Kichkina alisher



Yüklə 1 Mb.
səhifə4/7
tarix09.01.2023
ölçüsü1 Mb.
#122082
1   2   3   4   5   6   7
Safayeva Shaxnoza Qayumovna

III. Yangi mavzu bayoni:
Bugun bolajonlar sizlar bilan “Kichkina Alisher” hikoyasini o’rganamiz.
Hikoyani bizga yosh adabiyotshunos olima Zamira Ibrohimova taqdim etmoqdalar. Zamira ibrohimova o’zining bir nechta asarlari, hikoyalari bilan o’zbek bolalar adabiyotiga katta hissa qo’shib kelayotgan adiba bo’lib hozirda Toshkent bolalar adabiyoti nashriyotida faoliyat olib bormoqda. Bu hikoyani u tarixiy manbalarga asoslanib yozgan.


Sahna ko’rinishi:
Domla kichkina Alisher va uning otasi G’iyosiddin kichkinani kutib olibdi.
O’quvchilar tomonidan Alisher Navoiy bobomizning ilk maktabga kelgan paytlariijro etiladi.
Bugun o’rganadigan hikoyamiz A.Navoiy bobomizning yoshlik davrlari haqida eking.

Qani o’zi A.Navoiy bobomiz kim bo’lganlar?



  1. A.Navoiy bobomiz g’azal mulkining sultoni bo’lganlar.




  1. A.Navoiy bobomiz 1441-yilda Xurosonning Xirot shahrida tug’ilganlar va 1501-yilda Xirotda olamdan o’tganlar. Bobomiz 60 yil yashaganlar. Mana shu yillar mobaynida bobomizni butun dunyo tanigan va u kishining asarlarini o’rganmoqda.







  1. Navoiy bobomiz o’zlarining “Badoiul bidoya” asarlarida u kishining bobolari Temuriylar saltanatining ishonchli xizmatchisi bo’lgani keyinchalik otalari G’iyosiddin kichkina ham u kishining ishlarini davom ettirganligi haqida aytganlar.




  1. Bobomiz yoshliklarida g’oyat qobiliyatli, tirishqoq, harakatchan, zehnli bo’lib, o’sha davrning ulug’ kishilar tomonidan erta tan olingan. U kishining ustozlari



Mavlono Lutfiy:

Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh,


O’ylakim, paydo bo’lur yulduz nishon bo’lg’och quyosh.
deb boshlangan g’azalini o’qib “Agar iloji bo’lsa barcha
she’rlarimni shu ikki misra g’azalga almashtirar edim”
deydi.



  1. Bobomiz 2 tilda – turkey (qadimgi o’zbek) va fors tilida g’azallar yozganlar. Lekin turkiy tilda buyuk adabiyot yaratish u kishining hayotidagi maqsadi bo’lgan.




  1. Shoirning hisobicha, uning faqat she’riy asarlarining o’zi 120 ming baytdan ortadi:

Bobomizning shox asari bo’lmish “Xamsa” asari 51230 misradan iboratdir.



  1. Bobomizning “Xamsa” asarlari 5 dostonni ya’ni “Hayrat ul abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabbaiy sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlaridir.




  • Balli bolajonlar.

A.Navoiy bobomizga Navoiy tahallusi nima uchun berilgan?

  • U kishi qushlarni juda sevganlar, ularga atab ko’pgina g’azallar yozganlar, ayniqsa bulbul honishiga mahliyo bo’lganlar. Tahalluslari esa bulbullar navosi so’zidan olingandir.

  • U kishida Mir Alisher Navoiy unvoni nima uchun berilgan edi?

  • Odatda Mir unvonini olgan odam shox huzuriga bir kunda 7 marotaba kirishi mumkin edi. Navoiy bobomiz ham shoxning ishongan do’sti bo’lganlar.

  • Fanda A.Navoiy o’zbek tilida birinchi g’azal yozgan va o’zbek tiliga asos solgan olim deb tan olingan.

Bugungi yangi mavzu “Kichkina Alisher” hikoyasida A.Navoiy bobomizning yoshlik paytlari haqidadir bobomiz 4 yoshlarida otalari ularni maktabga beradilar.
Mamlakatdagi urush to’palonlar sabab Alisherning o’qishi uzoqqa bormaydi va ularni oilalari boshqa yurtga ko’chib ketishga majbur bo’ladilar. U paytda odamlar ot, tuyalarda uzoq yurtlarga borishgan. Kunduzi issiq bo’lgani uchun kechasi yo’lga chiqilgan. Bir payt kechasi yo’lga ketayotgan karvon bilan birga Alisher ham o’z otida ketayotib uhlab qoladi va otdan sirg’alib tushib yumshoq qum ustiga tushadi va yerda uhlab qoladi.
Karvondagilar esa buni sezishmay ketaverishadi.



  • Qani bolalar qolganini hikoyani o’qish bilan bilib olamiz.

Hikoya avval o’qituvchi tomonidan, so’ng barcha o’quvchilarga o’qitiladi.






Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin