Kompyuter lingvistikasi tarixi va zamonaviy holati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix25.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#134724
  1   2   3


Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 03 Issue: 03 | Mar - 2023
ISSN: 2181-2608 
www.sciencebox.uz 
145 
KOMPYUTER LINGVISTIKASI TARIXI VA ZAMONAVIY HOLATI 
Maftuna Allambergenova Maxsudovna 
Qoraqalpoq Davlat Universiteti O‟zbek Filologiyasi Fakulteti Bakalavr Ta‟lim Yo‟nalishi 2-
Bosqich Talabasi 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada kompyuter lingvistikasining tarixi va uning rivojlanishi haqida 
ma’lumot beriladi. Kompyuter lingvistikasining dastlabki asosiy yo‘nalishlari va hozirgi kundagi 
vazifalari va o‘zbek tilida ushbu sohaning rivoji ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar:
Mashina tarjimasi, avtomatik tahrir, kompyuter lingvistikasiga e’tibor, qozoq 
kompyuter lingvistikasi, o‘zbek tilining milliy korpusi. 
Hozirgi kunda butun dunyo bo„ylab axborot texnologiyalari va kompyuterlar muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Kompyuterlar kun sayin barcha sohalarga kirib boryapti. Zamonaviy kompyuter 
texnologiyalarining tilshunoslik bilan uyg„unlashuvi natijasida kompyuter lingvistikasi vujudga 
keldi. Albatta, bu soha birdaniga shunday nomlangani yo„q. XX asrning 50-yillaridan boshlab 
tilshunoslikda “mashina tarjimasi”, “matn tilshunosligi” atamalari ishlatila boshlandi
1
. Mashina 
tarjimasi deyilganda, bir tildagi matnning ikkinchi bir tilga kompyuter texnologiyalari yordamida 
qisqa vaqt ichida tarjima qilinishi tushuniladi. Avtomatik tarjima jarayonida tilning grammatik 
jihatdan xatosizligiga va mazmunning aniqligiga e‟tibor qaratilgan. Ushbu davrda kompyuter 
qurilmalari bilan tilshunoslik o„rtasida ijobiy hamkorlik ko„rina boshladi.
1954-yil 7-yanvarda Jorjtaun universiteti va IBM kompaniyasi hamkorligida IBM II mashina 
tarjimasi dasturi sinovda o„tkazilishi kompyuter lingvistikasi rivojlanishiga asos bo„lgan. 
Kompyuter lingvistikasi atamasi har xil nom bilan atalib kelgan. Ruslan Mitkovning qayd 
etishicha, “Computational linguistics” termini “1960-yillarda Milliy Fanlar akademiyasining 
Tilni avtomatik qayta ishlash maslahat komiteti a‟zosi David Hays tomonidan kiritilgan”
2
.
Avtomatik tarjima tizimi kompyuter lingvistikasining rivojlanib, taraqqiy etishida muhim 
bosqich bo„ldi. Chunki, bu tizimning ham kamchiliklari bor edi. Asta-sekin tabiiy tilni qayta 
ishlash tizimlari va formal grammatika nazariyalari ishlab chiqila boshladi. Chunki, bu tizimning 
ham kamchiliklari bor edi. Ya‟ni so„zlar avtomatik tarjima jarayonida to„g„ridan-to„g„ri tarjima 
qilinadi. Bunda ko„p ma‟nolilik, omonimlik va iboralardagi ma‟no noto„g„ri tarjima qilingan. 
Shuning uchun tarjima grammatik qoidalarga rioya etilmagan tarzda amalga oshirilgan va matnni 
uslub jihatdan tahrirlab chiqish zarur bo„lgan. Bu bo„yicha tadqiqotlar hali ham davom etib 
kelmoqda. Jahon axborot tizimining rivojlanishi bilan tarjima tizimlari internetda ham yo„lga 
qo„yilgan. Biroq tarjima tizimida hali ishlanishi kerak bo„lgan ishlar juda ko„p. Sababi, o„zbek 
tilidagi ma‟lum bir matnni biror xorijiy tilga o„girmoqchi bo„lsak yoki buning teskarisi bo„lsa, 
yuqorigidagiday xatoliklarni kuzatishimiz mumkin. Kompyuter lingvistikasi bo„yicha jahon 
mamlakatlarida juda ko„plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, matn tahriri, avtomatik 
tarjima, kompyuter leksikografiyasi, information qidiruv tizimi, sun‟iy intellekt, til o„qitishni 
avtomatlashtirish yo„nalishlari bo„yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan. AQSHda kompyuter 
lingvistikasi bo„yicha tematik to„plamlar va hatto shu nomdagi “Computational linguistics” 
1
Grishman R. Computational linguistics. 1994. – P.4. 
2
The Oxford handbook of computational linguistics (edited by R.Mitkov). – 2003. – P.25 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin