Kredit-modul tizimi


GPA =K1U1+K2U2+K3U3…+KnUn : K1+K2+K3…+Kn



Yüklə 245,96 Kb.
səhifə2/8
tarix05.10.2023
ölçüsü245,96 Kb.
#129716
1   2   3   4   5   6   7   8
GPA =K1U1+K2U2+K3U3…+KnUn : K1+K2+K3…+Kn ga tengdir.
Bunda:
K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U – har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho;
Kredit – taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin;
Kredit toʻplash – taʼlim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash;
Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi – talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut).
Oʻqish yuklamasi – talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari – maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ↑ Jump up to: 1,0 1,1 1,2 Sherzod Mustafoqulov, Mansur Sultonov. „Kredit-modul tizimiga oʻtish nima uchun kerak? Maqsad, mohiyat va afzallik“. Xalq so‘zi (05 avgust 2020). Qaraldi: 17-sentyabr 2023-yil.

  2. ↑ „Kredit-modul tizimi haqida asosiy tushunchalar“ (3 aprel , 2023). 4-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-sentyabr 2023-yil.


Режим чтения
Увеличить масштабУменьшить масштаб
Фон
Шрифт
Arial
Выйти из режима чтения

Oliy ta'limda kredit-modul: yangi o‘quv yilida talabalarni nimalar kutmoqda?


Kun uz

Universitetga o‘qishga kirganingizdan so‘ng talaba sifatida u yerda aynan qaysi fanlarni o‘rganishni qisman bo‘lsa-da, o‘zingiz tanlashingiz mumkinligini hech tasavvur qilganmisiz?


Har bir o‘qituvchi semestr boshida talabalariga o‘z fani bo‘yicha dasturini taqdim etib, unda ushbu fan nima haqidaligi, talabalar ushbu fanni o‘rganish natijasida amaliyotda nimalar qila olishi haqida batafsil tushuntirib, shundan keyingina darslarni boshlashini-chi?
Qo‘shimchasiga deng, oliy ta'lim muassasalari (OTM) o‘zining har bir bakalavr yoki magistratura dasturlari bo‘yicha kataloglar (kitobchalar) ishlab chiqib, undan siz o‘qish davomida qaysi fanlarni o‘rganishingiz mumkinligi, ushbu fanlarni kimlar o‘qitishi, dastur davomida siz mutaxassis sifatida qanday bilim, ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lishingiz haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin bo‘lib, shundan so‘ng o‘quv yili boshlansa-ya! Bu xususiyatlar mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ham asta-sekinlik bilan kirib kelmoqda va bu tizimning nomi — ta'limning «kredit-modul» tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Masalan, kelayotgan 2020-21 o‘quv yilining o‘zida mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tishi kutilmoqda. Mazkur OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Xo‘sh, ta'limning kredit-modul tizimi o‘zi nima? Ushbu tizim talabalarga nima beradi va nimalarni bajarishni talab qiladi? Uning amaldagi ta'lim tizimidan afzalliklari nimada? Quyida ushbu savollarga qisqacha javob berishga harakat qilamiz.

Yüklə 245,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin