Guruhlash: O`quvchilar emblemalar orqali to`rt guruhga bo`linadilar:
“Ko`l”, “Daryo”, “Qor” va “Aysberg” guruhlari.
1). Salomlashish, davomatni aniqlash, ob-havo haqidagi ma’lumotlarni eshitish.
2). Dunyo tabiiy xabarlarini navbatchi o`quvchilardan eshitish.
Asosiy qism.
Darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtirish:
O`qituvchi: - Aziz o`quvchilar, siz oldingi darslarda gidrosfera qobig`i haqida so`z yuritayotgan edingiz. Bugun ham mana shu qobiqning ko`l va muzliklari haqida gaplashamiz.
Buning uchun esa fanimiz bo`yicha olgan bilimlarimizni esga olamiz.
Baholash mezoni: Har bir to`g`ri javob uchun globuslar tasviri berib boriladi. Kimning globusi eng ko`p bo`ladi.
Har bir shartni birinchi bo`lib bajargan guruhga ham alohida rag`bat - doira ichida “globuschalar” berib boriladi.
Uy vazifa bo`yicha ishlash: Har bir guruhga 4 tadan topshiriq beriladi:
1) Qobiqlar nomini yozing.
2) Gidrosfera deganda nimani tushunasiz?
3) Gidrosferaga nimalar kiradi?
4) Daryolarga misollar yozing.
Guruhlar javobi tinglanadi.
O`qituvchi guruhlar fikrlarini umumlashtirib, to`ldiradi.
III. Yangi mavzu bayoni. Slaydlar orqali yangi mavzu bo`yicha yangi ma’lumotlar beriladi va o`quchilar daftariga yozdirib qo`yiladi.
Ekran orqali ko`l va muzliklar haqida film ko`rsatiladi.
Guruhlarda ishlash: Guruhlarga darslik asosida topshiriq beriladi. “Xatosini toping” o`yini.
Matnlar: I - guruh: Ko`l guruhiga: Tabiiy chuqurlikda to`planib qolgan suvga ko`l deyiladi. Ko`llarda suv daryolardagidek o`zanda oqadi. Yer yuzidagi eng katta ko`l – Kaspiy ko`lidir. Oqmas ko`llar suvi chuchuk bo`ladi. Ko`l suvlaridan foydalanib bo`lmaydi.