AB 214-GURUH TALABASI SULTONOV ZUXRIDDINNING DINSHUNOSLIKDAN TAYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
MAVZU: MILLIY DINLAR
REJA
1Yahudiylikning vujudga kelishi va uning ta’limoti.
2. Veda va veda dinlari.
3. Konfutsiylik va daosizm.
Milliy dinlar – ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Masalan, Yahudiylik (Yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), Konfutsiylik (xitoy millatiga xos), Sintoizm (yaponlarga xos).
1.Talabalarga milliy dinlarning orasidagi eng qadimiy din hisoblangan Yahudiylik dini haqida to’liq ma’lumot berilsa maqsadga muvoffiq bo’ladi.
Yahudiylar er yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular o’zlarini Xudo tomonidan saylangan, muqaddas xalq ekanini, Yahudiyning ruhi Xudoning bir qismi hisoblanishini da’vo qiladilar.
Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra, oxirzamonda Yahve Yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun Yahudiylarni Sinion atrofida to’playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi.
Yahudiylik ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Tur tog’ida Yahve bilan uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning «Ikkinchi qonun» kitobidan o’rin olgan bo’lib, Yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart. Ular quyidagilardir: 1. Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik; 2. But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik; 3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik; 4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash; 5. Ota-onani hurmat qilish; 6. Nohaq odam o’ldirmaslik; 7. Zino qilmaslik; 8. O’g’rilik qilmaslik; 9. Yolg’on guvohlik bermaslik; 10. Yaqinlarning narsalariga ko’z olaytirmaslik.
Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda Yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda Yahudiylar amal qilishi va bajarishi lozim bo’lgan 248 ta buyruq, 365 ta taqiq mavjud. Ular Yahudiyning ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari, marosimlar va bayramlariga taalluqli masalalarni o’z ichiga oladi.
Atxarvaveda mil. av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy hind afsunlarini o’zida aks ettirgan. U boshqa vedalardan mazmun va mohiyat jihatdan farqli o’laroq, o’zining qadimiy hind jamiyatida mavjud bo’lgan barcha taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o’zida aks ettirgan.
Veda xudolari. Vedalarda xudolar – osmon xudolari, quyosh xudolari, havo xudolari, er xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari. Ular sirasiga Dyaus, Varuna, Indra kabi turli osmonlarni boshqarib turuvchi xudolar kiradi. Biroq, Varuna keyinchalik suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan.
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bo’lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so’z yuritilgan. Ularning eng qadimiysi Mitra («do’st») dir.