Korxona faoliyatini rejalashtirish va prognozlash


- chizma. Korxonada rejalashtirish jarayoni texnologiyasi



Yüklə 79,75 Kb.
səhifə10/15
tarix11.04.2023
ölçüsü79,75 Kb.
#125119
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
resources

5.1- chizma. Korxonada rejalashtirish jarayoni texnologiyasi

Rejalashtirishning har bir turi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • belgilangan rejalashtirish oralig’ining aniqligi;

  • integratsiya va differentsiatsiya darajasi, shuningdek, rejalashtirilayotgan ko’rsatkichlar miqdori;

  • ishlab chiqarish harajatlari va natijalarini hisob-kitob qilish darajasining aniqligi;

  • rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash tartibi.

Rejalashtirishda “korxona-muhit-holat” munosabatlari asosiy o’ringa egadir. Bunda ishlab chiqarish shunday rejalashtiriladiki, natijada korxonaning bozordagi barqarorligini saqlab qolish, yuzaga keladigan holat va tashqi muhitni hisobga olishdan tashqari mahsulotni tezda sotish va ishlab chiqarish rentabelligining o’sishiga imkon yaratiladi. Buning uchun korxona anchadan beri ishlab chiqarilayotgan an’anaviy mahsulotlardan tashqari yangi mahsulot turlarini, jumladan, o’xshashi bo’lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishi, mahsulotlar turini ko’paytirishi zarur. Barcha xodimlar, ayniqsa, rahbarlar, bugungi kunda kelajakdagi faoliyat uchun qulay istiqbol yaratish nisbatan oson bo’lsa-da, xuddi shu ishni 3-5 yildan so’ng, ya’ni istiqboldagi kunga aylangan paytda bajarish qiyinlashadi yoki bunga umuman imkon bo’lmaydi. Shu sababli rejalashtirish joriy holatdan tashqari iqtisodiyot va fan-texnika taraqqiyoti sohalaridagi ro’y berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni qanchalik ko’p hisobga olsa, uning natijalari shunchalik yuqori bo’ladi. Bu erda korxonaning yo’lga qo’yilgan marketing xizmati, xodimlar malakasi hamda mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilayotgan turli mahsulotlar haqidagi ilmiy-texnik ma’lumotlar muhim o’rin egallaydi.
Hozirgi paytda korxonalarning aksari qismi, asosan, joriy rejalar (biznes-rejalar) tayyorlash bilan shug’ullanmoqda. Biznes-rejalarda eng muhim rejalashtirish ko’rsatkichlari quyida keltirilgan:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) nomenklaturasi va hajmi (natural ko’rinishda);

  • mahsulot sotish hajmi (pul ko’rinishida);

  • mahsulot birligining tannarxi;

  • foyda (daromad);

  • kategoriyalar bo’yicha xodimlar soni;

  • mehnatga haq to’lash fondi va o’rtacha ish haqi darajasi;

  • omborlardagi xomashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot zaxiralari;

  • aylanma vositalar hajmi - umumiy va guruhlar bo’yicha;

  • kapital qo’yilmalar hajmi, jumladan, qo’yilma ob’yektlari va yo’nalishlari bo’yicha;

  • yangi texnika va texnologiyaga oid chora-tadbirlar;

boshqa ko’rsatkichlar (zarurligi va aniqlanishiga ko’ra).
Umuman olganda, korxonada rejalashtirish tuzilmasi va mazmunini quyidagi model ko’rinishida aks ettirish mumkin (5.2-chizma):





Uzoq muddatli rejalashtirish

Joriy rejalashtirish

Kalendar rejalashtirish

Dispetcherlashtirish va kuzatuv


Yüklə 79,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin