7.1. Ochiq usulda qazib olish tizimlari. Ochiq usulda konlarni qazib olish texnologiyasi konning tabiiy sharoiti, birinchi navbatda, ruda tanasining shakli va joylashish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Foydali qazilma konlarining geologik sharoitlarini hisobga olgan holda ulami ochiq usulda qazib olish tizimlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: - gorizontal, yotiq qatlamsimon, shuningdek, sochma konlarni qazib olish tizimlari; -qiya, o‘ta qiya qatlamsimon va turli shakldagi ruda yotqiziqlarini qazib olish tizimlari. Har ikkala holatda ham foydali qazilmani qazib olish texnologiyasi, unga alohida yondoshishni talab etuvchi o'ziga xos xususiyatlarga ega boiadi. Shunga ko‘ra har ikkala guruhga mansub qazish tizimlari qo‘llanganda qoplama jins va foydali qazilmani qazib olish texnologiyalariga alohida yondoshish talab etiladi. Ochish va foydali qazilmaning qazib olishning har bir tizim samaradorligi texnologik yo‘qotish koeffitsiyenti ktex , ekskavator yoki texnologik potokdagi boshqa uskunalar kompleksi sof ishlash vaqtini hisobga oluvchi ko‘rsatkich Tsir, va yangi kirma hosil qilishga sarflaydigan ish vaqtini hisobga oluvchi umumiy vaqt Tsm orqali tavsiflanadi:
Konlarni ochiq usulda qazib olish tizimlarining asosiy elementlarini ishchi pog‘onalar, kirmalar va ish maydonlar, kesuvchi transheyalar tashkil qiladi. Qazish tizimining asosiy parametriari quyidagilar: pog‘ona balandligi va uning qiyalik burchagi, kirma kengligi, ish maydonining kengligi, karyer ishlaydigan yonbag‘irining qiyalik burchagi, ekskavator blokining uzunligi, ochish va qazish ishlari frontining uzunligi va ishchi pog‘onalar soni. Quyidagilar qazish tizimining asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi: kavjoyning surilish tezligi (m/oy), ish frontining surilish tezligi (m/yil), karyerning chuqurlashish tezligi (m/ yil), ish fronti uzunligi yoki ish maydoni birligidan olinadigan unumdorlik [m3/(km.yil); t/(km.yil); m3 (km2.yil); t/(km2. yil)], foydali qazilma yo‘qotilishi (%) va foydali qazilmaning sifatsizlanishi (%).