Bog’lanishli nutqqaoid asosiy ko’nikmalar.
O’quvchilar nutqini o’stirish ularga aniq ko’nikmalarni singdirish demakdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari mustaqil mashq sifatida bog’lanishli nutqni o’stirishdan quydagi ko’nikmalarni bilib oladilar:
Mavzun tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to’liq yoritish ko’nikmasi.
Inshoni asosiy fikrga bo’ysundirish ko’nikmasi.
Hikoya , insho uchun mavzuga talluqli , uni yoritishga zarur bo’lgan materialni yig’ish .
Materialni tartibga solish, uni teguishli izchillikda joylashtirish, matn rejasini tuzish vashu reja asosida yozish ko’nikmasi.
Fikrni adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to’g’ri ifodalay olish ko’nikmasi
Matnni og’zaki yoki yozma tuzish, inshoni yozish, yani barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlash ko’nikmasi.
Yozilgan matnni takommillashtirish ko’nikmasi. Bu ko’nikma o’z ijodiga tanqidiy munosabatda bo’lish asosida Yozma ish turlaridan biri bayondir . Bayon o’qib berilgan namunaviy matn mazmunini o’qib berilgandan so’ng ma’lum tayorgarlikdan so’ng yozma ravishda qayta hikoyalashdir.
Bolalarning nutq madanyati ustida ishlash , ularning og’zaki va yozma nutqidagi kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlashva to’la savcodxonlik uchun kurashishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun davlat ta’lim standartlari talabiga ko’ra , boshlang’ich sinflarda yozma ishning bayon turidan foydalanish , o’quvchilarning fikrini keng ko’lamda ifoda etish qobilyatini o’stirishda katta yordam beradi.
Boshlang’ich talim ona tili fanining “ Fonetika , grammatika , imlo va nutq o’stirish” dasturiga ko’ra , o’qituvchi yordamida kichik yoshdagi o’quvchilarni mos ravishda namuna aasosida matn tuzish va lug’aviy - imloviy tayyorgarlikdan so’ng bayonga oid mashqlarni bajarishga o’rgatib boriladi. Boshlang’ich sinflarda bayon ta’limiy xarakterga ega. Bayon yoznma ish turi sifatida bolaning talim tarbiyasi , aqliy va nutqiy rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi.
Birichi sinfda bayon yozish murakkablik qiladi . Birinchi sinf dasturiga ko’ra , matnni qayta hikoyalash mashqlari berilmaydi. Faqat ani bir mavzuda rasmlarga qarab gap va kichik hikoya tuzish (inshoga tayyorgarlik mashqlari) o’rganiladi. Tayyorgarlik mashqlarini o’tkazish o’quvchilarda soda gap ko’nikmasini hosil qiladi. O’quvchilar gapda so’zlarning tartibini , gap oxirida nuqta qo’yishni , bir gapdan ikkinchi gapni ajratishni o’rganadilar. Shuning uchun birinchi sinf o’quvchilari o’qiganlarini mukammal bayon eta olmaydilar .Shuning uchun matn mavzusiga mos savollar beriladi.
Ikkinchi sinfda o’quv yili boshida birinchi sinfdagidek , keyinroq o’qituvchi rahbarligida hajmi uncha katta bo’lmagan ( 40- 50 so’zli ) matnlardan savollar yordamida bayon yozishga o’rgatish tavsiya etiladi. O’qituvchining oldida ikkinchi sinf o’quvchilarni berilgan tayyor reja asosida bayon yozishga o’rgatish vazifasi turadi.
O’quvchilar yozuv taxtasiga yozilgan savollarni to’g’ri o’qishi va ularning ma’nosini tushunishi , rejadagi savolga aniq javob berishi qayta hikoyalashda va yozma bayonda o’zining javoblarini rejadagi savollar tartibida berishi lozim . Yozma nutq malakalarini mustahkamlash uchun o’quvchilarni bayonda o’zlari yoza oladigan so’zlardan foydalanishga o’rgatish lozim. Shuni nazarda tutib , to’plamda tayyor reja asosida bayon yozishuchun matnlar berilgan .
Mantlar asosida bayon yozishda uning mazmunini ochuvchi savollar orqali tahlil qilish kerak . Hikoya mazmunini tahlil qilish o’quvchilarninig hikoyadagi asosiy fikrini va hikoya qismlarini o’rtasidagi bog’lanishni bilib olishga yordam beradi . Bu esa mazmunni tushunmasdan shunchaki eslab qolishning oldini oladi.Ikkinchi sinfda xatolarning oldini olish uchun o’quvchilarga talaffuzi qiyin bo’lgan so’zlarni bo’g’Inlab aytishni mashq qildirish muhim ahamiyat kasb etadi . Qotor kelgan undoshli so’zlarni yozishdan oldin bolalar so’zni bo’g’inlarga bo’ladfilar , bo’g’inlardan so’z yasaydilar yoki qisqa gap tuzadilar . 3-4 sinflarda lavhalar yoniga tasviriy vosita elementlari qo’shiladi , gaplarda turli sintaktik uslublar qo’llaniladi . Bayon yozish jarayonida o’quvchilardan kuzatuvchanlik , taqqoslash , tahlil qilish kampitensiyalari shakllanadi, ko’rgan narsalari va o’qigan kitob , ertak , hikoyaga bahoberish malakasi oshadi.
Bayon yozishda quydagi uslublardan foydalanish samarali bo’ladi:
-- Matnni ifodali , tasvirli qilib berish va so’zlatish .
-- Bayon rejasi ustida ishlash.
-- Matnda uchraydigan qiyin so’zlarning ma’nosini va imlosini tushuntirish.
-- Matnni qayta o’qib berish va 3-4 o’quvchiga reja asosida hikoya qildirish.
Har bir o’quv mashg’uloti , jumladan bayon va insho yozish ham ijodiy mehnatni talab qiladi. Mehnat esa doimiy harakat , aqliy izlanishda namoyon bo’ladi. Ana shu talablarga rioya qilgan o’quvchilarda mustaqil fikrlash , so’z va material tanlash va to’plash , ularni mantiqiy jihatdan o’zoro bog’lash , tasniflash , imloga e’tibor berish qobilyati tez rivojlanadi , mehnat intizomi tarbiyalanadi .
3- sinfda yozilgan hamma bayonlarni , asosan ikki turga bo’lish mumkin . birinchisi o’qituvchi tavsiya qilgan tayyor reja , ikkinchisi esa o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar bilan hamkorlikda tuzilgan reja asosida yoziladi .O’qituvchi taqvim reja tuzishdan oldin matnlarni tanlaydi. Matndagi so’zlar ona tilidagi qaysi mavzuga ko’proq mos ekanligini ham aniqlaydi . Shundan kelib chiqib matnlarni taqvim- mavzu rejasiga jolashtirish kerak. To’plamda ham iloji botricha shu tartibni hisobga olishga harakat qilingan .
O’qituvchi 3-sinfda bayon yozishga o’rgatar ekan , dastur vamatnlarning mazmuni orasidagi bog’lanishlarni nazarda tutadi. Ishni yengillashtirish maqsadida matndagi imlo qoidalariga oid so’zlar beriladi . Shuningdek kuzatishdagi . o’qish darsligidagi materiallar bilan bvayon matni orasidagi bog’lanishni tiklaydi .O’quvchilar tayyor reja asosida yozadigan bayon hajmi 60- 80 so’zdan tuzilishi mo’ljallangan . So’ngra saylab yoki tanlab bayon yozish uchun hajmi katta matnlar beriladi . Ishning bunday turi o’quvchilarni to’rtinchi sinfda o’tkaziladigan matn mazmunini qisqartirib yozishga tayyorlanadi . Bo’lim boshida berilgan bayonning birinchi turi , tayyor reja asosida rejaning har bir qismiga javob bir yoki ikki gapdan iborat bo’lishi kerak . Shu bilan birga reja sarlavhasi ko’proq so’roq shaklida bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi . bu ish usul iikinchi sinfda ham qo’lanilgan . Bunday matnlar mumkin qadar yozuv taxtasiga yoki qog’ozda berilishi lozim .Matnnning rejasi qismlari doimo o’quvchi o’z diqqat markazida tutishi lozim . Boshqacharoq aytganda , u reja bandiga javob nechta gapdan iborat , qaysi xat boshi yoki qaysi gap rejada aniq ifodalanmagan , nima uchun ifodalanmagan , yozuv taxtasidagi gaplardan foydalanish lozimligi to’g’risida bosh qotiradi.
.Dastlabki bayonlarga tayyorgarlik ko’rishda o’quvchilarni matnni qismlarga bo’lib gapirtirishga ko’proq e’tibor berishi kerak va reja savollariga soda gaplar bilan to’g’ri javob olishga erishish lozim . Shu bilan birga bayonga puxta imloviy tayyorgarlik ko’riladi . Bu bayon darsning o’zida va oldingi ona tili darslarida huddi ikkinchi sinfdagidek olib boriladi . Tanlab bayon yozish yozma bayon sifatida ham o’tkaziladi . Tanlab bayon yozishda matn o’quvchilar ko’z oldida bo’lmaydi .O’quvchi butun matn mavzusini yoritib berishda qiynaladi . Shuning uchun matn qismlarining mazmuni tugallangan bir fikrda bayon qilinadi . Tanlab bayonyozishda quydagi ish turlarini qo’llash o’quvchilar uchun foydali va qiziqarlidir .Hajmi kattagina bo’lgan matn mazmuni aralashtirilib beriladi - bu esa voqeani tushunishga va ko’proq tafsilotlarni kiritishga imkon beradi. Shu usulda o’quvchilarning mantiqiy faoliyatining ayrim tomonlari o’stiriladi . Bolalar material tanlash , uni chegaralash, mavzuni qisqaroq bayon qilishga o’rgatiladi , qisqaroq bayon qilishga o’rgatiladi. Uchinchi sinf o’quvchilarining bayonlarini tekshirganda o’qituvchi barcha imlo xatolarini tuzatishi shart emas , balki diktant va boshqa nazorat ishlaridagi xatolarini ko’rsatishda qo’llaniladigan usullardan foydalanishi ham mumkin . Uchunchi sinfda bayonlar muhokamasiga maxsus dars ajratmay , navbatdagi ona tili darsida bayon matnining mavzusini yoritishda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish ishiga 10-15 daqiqa ajratish kifoya qiladi .O’quvcjhilarning bayonda yo’l qo’yadgan xatolari ustidagi ishni shunday rejalashtirish kerak-ki ,bu ona tili darsida navbatdagi grammatik imloviy mashqlar bilan qo’shilib ketsin. Bu jarayonda ham o’quvcho xotirasining ahamyati katta bo’ladi.
Ma’lumki , uchunchi sinfda bayon o’qituvchi tomonidan tavsiya qilingan tayyor reja hamda o’qituvchi rahbarligida jamoa bo’lib tuzilgan reja asosida o’tkaziladi .
To’rtinchi sinfda esa yuqoridagi bayonning ikkki turi bilan birgalikda ,
Mustaqil reja asosida tuzilgan bayon ;
Qisman tasvir bo’lgan bayon;
Grammatikli topshiriqli bo’lgan bayon ;
Matn mazmunini qisqartirishga oid bayon va nazorat bayonlaridan foydalaniladi.
Qisman tasvir bo’lgan bayon va ; grammatikli topshiriqli bayon va qisqartirilgan bayonlar alohida bo’lim qilib ajratilmaydi.Qisman tasvir bo’lgan bayon , grammatikli topshiriqli bayon uchinchi bo’limga , qisqartirlgan bayon esa birinchi va uchunchi bo’limga kiritilgan .Tayyor reja va jamoa bo’lib tuzilgan reja asosidagi bayon ustida ish ikkinchi sinfda ham o’rganilgan .
4- sinfda bayon ustida ishlash asta - sekin murakkablashib boradi. Bu murakkablik shundan iboratki ,o’quvchilarning o’zlariga reja tuzish o’rgatib boriladi . Hatto o’quvchilar o’zlari mustaqil tuzgan reja asosida bayon yozadilar . bunda o’qituvchining vazifasi - ‘oquvchilarni matnni qismlarga bo’lib o’qishga o’rgatishdan iborat. To’plamda jamoa bo’lib ishlashga matn berilgan. Bu ish uchinchi sinfda ulib borilgan metodik ishlar va usullar bilan amalga oshiriladi . bular so’z bilan tasvirlash , matnni qismlarga bo’lish , o’qituvchi belgilagan sarlavha asosida , o’quvchilar daftaridagi matnni
qismlarga bo’lishdan iboratdir . To’rtinchi sinfda bayon rejasini jamoa bo’lib tuzish , asosan o’quvchilarning mustaqilligini oshirishga qaratilgan . Birinchi yarim yil oxiriga kelib o’quvchilar o’zlari mustaqil reja tuzib va matnni keng mazmunini bayon qila olishlari ko’zda tutilgan .
4-isnfda mustaqil tuzilgan reja asosida ( 70-90so’zli 0 bayon yozish ko’zda tutilgan .Mashq sifatoda bayonning ahamiyati katta ; bolalarda adabiy nutqnj to’g’ri shaklllantirishga yordam beradi , nutq madanyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi , tilga sezgirlikni oshiradi .
Bayon turlari . 1. To’liq yoki matnga yaqinlashtirib bayon qilish.
2. Tanlab hikoya qilish va bayon .
a) o’qilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chiziilgan rasm asosida hikoya qilish .
b) O’qituvchi topshirig’i yoki berikgan savol asosida lavhani hikoya qilish.
d) Berilgan mavzu bo’yicha matnnning qismlaridan olingan parchalarni hikoya qilish .Bu ish tanlab hikoyaa qilishning murakkabroq turi hisoblanadi.
3. Qisqartirib hikoya qilish va bayon.
4. Ijodiy qayta hikoyalash vabayon.
a) Shaxsni o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon.
b) Hikoyada ishtirok etuvchi bir personaj tilidan qayta hikoyalash va bayon.
d ) Matnni ijodiy qayta to’ldirib hikoyalash.
So’z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish.
Dostları ilə paylaş: |