Kirish. 1 Bob


Budjettashkilotlaridaasosiyvositalamibalansdanchiqarish hisobi



Yüklə 46,72 Kb.
səhifə4/9
tarix31.05.2022
ölçüsü46,72 Kb.
#116462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
вшырыаыва

2.1Budjettashkilotlaridaasosiyvositalamibalansdanchiqarish hisobi Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalar amaldagi
qonunda belgilangan tartibda balansdan quyidagi hisobdan chiqariladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar:
a) tugatilishi munosabati bilan;
b) bepul berilishi munosabati bilan;
d) sotilishi munosabati bilan;
e) kamomad aniqlanganda yoki yo‘qolishi munosabati bilan hisobdan
chiqariladi.Yuqorida ko'rsatilgan sabablar bo‘yicha budjet mablag‘larining bosh tasarruf qiluvchilar asosiy vositalami balansdan chiqarishni qonun
asosida mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Asosiy vositalaming tugatilishi sababli ular quyidagi holatlarda:
a) belgilangan xizmat qilish muddati tugagandan so‘ng (eskirish
to‘la hisoblanganda);
b) fizik (jismoniy) eskirishi, avariya, tabiiy ofat, foydalanishning
me’yoriy shartlari buzilishi natijasida foydalanishga yaroqsiz holatga
kelishi munosabati bilan;
d) ma’naviy eskirishi munosabati bilan;
e) tegishli hukumat organlarining qarorlari bo'yicha chiqarilishi
munosabati bilan;
f) qurilish olib borilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi va
budjet tashkiloti qayta yangi texnika bilan ta’minlanishi munosabati
bilan balansdan chiqarilishi mumkin.
Bunda asosiy vositalami qayta tiklash imkoniyati bo‘lmaganligida
yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda ular tugatiladi.
Budjet tashkilotlarining tarkibiy bo‘linmalari asosiy vositalami
tugatishni qonunda belgilangan tartibda tegishli yuqori tashkilotning
roziligi bilan amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi tizimidagi boshlang'ich tibbiy-sanitariya muassasalari
asosiy vositalami balansdan chiqarishni qonun asosida viloyat sog‘liqni
saqlash boshqarmasining roziligi bilan amalga oshiradi.
M a’naviy eskirgan asosiy vositalar-tayinlanishiga muvofiq bir xil
bo‘lgan asosiy vositalaming yuqori ish unumdorligi va iqtisodiy jihatdan
samaradorligi yuqori bo‘lgan, qiymati ham bir xil yoki arzonroq bo‘lgan
xuddi shunday asosiy vositalaming chiqarilishi natijasida qiymati tushib
ketgan asosiy vositalardir.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar tugatilishi sababli ulami
hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tashkilotning
rahbari (rahbaming o‘rinbosari) yoki bosh muhandisi raisligida komissiya
tuziladi. Komissiya tarkibiga budjet tashkilotining tegishli mutaxassislari,
buxgalteriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslar kiritilgan bo‘lishi
kerak. Komissiya budjet tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tuziladi va
moliya yili davomida doimiy ishlab turadi.
Komissiya asosiy vositalaming hisobdan chiqarilishini asoslovchi
dalolatnoma tuzadi. Budjet tashkilotlarida: Asosiy vositalami tugatish
dalolatnomasi (AV-4-shakl), Transport vositalarini tugatish dalolatnomasi
(AV-4a-shakl), Asboblami, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlarini
hisobdan chiqarish dalolatnomasi (443-shakl), Kutubxonadan chiqarilgan
adabiyotlami hisobdan chiqarish dalolatnomasi (444-shakl) tuziladi.
Asosiy vositalaming tugatilishi munosabati bilan ulami hisobdan
chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya:a) tegishli texnik hujjatlardan (pasport, darajama-daraja rejalar va boshqahujjatlar) hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalangan
holda hisobdan chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalami bevosita
tekshirib chiqadi;
b) ulami tiklashning iloji yo‘qligini yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq emasligini belgilaydi;
d) asosiy vositalami hisobdan chiqarish sabablari (eskirish
to‘la hisoblanganligi, haqiqiy eskirishi, rekonstruksiya qilinishi,foydalanishning me’yoriy sharoitlari buzilishi, tabiiy ofat, avariya va
boshqalar)ni aniqlaydi;
e) asosiy vositalaming vaqtidan aw al foydalanishdan chiqishi
sodir bo‘lganligida aybdor shaxslami aniqlaydi, ulami 0 ‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari bo‘yicha belgilangan javobgarlikka tortish
haqida taklif kiritadi;
f) tugatilayotgan asosiy vositalaming ayrim uzellari, detallari,
materiallari, rangli va qimmatbaho metallaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlaydi va ulami baholashni amalga oshiradi;
g) tugatilayotgan asosiy vositalardan yaroqli uzellar, detallar,
materiallar, rangli va qimmatbaho metallar olinishi ustidan nazoratni
amalga oshiradi, ulaming miqdori va og‘irligini aniqlaydi hamda ulaming
tegishli omborga topshirilishini nazorat qilish vakolatiga ega boiadi.
Tashkilotni qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik
qayta qurollantirish munosabati bilan asosiy vositalar tugatilayotganda
komissiya hisobdan chiqarishga taqdim etilgan asosiy vositalaming
tashkilotni qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta
jihozlash rejasiga to‘g‘ri kelishini tekshirishi kerak. Bunda komissiya
asosiy vositalami tugatish dalolatnomasida tasdiqlangan rejaning yoki
tegishli qaroming bandiga va sanasiga havola qiladi.
Tugatish dalolatnomasida tugatilayotgan asosiy vositalami tavsiflovehi
quyidagi maiumotlar: asosiy vosita ishlab chiqarilgan yoki qurilgan yil,
uning budjet tashkilotiga kelib tushgan sanasi, foydalanishga berilgan
sana, asosiy vositaning boshlang‘ich (qayta baholanganlari uchun qayta
tiklash) qiymati, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo'yicha foydalanish
muddati davomida hisoblangan eskirish summasi, amalga oshirilgan
kapital ta’mirlashlar soni ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, asosiy vositani
hisobdan chiqarish sabablari, uning uzellari, detallari, materiallari, rangli va
qimmatbaho metallar batafsil yoritiladi. Transport vositalari tugatilganda,
bundan tashqari, transport vositasi bajargan ishlaming me’yoriy va haqiqiy
hajmi ko'rsatiladi, qismga ajratish natijasida olinishi mumkin bo'lgan
yaroqli uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallaming
texnik tavsifi va ulardan keyinchalik foydalanish imkoniyatlari ko'rsatiladi.
Avariya yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilganligi
oqibatida tugatilayotgan asosiy vositalar balansdan chiqarilgandatugatish dalolatnomasiga avariya yoki foydalanishning normal sharoitlari
buzilganligi haqidagi dalolatnomaning nusxasi ilova qilinadi hamda
avariyaga yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilishiga olib
kelgan sabablar tushuntiriladi va aybdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan
chora-tadbirlar ko‘rsatiladi.
Tabiiy ofatlar oqibatida tugatilayotgan asosiy vositalar balansdan
(hisobdan) chiqarilganda tugatish dalolatnomasiga maxsus hukumat
komissiyasining xulosasi ilova qilinadi.
Asosiy vositalami tugatish bo‘yicha komissiya tomonidan tuzilgan
asosiy vositalami tugatish haqidagi dalolatnomalar asosiy vositalar
balans(hisob)da turgan budjet tashkilotining rahbari tomonidan, budjet
tashkilotlarining tarkibiy bo‘linmalari qonunga muvofiq tegishli yuqori
tashkilotlar bilan kelishilgandan so‘ng, tasdiqlanadi. Tugatish haqidagi
dalolatnomalar tasdiqlanmaguncha asosiy vositalami qismlarga ajratish
man etiladi. Qismlarga ajratilgan asosiy vositaning boshqa asosiy
vositani ta’mirlash uchun yaroqli bo‘lgan, barcha uzellari, detallari,
materiallari, rangli va qimmatbaho metallari tegishli subschyotlarga
kirim qilinadi. Bu subschyotlarda ular asosiy vositalami tugatish
bo‘yicha komissiya belgilagan foydalanish mumkin bo‘lgan baho
bo‘yicha hisobga olinadi. Yaroqsiz uzellar, detallar, materiallar, rangli va
qimmatbaho metallar ikkilamchi ashyolar (temir-tersak, latta-putta yoki
foydalaniladi. Budjet tashkilotlari uchun tugatilgan asosiy vositalami
qismlarga ajratish natijasida olingan uzellami, detallami, materiallami,
rangli va qimmatbaho metallar hamda ikkilamchi ashyolami sotishdan
tushgan mablag‘lar ulaming ixtiyorida qoladi va yangi asosiy vositalami
sotib olish yoki foydalanishdagi asosiy vositalami ta’mirlash uchun
ishlatiladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar tugatilishi munosabati bilan
ulaming balansdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda
qayd qilinadi:
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalar tugatilganida,
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami tugatish
dalolatnomasiga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami tugatish dalolatnomasiga
asosan, quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) asosiy vositalaming boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatiga:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalaming cskirish summasiga:Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to‘la hisoblangan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami tugatish dalolatnomasiga
asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
Tugatilgan asosiy vositalardan olingan uzellar, detallar, materiallar,
rangli va qimmatbaho metallar omborga, belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlariga asosan, kirim qilinganida
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 060 - « 0 ‘quv, ilmiy va boshqa m aqsadlar uchun materiallar» subschyoti
yoki
D ebet 063 - «X o'jalik materiallari \w idora buyum lari» subschyoti yoki
Debet 064 - «Y onilg'i, yoqilg‘i va moylash materiallari» subschyoti yoki
D ebet 066 - «Idishlar» subschyoti yoki
Debet 067 - «Boshqa materiallar» subschyoti yoki
D ebet 069 - «M ashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti;
Kredit 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan
moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti (G'aznachilikka
o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan
materiallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo'yicha
kelib tushgan summalar» subschyoti) yoki
Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan
moliyalashtirish» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida:
293-«Tekshirish natijalari bo ‘yicha aniqlangan materiallar va
moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo ‘yicha kelib tushgan
summalar» subschyoti).Budjet tashkilotlarining tarkibiy bo'linmalari o‘z asosiy vositalarini
qonunda ko‘zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming roziligi
bilan sotish huquqiga egadir.
Budjet tashkilotlari uchun asosiy vositalami sotishdan olingan
mablag‘lar, amaldagi me’yoriy hujjatlarda boshqacha tartib o‘matilmagan
bo‘lsa, ulaming ixtiyorida qolishi mumkin va yangi asosiy vositalami sotib
olishga yoki foydalanishdagi asosiy vositalami ta’mirlash uchun ishlatiladi.
Budjet tashkilotlari tarkibiy bo‘linmalarining asosiy vositalari qonunda
ko'zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming buyrug‘i, farmoyishi
yoki qaroriga muvofiq boshqa tashkilotlarga bepul berilishi mumkin.Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul
berilishi munosabati bilan ulaming balansdan chiqarilishi buxgalteriya
hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalar boshqa
tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan
asosiy vositalami bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi Debet 250 - «A sosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga
bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) asosiy vositalaming boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalaming eskirish summasiga:
Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti;
Kredit 250 - «A sosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to‘la hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga
bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy
vositalaming bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.Budjet tashkilotlarida asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik
sodir boiganligi aniqlanganligi munosabati bilan ulaming balansdan
chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi.
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalaming kamomadi
yoki nobudgarchilik sodir boiganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik
sodir boiganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalaming kamomadi yoki
nobudgarchilik sodir bo‘lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik
sodir bo‘lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi ikkita
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) asosiy vositalaming boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
D ebet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalaming eskirish summasiga:
Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti;
K redit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to‘la hisoblangan asosiy vositalaming kamomadi yoki
nobudgarchilik sodir bo‘lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik
sodir bo‘lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.

Yüklə 46,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin