Kibermakonda din omili. Reja: Kibermakon tushunchasi. Kibermakon va jamiyat. Kibermakon va din



Yüklə 44,82 Kb.
səhifə5/9
tarix02.06.2023
ölçüsü44,82 Kb.
#127629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kibermakonda din omili

Axborot (arab, axbor — xabarlar, ma’lumotlar) — muayyan voqea-hodisalar to`g’risidagi xabar yoki ma’lumot, ularni tushuntirish, tushunish va idrok etishda qadim zamonlardan buyon qo`llanib kelinayotgan, kibernetika va informatikaning taraqqiyoti tufayli keyingi vaqtda yangi, keng ma’no kasb etayotgan tushuncha. OAV orqali e’lon qilinadigan ko`rsatuv va eshittirishlarning nomi, jurnalistika sohasidagi maxsus janr ham shunday ataladi. Biron voqea haqidagi batafsil ma’­lumot, davlatlar o`rtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnomalar to`g’risidagi rasmiy xabar ham axborot deyiladi. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlat o`rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natija­sida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlat­lar tomonidan e’lon qilinadi. Ikki davlat o`rtasida olib boriladigan muzo­karalar haqidagi axborot odatda qo`shma axborot deb ataladi. Kundalik hayotda biror narsa (jarayon, ish, hodisa) to`g’risida aniq tasavvurga ega bo`lish uchun kerak bo`ladigan ma’lumot yoki yangiliklar ham axborotdir.
Hozirgi kunda ko`plab mamlakatlarda internetdan foy­dalanish ko`nikmalari fakultativ dars sifatida maktab dasturiga kiritila boshladi. Buni ham grifingga qarshi kurashishning o`ziga xos usuli sifatida ko`rsatish mumkin. Negaki, fakultativ darslar orqali bolalar internetdan olinadigan ma’lumotlarning qanchalik haqqoniy va to`g’ri ekanini tekshirishga o`rgatiladi. Bunday darslar, ayniqsa, o`smirlar uchun zarur. Internetda grifingdan tashqari o`smir yoshlar uchun yana bir qancha xavflar ham bor. Ya’ni bolalar va internet muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bir paytda, ekstremistik xarakterdagi sekta va uyushmalar saytlarining foydalanishga ochiqligi, virtual firibgarlikka keng yo`l qo`yilganini ham e’tibordan chetda qoldirib bo`lmaydi. Bolalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqorida tilga olingan turdagi saytlarga yetaklashi, bu veb sahifalarda ularning ruhiy yoki jismoniy sog’ligiga xavf soluvchi ma’lumotlarni ko`rishiga olib kelishi tabiiy.
Informatsion tahdidlar. Bu turdagi tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto`g’ri shakllantirish va shu tariqa o`zligiga ega bo`lmagan olomonni tarkib toptirishni ko`zlaydi. Bugungi kunda informatsion tahdidlar asosan Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko`rinishlari quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik muammoni katta (yirik) muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni zolim qilib ko`rsatish, milliy qadriyatlarni noto`g’ri talqin qilish, yoshlarni chalg’itish. Informatsion tahdidlar – ba’zida axborot xuruji deb ataladi – shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik vujudga keladi.1Elekt­ron pochta manzillari orqali olingan xabarlar kuchli ruhiy ta’sir o`tkazib, bolalarni internet doirasida va undan tashqarida ham jinoyatga undashi hech gap emas. Bank yoki kredit kartochkasidagi hisob raqamlarni bilgan bolakaylar onlayn savdolarda qatnashish imkoni bilan birga kichik o`yinchoqdan tortib to eng so`nggi rusumdagi mashina sotib olish xuquqiga ham ega bo`ladi. Bu esa ularni virtual firibgarlarning nishoniga aylantiradi. Shu sabab, global tarmoqdan foydalanuvchilar ko`p bo`lgan Belorusda bu kabi muammolar qator yangi kasblarning vujudga kelishiga ham turtki bo`lgan. Yangi turdagi mazkur mutaxassislarning vazifasi oilada internetdan foydalanish madaniyatiii joriy etadigan hamda bolalarga psixo­logik, ma’naviy hamda jismoniy zarar yetkazmaydigan ochiq va xavfsiz axborot makonini yaratishdan iborat.
Shuningdek, ko`plab jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar va xususiy kompaniyalar o`z faoliyatini internetning bolalarga ta’siri va undan bo`ladigan zararning oldini olish usullarini o`rganishga qaratgan. Jumladan, internet mazmunini baholash assotsiatsiyasi (ICRA) mustaqil xalqaro tashkilot bo`lib, asosiy vazifasi ota-onalarni ularning farzandlarini tarmoqda kutayotgan ko`ngilsizlik va xavfli munosabatlar haqida ogohlantirish, kibermakonda bo­lalarni noto`g’ri axborotlardan himoyalash va so`z erkinligini ta’minlashdan ibo­rat. Ota-onalarga mavjud muammolar yuzasidan maslaxat, ko`mak beradigan kiberfarishtalar (Cyberangels) - internetda bolalar huquqini himoya qilishga yo`naltirilgan Yevropadagi ilk tashkilotga 1995 yili asos solindi va ayni paytda unga AQSh va Kanada kabi davlatlar ham a’zodir. Muammolar chuqurlashgani sayin bu kabi tashkilotlar xam keng ko`lamda tadqiqotlar o`tkazish va mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishni kuchaytirmokda. Xususan, Bolalarni asraylik (Save the Children) xalqaro huquqiy tashkiloti o`tkazgan so`rovnomalar natijasida ma’lum bo`ldiki, AQShdagi 15-17 yashar o`smirlarning 85 foizi, Kanada yoshlarining 93 foizi muntazam ravishda internetdan foydalanadi. Kommunikatsiya vositalari tadqiqoti assotsiatsiyasi (Association for the Research of Communication Media) olgan natijalarga ko`ra esa, o`smirlar katta yoshlilarni 2004 yildayoq internetdan foydalanish bo`yicha ortda qoldirgan.

Yüklə 44,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin