128
Ammo, bu atama (termin) sodir bo’lgan hodisani to’liq
anglashga imkon
bermaydi. Ko’p yillik kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, yaxshilab dezodorasiya
qilingandan so’ng, yog’ni ta’mi va hidini boshlang’ich
holiga qaytishi-tiklanishi
(reversiya) kuzatilmaydi.
Yog’ tarkibida past molekulyar gliseridlar oksidlanish mahsulotlari, hamroh
moddalar, digliseridlar, shuningdek qo’shbog’li yog’ kislotalari bo’lishi
dezodorasiyadan keyingi hid va ta’mining hosil bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin.
Rafinatsiya jarayonini ehtiyotsizlik bilan olib
borish natijasida qolgan
mahsulot (sovun qoldiqlari,
temir tuzlari, adsorbent,
uskuna devorlaridagi
kuyindi)lar ham dezodorasiyani kamchiliklarini ko’paytirishi mumkin.
Qanchalik o’rta molekulyar gliserid miqdori ko’p bo’lsa, shunchalik yog’
dezodorasiyadan so’ng barqaror bo’ladi.
Oksidlanish jarayoni natijasida yog’ni ta’mida achqimtil salistыy va boshqa
ta’miga xos o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
Yog’lar tarkibida ko’p miqdorda o’ta to’yinmagan kislotalar mavjud bo’lsa,
oksidlanish ko’proq bo’ladi.
Oksidlanish jarayoni quyidagicha boradi:
1) 4RN + O
2
4R + 2H
2
O
2) R + O
2
RO
2
3) RO
2
+ RH RO
2
H + R
Erkin uglevodorod radikali kislorod molekulasi bilan reaksiyaga kirishishi
mumkin. Shu bilan zanjir reaksiyani davom etirish va gidroperekisning yig’ilishi
erkin valentlik tugamaguncha davom etadi va zanjir uziladi.
RO
2
+ RO
2
zanjir uzilishi
Gidroperekis – spirt va ketonga bo’linadi. Ingibitor (fenol xarakteriga ega
bo’lgan naftellar, aminior, xinonlar) oksidlanish jarayonini to’xtitishi mumkin
(zanjirlarni uzish bilan).
Ayniqsa tabiiy ingibitorlar – tokoferolning saqlanishiga e’tibor berish kerak.
129
Sovun qoldiqlari, metallar, adsorbentlar va boshqa aralashmalar dezodorasiya
qilingan yog’ sifatiga va to’liq dezodorasiyaga salbiy ta’sir qiladi. Temir perekisni
hosil bo’lishiga imkon beradi. Yog’ga misning salbiy ta’siri temirga qaraganda 10
marta kuchli bo’ladi.
Yog’ni metallar ta’siridan himoya qilish maqsadida
ularga limon kislotasi
qo’shiladi.
Dostları ilə paylaş: