-tabdirlari to’g’risidagi (2018-yil 14.08 PQ 3907) hamda farmonlar , murojaatnomalarda kasb –hunarga o’rgatishni kichik maktab yoshidan boshlashni alohida ta’kidlab kelmoqdalar.
Chunki, insonning shaxs sifatida shakllanishi uning bolalik yilllaridan tartib, kamolga yetguniga qadar davom etadi. Uni kasbga to’g’ri yo’naltirish, eng avvalo kasbning mazmun mohiyatini tushuntirib berish boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy mahoratida bog’liq . Shuningdek, kasb-hunarga yo’naltirish yosh avlodni xohishi, layoqati va qobilyatiga mos holda bo’lmog’i lozim.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “ Kelajakda kim bo’lasan? ” Qaysi kasbni egallaysan?” kabi savollar bilan murojaat qilinganda ularning aksaryati kasb-hunarni emas,aksincha lavozimni nazarda tutadi va shunga qarab javob beradi.
Birov o’z qiziqishiga tayanib, o’z yo’lini belgilasa, boshqa birov kimgadir havas tufayli tug’ilgan istaklar bo’ysinadi. Yana birovlar esa ota-onalarining xohishlariga bo’yin egadilar.
Biroq, tanlanga kasb, eng avvalo, ko’ngilga yaqin bo’lmog’i kerak. Shu kasbning egasi emas, kasbning fidoyisi jonkuyari bo’lmoq darkor. Shu bois o’qituvchilarning bu borada ota-onalar bilar hamkorlik o’rnatishi bolaninig kelgusida kasb tanlashi hamda ijtimoiylashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Chunki, bola kelajakdagi kasb haqida qanchalik erta o’ylab, o’z oldiga aniq maqsad qo’ysa, bu shunchalik uning kelajakda ham o’z ishining mohir ustasi bo’lishiga muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 61.08-2020 yil 6-noyabr Farmoniga ko’ra 2021-2022 o’quv yillaridan boshlab “ Kasbga yo’naltirish tizimi ” joriy etiladi. Ya’ni 7- sinf o’quvchilari bilan “ Kasblar olamiga sayohat ”, 8-sinf o’quvchilari bilan “ Mening kelajakdagi kasbim ” mavzularidagi so’rovnoma olib chiqilib, 9-sinf o’quvchilari bilan esa pedagogik-psixolik suhbat, testlar orqali kasbga yo’naltirish ishlari olib boriladi. O’quvchilarni kasbiy moyilligi aniqlanadi.
Men 33-yillik tajribamdan kelib chiqib kasbiy moyillikni boshlang’ich sinflardan boshlashni ma’qul topdim. O’zim ta’lim-tarbiya beradigan 2-“D” sinf o’quvchilari bilan 40 ta kasblar bo’yicha “ Kasb-hunar rang-barang, har birida turfa rang ” nomli festival tashkil qildim. O’quvchilar o’zlari tanlagan kasb va hunarlariga mos kiyinib, o’z kasblarini ifodalovchi buyum jihozlarni ko’targan holda sahnaga chiqishlari bilan ajralib turdi.
Festivalga mohir kasb egalari, hunarmandlar, sobiq o’quvchilarim, ko’p yillik ish tajribasiga ega bo’lgan nafaqadagi faxriylar, ustozlar, tadbirkorlar, kasb-hunar maktabi o’qituvchilari, ota-onalar taklif etildilar. Sinf xonasi festivalga mos buklet, banerlar bilan bezatilgan.
Har bir o’quvchi o’zi tanlagan kasbini she’riy yo’l bilan ta’rifladi. Tib ilmining sultoni Ibn Sino og’itlari, she’r, qo’shiqlar,turli xil sahna ko’rinishlari maqollar, hadislar, hikmatli so’zlar aytildi, kasbga oid krossvordlar yechildi.
Tadbir qatnashchilari inson hayotida mehnati bilan to’kis va farovon bo’lishini, har bir ksbning mashaqqatli va faxrli tomonlari aytib hozirgi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan to’g’ri foydalanishni, sport inshootlari, “ Barkamol avlod markazlari ” maktab to’garaklariga faol qatnashib turishni tushuntirib o’tdilar.
Tadbir so’ngida Buxoro viloyati ichki ishlar bo’limi boshlig’i, padpolkonik Azim Bozorov, Buxoro aksiyadorlik jamiyati menejeri Baxtiyor Raxmonov, G’ijduvon tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi direktori Fayoz Mahkamov, G’ijduvon tumani 1-sonli kasb-hunar maktabi direktor o’rinbosari Abbos Maxmudov. Qumoq MFY faoli Shokir Ergashov hamda ustoz va murabbiylarga o’quvchilarni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va atroflicha javob oldilar.
Maktab direktori Shavkat Hasanov tadbirni yakunlar ekan “ Biz yigitlarga 40 hunar oz ” deyishadi. Siz kelajakda shu kasblar egasi bo’lish uchun, hozirdan boshlab bilimlaringizni oshirib borishingiz kerak., deya maktabning faxri bo’lgan sobiq o’quvchilar tomonidan taqdim etilgan estalik sovg’alar, kitoblarni tadbirda faol qatnashgan o’quvchilarga hadya etdilar.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlaymanki, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan 5 tashabbus ijrosini ta’minlash, yoshlarni bo’sh vaqtidan samarali va oqilona foydalanish maqsadida maktabda bunday festivallarni o’tkazib borish o’quvchilarni jamoada o’zini kelajakda yetuk shaxs bo’lib ulg’ayishiga zamin yaratadi.
11-umumta’lim maktabi oliy toifali boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi Mukarram Komilova.
Yüklə 18,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin