Registrli
kesh-xotira - nisbatan katta sig’imli yuqori tezlikli xotira bo’lib, u AX va
MP o’rtasida buferdir va amallar bajarish tezligini oshirish imkonini beradi. Uni
berish generatorining taktli chastotasi 40 MGc va undan yuqori bo’lgan SHK larda
yaratish maqsadga muvofiqdir. Kesh-xotira registrlariga foydalanuvchi murojaat
ega olmaydi, shuning uchun ham uni kesh (Cache) deb nomlangan, bu ingliz
tilidan tarjima qilganda «maxfiy joy» ma’nosini bildiradi.
Kesh-xotirada MP olgan yoki o’z ishining yaqin taktlarida oladigan qiymatlar
saqlanadi, bu qiymatlarga tezda murojaat qilish dasturning navbatdagi buyruqlarini
bajarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Dasturning bajarilish vaqtida AX dan
birmuncha ilgari uqilgan qiymatlar kesh-xotiraga yoziladi.
Natijalarni yozish principi bo’yicha kesh-xotiraning ikki tipi bor:
•
«teskari yoziladigan» kesh-xotirada
amallarning natijalari u AX ga yozilishidan
oldin kesh-xotirada qayd qilinadi, keyin esa kesh-xotira nazoratchisi bu
qiymatlarni mustaqil ravishda AX ga qaytadan ko’chirib yozadi;
• «to’g’ridan to’g’ri yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari bir vaqtning
o’zida parallel ravishda ham kesh-xotiraga, ham AX ga yoziladi.
80486 MP laridan boshlab mikroprosessorlar o’zining
sozlangan xotirasiga (yoki
1-darajali kesh-xotiraga)
ega, shu bilan, xususan, ularning yuqori unumdorligi
kelib chiqadi. Pentium va Pentium Pro mikroprosessorlari qiymatlar uchun alohida
va buyruqlar uchun alohida kesh-xotiraga ega: Pentium da bu xotira sig’imi katta
emas - 8 Kbaytdan, Pentium MMX da - 16 Kbaytdan, Pentium Pro da 1-darajali
kesh-xotiradan tashqari, mikroprosessor platasiga sozlangan va
mikroprosessorning taktli chastotasida ishlaydigan, sig’imi 256 yoki 512 Kbayt
bo’lgan 2-darajali kesh-xotira ham mavjuddir.
Shuni inobatga olish kerakki, hamma MP larda 2-darajali qo’shimcha kesh-xotira
ishlatilishi mumkin, u MP dan tashqarida bosh platada joylashtiriladi va sig’imi bir
necha megabaytlargacha etishi mumkin.
Izoh.
Tezkor xotira dinamik (Dynamic Random Access Memory - DRAM) yoki
statik (Static Random Access Memory - SRAM) tipidagi mikrosxemalarda
qurilishi mumkin. Xotiraning statik tipi sezilarli darajada yuqoriroq tezkorlikka
ega, lekin dinamik tipga qaraganda ancha qimmatroqdir. SRAM registrli xotiraning
(MPX va kesh-xotira) asosi hisoblanadi, asosiy xotirada TeSKJK, ning asosini
odatda DRAM-mikrosxemalar tashkil etadi.
Hozirda xotira mikrosxemalari, odatda 8 ta yoki 16 tali guruxlarga birlashtirilib
bitta kichikroq plataga o‘rnatilgan xolda ishlab chiqarilmoqda va sotilmoqda (2.8-
rasm). Bunday platalar
xotira modullari
deb ataladi.
2.7-rasm. Uch sathi kesh-xotiraga ega tizim.
|