Renegatlik- abonent A abonent B ga xabar yuborgan bo’lsada, yubormagan deydi.
Almashtirish –abonent B hujjatni o’zgartiradi, yoki yangisini shakillantiradi va uni abonent A dan olmaganman deydi.
Takrorlash- abonent A abonent B yuborgan hujjatni abonent C takrorlaydi.
Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining xaqiqiyligini tekshirish muammosini samarali xal etishga imkon beradi.
Elektron raqamli imzo telekomunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ishlash bo’yicha oddiy qo’lyozma imzoga o’xshash bo’lib quyidagi afzalliklarga ega:
Imzo chekilgan matn, imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanini tasdiqlaydi
Bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog’liq majburiyatlardan tonish imkoniyatini bermaydi.
Imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.
Elektron raqamli imzo tizimining qo’llanilishida bir-biriga imzo chekilgan elektron hujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz qilinadi. Xar bir abonent uchun juft-maxfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakillantirishda foydalanadi.
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo’lib, undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:
Raqamli imzoni shakillantirish muolajasi;
Raqamli imzoni tekshirish muolajasi;
Ushbu muolajani tayyorlash bosqichida xabar jo’natuvchi abonent A ikkita kalitni generatsiyalaydi: vaxfiy kalit k (A) va ochiq kalit K (A). Ochiq kalit K (A) uning jufti bo’lgan maxfiy kaliti k(a) dan xisoblash orqali olinadi.
Ochiq kalit K(a) tarmoqning boshqa abonentlariga imzoni tekshirishda foydalanish uchun tarqatiladi.
Elektron raqamli imzolar hujjatga imzo chekkan shaxsni