Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 03 Issue: 03 | Mar - 2023
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz
145
KOMPYUTER LINGVISTIKASI TARIXI VA ZAMONAVIY HOLATI
Maftuna Allambergenova Maxsudovna
Qoraqalpoq Davlat Universiteti O‟zbek Filologiyasi Fakulteti Bakalavr Ta‟lim Yo‟nalishi 2-
Bosqich Talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada kompyuter lingvistikasining tarixi va uning rivojlanishi haqida
ma’lumot beriladi. Kompyuter lingvistikasining dastlabki asosiy yo‘nalishlari va hozirgi kundagi
vazifalari va o‘zbek tilida ushbu sohaning rivoji ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Mashina tarjimasi, avtomatik tahrir, kompyuter lingvistikasiga e’tibor, qozoq
kompyuter lingvistikasi, o‘zbek tilining milliy korpusi.
Hozirgi kunda butun dunyo bo„ylab axborot texnologiyalari va kompyuterlar muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Kompyuterlar kun sayin barcha sohalarga kirib boryapti. Zamonaviy kompyuter
texnologiyalarining tilshunoslik bilan uyg„unlashuvi natijasida kompyuter lingvistikasi vujudga
keldi. Albatta, bu soha birdaniga shunday nomlangani yo„q. XX asrning 50-yillaridan boshlab
tilshunoslikda “mashina tarjimasi”, “matn tilshunosligi” atamalari ishlatila boshlandi
1
. Mashina
tarjimasi deyilganda, bir tildagi matnning ikkinchi bir tilga kompyuter texnologiyalari yordamida
qisqa vaqt ichida tarjima qilinishi tushuniladi. Avtomatik tarjima jarayonida tilning grammatik
jihatdan xatosizligiga va mazmunning aniqligiga e‟tibor qaratilgan. Ushbu davrda kompyuter
qurilmalari bilan tilshunoslik o„rtasida ijobiy hamkorlik ko„rina boshladi.
1954-yil 7-yanvarda Jorjtaun universiteti va IBM kompaniyasi hamkorligida IBM II mashina
tarjimasi dasturi sinovda o„tkazilishi kompyuter lingvistikasi rivojlanishiga asos bo„lgan.
Kompyuter lingvistikasi atamasi har xil nom bilan atalib kelgan. Ruslan Mitkovning qayd
etishicha, “Computational linguistics” termini “1960-yillarda Milliy Fanlar akademiyasining
Tilni avtomatik qayta ishlash maslahat komiteti a‟zosi David Hays tomonidan kiritilgan”
2
.
Avtomatik tarjima tizimi kompyuter lingvistikasining rivojlanib, taraqqiy etishida muhim
bosqich bo„ldi. Chunki, bu tizimning ham kamchiliklari bor edi. Asta-sekin tabiiy tilni qayta
ishlash tizimlari va formal grammatika nazariyalari ishlab chiqila boshladi. Chunki, bu tizimning
ham kamchiliklari bor edi. Ya‟ni so„zlar avtomatik tarjima jarayonida to„g„ridan-to„g„ri tarjima
qilinadi. Bunda ko„p ma‟nolilik, omonimlik va iboralardagi ma‟no noto„g„ri tarjima qilingan.
Shuning uchun tarjima grammatik qoidalarga rioya etilmagan tarzda amalga oshirilgan va matnni
uslub jihatdan tahrirlab chiqish zarur bo„lgan. Bu bo„yicha tadqiqotlar hali ham davom etib
kelmoqda. Jahon axborot tizimining rivojlanishi bilan tarjima tizimlari internetda ham yo„lga
qo„yilgan. Biroq tarjima tizimida hali ishlanishi kerak bo„lgan ishlar juda ko„p. Sababi, o„zbek
tilidagi ma‟lum bir matnni biror xorijiy tilga o„girmoqchi bo„lsak yoki buning teskarisi bo„lsa,
yuqorigidagiday xatoliklarni kuzatishimiz mumkin. Kompyuter lingvistikasi bo„yicha jahon
mamlakatlarida juda ko„plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, matn tahriri, avtomatik
tarjima, kompyuter leksikografiyasi, information qidiruv tizimi, sun‟iy intellekt, til o„qitishni
avtomatlashtirish yo„nalishlari bo„yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan. AQSHda kompyuter
lingvistikasi bo„yicha tematik to„plamlar va hatto shu nomdagi “Computational linguistics”
1
Grishman R. Computational linguistics. 1994. – P.4.
2
The Oxford handbook of computational linguistics (edited by R.Mitkov). – 2003. – P.25
Dostları ilə paylaş: |