Pochta xabarlarini xosil qilishda mos ravishda "Kimga" oynasi paydo
bo‘ladi, bu Erda odatdagidek elektron pochta adresi yoziladi. "Nusxa" maydoniga
xabar nusxasi, "Mavzu" qatoriga qisqa mazmunini yozib qo‘yish mumkin.
Ekranning asosiy oynasiga xabar matni yoziladi. Xoxish bo‘lsa, Matn fayli
buyrug‘i yordamida qandaydir faylni qo‘shib qo‘yish mumkin. Xosil bo‘lgan
uskunalar panelidagi "Jo‘natish" tugmasi bosilgach, xabar "Chiquvchi" papkasiga
kelib tushadi. Keyin "Keltirish" tugmasini bosish orqali pochtani Internet Mail
panel oynasiga joylashtiriladi. Dastur pochta serveri bilan aloqani bog‘laydi va
unda Siz uchun xabar bor-yo‘qligini tekshiradi. Agar shunday xabar topilsa, u
xolda ular "Kiruvchi" papkasiga kelib tushadi.
Zarur bo‘lganda, biz xabar matnini saqlab turishimiz yoki fayl sifatida
yo‘qotishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: