1.1.Otlarning morfologik va semantik belgisiga ko‘ra tasnifi
Otlar morfologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra birlik va ko‘plik sonlarga bo‘linadi. Ko‘plik kategoriyasi fors tilida ها [hā] va ان [ān] qo‘shimchalari orqali yasaladi. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda ko‘plik yasalmaydi, balki arab tilidagi ko‘plik shakli qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilinadi. Fors tilida so‘zlar jins belgisiga ega emas, faqat arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda jins belgisi saqlangan. Masalan: شاعره، آمنه، طالبه، معلمه، محبوبه.
Fors tilidagi otlar o‘z ma’no belgisiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinadi:
a) اسم عام “turdosh ot” va اسم خاص “atoqli ot”. Bir jinsdagi narsa va hodisalarning umumiy nomini bildiruvchi otlar اسم عام deyiladi.
Masalan: کتاب، کشور، دختر، پسر، مادر، اسب
Muayyan bir kimsa yo hodisani boshqalardan ajratib nomlaydigan otlar اسم خاص “atoqli ot” deyiladi. Atoqli otlar fors tilida to‘rt qismga bo‘linadi.
1) kishi nomlari: سعيد، مسعود، ايرج، فاطمه، نادره
2) hayvon nomlari: رخش، عقاب، شبديز
3) turli tashkilot va joy nomlari:
هندوستان، ايران، سازمان ملل متحد، سپيد رود، مدی ترانه، ا لبرز، شورای امنيت.
4) kitob va jurnal va gazeta nomlari:
قرآن، همشهری، کيهان، نامه پارسی، گلستان.
b) اسم ذات “konkret ot”, اسم معنی “mavhum ot”. Otlar o‘zining tashqi olam bilan munosabatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi. Agar moddiy jism va narsalarni ifodalasa اسم ذات (konkret ot) deyiladi. Masalan:
کاغذ، کتاب، مداد، دفتر، درخت، اتاق
Faqat inson ongida mavjud bo‘lgan va moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan otlar اسم معنی “mavhum ot” deyiladi. Masalan :
هوش، دانش، ادب، اخلاق، معنويت
c) fe’ldan yasalgan otlar اسم مصدر “harakat nomi” deyiladi. Masalan: eshitish – شنيدن , o‘qish – خواندن
Fe’lning hozirgi zamon va o‘tgan zamon negizidan yasalgan otlar حاصل مصدر “masdar hosilasi” deb ataladi. Masalan:
ديد، بازديد، سوز، توان، دانش، سوزش، رفتار، گفت، خنده، گريه.
1. فرمودن – “buyurmoq”. Bu fe’l tom ma’noda “buyurmoq”, “amr qilmoq” ma’nolarida ishlatilib, og‘zaki nutqda ehtirom yuzasidan “gapirmoq”, “aytmoq” ma’nosida qo‘llanadi.
Masalan : رئيس شرکت فرمودند که فردا حضورش بريم آقای
“Shirkat raisi janoblari ertaga kelishimni aytdilar”.
فرمودن fe’li, shuningdek, yordamchi fe’l sifatida دادن ma’nosida ishlatiladi. دستور فرمودن – “ko‘rsatma bermoq”, ميل فرمودن – “istak bildirmoq”, استراحت فرمودن – “nafas rostlamoq”. Bu fe’lning o‘tgan zamon sifatdosh shakli فرموده “buyurgan” ham “aytgan narsangiz” ma’nosida qo‘llanadi:
فرموده شما کاملاً درست است.
“Sizning aytganlaringiz to‘ppa-to‘g‘ri”.
2. فارغ التحصيل – “bitiruvchi”. Bu arabcha izofiy birikma termin sifatida ishlatiladi. Maktab bitiruvchilari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini bir-biridan ajratish uchun o‘rta maktab bitiruvchilari دیپلمه – “diplomli”, bakalavrlar “ليسانسه” (bakalavr sertifikatiga ega) va magistrantlar “فوق ليسانس” – “magistr” deb yuritiladi.
3. دانشگاه آزاد – “nodavlat universiteti”. Eronda davlatga qarashli universitetlarدانشگاه دولتی – “davlat universiteti” va “tijoriy universitetlar” – دانشگاه آزاد (nodavlat universiteti) deb yuritiladi. Davlat universitetlarida o‘qish tekin, davlatga qarashli bo‘lmagan universitetlarda o‘qish pullik.
4. سِمَّت [semmat] – “vazifa”, “lavozim”. Fors tilida “maqom (vazifa, lavozim)ga tayinlandi” deganda سمت termini ishlatiladi.
اوبه سمت رئيس اداری کار می کند.
U xo‘jalik boshqaruvchisi lavozimida ishlaydi.
1.2. Fe’l negizidan yasalgan otlar
Fors tilida ko‘pgina otlar bir so‘z turkumidan ikkinchisiga ko‘chish yo‘li bilan fe’llarning o‘tgan zamon va hozirgi zamon negizlaridan yasaladi. Fors tilida اسم مصدر – “harakat nomi” deb ataladi.
a) o‘tgan zamon sodda fe’llar negizidan:
“yutuq” –برد , “yig‘in” –نشست , “tole’” – آمد, “qarash” – ديد , “tilxat” – رسيد.
b) prefiksli fe’llar negizidan:
“uchrashuv” –بازديد , “to‘qnashuv” –بر خورد , “daromad” – درآمد.
c) qo‘shma fe’llar negizidan:
“tasdiqlash” –صوابد يد , “kutish” –چشمداشت , “bostirish” – سرکوفت
d) hozirgi zamon fe’l negizidan:
“toqat” –تاب , “qochish” – گريز, “qaynash” –جوش , “chopish” –دو, “sakrash” – خيز, “boshdan-oyoq ko‘zdan kechirish” –ورانداز .
2.1 Sifatlarning otlashuvi
Fors tilida sifat va otlarning orasida keskin chegara yo‘q. Ba’zi bir sifatlar otlashib, gapdagi o‘rniga qarab ba’zan sifat, ba’zan ot bo‘lib kelishi mumkin. Masalan:
اين دختر جوان در مسابقات ژيمناستيک پيروز شد.
Bu yosh qiz gimnastika musobaqalarida g‘olib bo‘ldi.
Bu gapda جوانsifat vazifasida kelyapti.
جوانان در سراسر دنيا جويای علم و دانش هستند.
Butun dunyoda yoshlar ilm-u donishga intiladilar.
Bu gapda جوانان so‘zi ot turkumi vazifasida kelmoqda.
Shuningdekمرد [mard] – “erkak”, “dovyurak”; بزرگ [bozorg] – “katta, ulug‘ odam” kabi bir qator sifatlar gapdagi o‘rniga qarab gohida sifat, gohida ot bo‘lib kelishi mumkin. Bu hodisa o‘zbek tilida ham kuzatiladi: chuqur soy – qazilgan chuqur, buyuk inson – buyuklar ruhi.
Fors tilida asl sifatlardan tashqari nisbiy sifatlar ham otlashadi. Masalan:
“yomg‘irli kun” –روز بارانی , “plash sotib olish” – خريد بارانی “ov tozisi” – تازی شکاری, “qiruvchi samolyotlar hujumi” – حمله شکاری ها
“po‘stin” – پوستين , “charm to‘n” – قبای پوستين
Bunday hodisa qo‘shma sifatlarda ham uchraydi:
“ikki baytli she’r” yoki “ruboiy” – دو بيتی
“ikki jildli” yoki “ikki jild kitob” – دو جلدی
“qizil tanli” yoki “hindu qabilasi” – سرخ پوست
jismoniy tarbiya
|
[tarbiyat-e jesmāni]
|
تربيت جسمانی
|
sanalmoq
|
[be šomār raftan]
|
به شمار رفتن
|
Kurash
|
[koštigiri]
|
کشتيگيری
|
o‘q otish (kamon)
|
[tir andāzi]
|
تيراندازی
|
Uloq
|
[bozkeši]
|
بزکشی
|
otda to‘p surish o‘yini (polo)
|
[guy-o čougān]
|
گوی و چوگان
|
Poyga
|
[aspdavāni]
|
اسپ دوانی
|
rasm bo‘lmoq
|
[rasm-o ravāj dāštan]
|
رسم و رواج داشتن
|
diqqat (qaratmoq)
|
[atf kardan]
|
عطف کردن
|
qabul qilmoq
|
[ettexāz šodan]
|
اتخاذ شدن
|
tuzib tasdiqlamoq
|
[tartib-o tasvib šodan]
|
ترتيب و تصويب شدن
|
katta miqyosda
|
[ab’ād-e vasi’]
|
ابعاد وسیع
|
qayta tiklash
|
[ehyā]
|
احيا
|
o‘tkazish
|
[tadvir]
|
تدوير
|
Tashviqot
|
[tabliğ]
|
تبليغ
|
Tadbir
|
[eγdāmāt]
|
اقدامات
|
qit’a
|
[γāre]
|
قاره
|
Boshqarmoq
|
[dar ra’as qarār dāštan]
|
در رأس قرار داشتن
|
muassasa, tashkilot
|
[nehād]
|
نهاد
|
yengil atletika
|
[dou meydāni]
|
دو ميدانی
|
Tennis
|
[tenis]
|
تنيس
|
Qarorlar
|
[tasāmim]
|
تصاميم
|
Qaror
|
[mosavvabe]
|
مصوبه
|
1. عطف توجه کردن [atf-e tavajjoh kardan] – “bir narsaga diqqatni jalb qilmoq”. Fors tilida توجه [tavajjoh] so‘zi bilan عطف کردن [atf kardan] yoki معطوف کردن [ma’tuf kardan] fe’llari ishlatiladi.
Masalan:
رئيس جمهوری اسلامی ايران افکار عامه را به مسائل کشمکشی های فلسطين و اسرائيل معطوف نمود.
“Eron islom jumhuriyatining Prezidenti afkori ommaning diqqatini Falastin va Isroil mojarolariga jalb qildi”.
2. اتخاذ شدن yoki اتخاذ گرديدن [ettexāz šodan (gardidan)] – “qabul qilmoq”. Odatda biron qaror yoki tadbir qabul qilmoq ma’nosida ishlatiladi. Masalan:
دولت ازبکيستان در راه رشد و توسعه هر چه بيشتر امور ورزشی برنامه ملی اتخاذ نمود.
“O‘zbekiston hukumati sport sohasini yanada ko‘proq rivojlantirish uchun Milliy dastur qabul qildi”.
3. چوگان بازی – “polo o‘yini”. Qadimda ikki guruhga bo‘linib, ot ustida “chavgon” (klyushka) bilan to‘p o‘ynashgan. Hozirgi paytda “polo” o‘yini deb ataladi.
4. برنامه اتحاذ شدن – “dastur qabul qilmoq”. اتحاذ گرديدن fe’li odatda “biron tadbirga qo‘l urmoq, kirishmoq” ma’nosida ishlatiladi.
“Tadbirlar qabul qilindi” – تدابير اتخاد گرديد
در رﺃس... قرار داشتن – “rahbarlik qilmoq, boshqarmoq”. Rasmiy xabarlarda “biron tashkilot ..... tomonidan boshqariladi” deyilsa mana shu ibora ishlatiladi. Me’yoriy tilda رهبری شدن – “rahbarlik qilinmoq”, “اداره شدن – “idora qilinmoq” shakllari ishlatiladi.
5. نهاد آموزشی – “o‘quv markazi”. نهاد so‘zi “asl tabiat”, “inson tug‘ma ta’bi” ma’nosida bo‘lib, ko‘chma ma’noda “boshlang‘ich tashkilot”, “muassasa” ma’nosida ishlatiladi.
2.2. Otlarning grammatik kategoriyalari
1. Bizga ma’lumki, son kategoriyasi ko‘plik forma yasovchi ها [hā] va ان [ān] suffikslari orqali belgilanadi. Sanaladigan predmet nomlariga ko‘plik yasovchi suffiks qo‘shilganda, predmetning soni birdan ortiq ekanligi anglashiladi, masalan: مداد [medād] – “qalam” – مدادها [medādhā] – “qalamlar”, دانشجو [dānešju] – “tolib” – دانشجويان [dānešjuyān] – “toliblar”.
Mavhum otlarga ko‘plik yasovchi suffiks qo‘shilganda ularning miqdori emas, ularning holati, xususiyati, harakati, darajasi, ma’nosi anglashiladi: قهرمانيها [qahramānihā] – “qahramonliklar”, بيعلاقگيها [bialāqegihā] – “qiziqmaslik”, “beparvolik”.
Buyum nomlari ko‘plik formada kelganda ularning miqdori ko‘pligi tushuniladi: نفت [naft] – “neft” – نفتها [nafthā] – “ko‘p neft”, روغن [ruγan] – “yog‘” –روغن ها [ruγanhā] – “juda ko‘p yog‘” va hokazolar.
Ko‘plik shakliniها va ان qo‘shimchalaridan tashqari arab ko‘plik qo‘shimchalari va siniq ko‘plik formasi ham fors tilida ishlatilishi ma’lum.
2. Aniqlik, noaniqlik kategoriyasi. Otlarning bu morfologik ko‘rsatkichi urg‘usiz postpozitiv artikl “ی” [i] yordamida ifodalanadi. Ushbu artikl o‘xshash predmetlar orasidan birini ajratib ko‘rsatish uchun او کتابی خريد) [u ketābi xarid] – “u bir kitob sotib oldi”) yoki qandaydir noma’lum bir predmetni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. (او کتابی خريد – “u qandaydir bir kitob sotib oldi”).
چند ماه پيش حسين مقاله ای در باره وضع اقتصادی گيلان نوشته بود اما فقط هفته گذشته مقاله چاپ شد.
“Bir necha oy oldin Husayn Gilonning iqtisodiy ahvoli haqida maqola yozgan edi, ammo maqola o‘tgan haftada chop qilindi”.
Kastryul
|
[γāblame]
|
قابلمه
|
qo‘shiq, lapar
|
[tasnif]
|
تصنيف
|
yoddan bilmoq
|
[az bar dāštan]
|
ازبرداشتن
|
Buloq
|
[češme]
|
چشمه
|
Tepalik
|
[tapre]
|
تپه
|
buyum, bisot
|
[basāt]
|
بساط
|
chaymoq, yuvmoq
|
[āb kešidan]
|
آب کشيدن
|
qayla, ziravor
|
[xoreš]
|
خورش
|
Quymoq
|
[nimru]
|
نيمرو
|
Qomat
|
[josse]
|
جثه
|
yosh edik
|
[senn-o sāl nadāštim]
|
سن و سال نداشتيم
|
g‘azab
|
[xašm]
|
خشم
|
o‘zini ko‘rsatib qo‘ymoq
|
[xodi nešān dādan]
|
خودی نشان دادن
|
kimgadir javob qaytarmoq
|
[javāb-e kasi-rā dādan]
|
جواب کسی را دادن
|
axmog‘ingni topibsan
|
[hālu gir āvardan]
|
هالو گير آوردن
|
haddidan oshmoq
|
[šuraš-rā dar āvardan]
|
شورش رادرآوردن
|
jo‘r bo‘lmoq (ashulaga); laganbardorlik qilmoq
|
[dam gereftan]
|
دم گرفتن
|
och qorin
|
[nāštāi]
|
ناشتائی
|
bo‘lak, burda (non)
|
[loγme]
|
لقمه
|
ko‘p seriyali televizion film
|
[film-e seriyāl]
|
فيلم سريال
|
tez, shoshilinch
|
[šetābzade]
|
شتابزده
|
yer tishlatmoq
|
[naγš bar zamin kardan]
|
نقش برزمين کرد ن
|
xoholab kulmoq
|
[γāh γāh xandidan]
|
قاه قاه خنديد ن
|
bahs qizib ketdi (avj oldi)
|
[bahs bālā gereft]
|
بحث بالا گرفت
|
haqorat, so‘kish
|
[foxš]
|
فحش
|
ish .... gacha borib yetdi
|
[kār be …. kešid]
|
کاربه ... کشيد
|
o‘rta-miyona bo‘lmoq
|
[ta’rifi nadāštan]
|
تعريفی نداشتن
|
urishmoq, janjallashmoq
|
[da’vā kardan]
|
دعوا کردن
|
kechga tomon
|
[tang-e γorub]
|
تنگ غروب
|
bo‘ron ko‘tarildi
|
[tufān dar gereft]
|
توفان درگرفت
|
momaqaldiroq
|
[ra’d]
|
رعد
|
chaqmoq
|
[barγ]
|
برق
|
chelaklab quymoq
|
[šoršor bāridan]
|
شر شر باريدن
|
suhbat boshqa yoqqa burildi, suhbat boshqacha tus oldi
|
[bahs avaz-e rang kard]
|
بحث عوض رنگ کرد
|
1 بو[bu] – “hid” so‘zi ko‘pgina fe’liy frazeologik birikmalarning ot qismi vazifasida keladi,masalan: بو دادن [bu dādan] – “hid taratmoq”, بو کردن [bu kardan] – “hidlamoq”, بو بردن [bu bordan] – “hid olmoq, biror narsani sezib qolmoq”.
بو بردن fe’li kesim vazifasida kelganda to‘ldiruvchining از [az] old ko‘makchi bilan kelishini talab qiladi, masalan:
اگر او بوئی از اين موضوع ببرد ...
“Agar u bu haqda xabar topsa ...”
2. بند آمدن [band āmadan] fe’li o‘timsiz fe’l bo‘lib “to‘xtamoq” ma’nosini beradi va quyidagi turg‘un iboralarda ishlatiladi. بران بند آمد – “yomg‘ir to‘xtadi”, برف بند آمد – “qor to‘xtadi”, باد بند آمد – “shamol to‘xtadi”.
3. مواظب بودن [movāzeb budan] – “o‘ylamoq, qayg‘urmoq, qarab turmoq” fe’li ramkali qurilma (distant holat) shaklida ishlatiladi, masalan:
مواظب خودتان باشيد –“o‘zingizni o‘ylang”,
علی گفت که من مواظب بساط خود مان باشيم
“Ali buyumlarimizga qarab turishimni aytdi”.
Agar مواظب بودن fe’li to‘ldiruvchi ergash gaplarda kesim vazifasida kelsa aorist formasida ishlatiladi.
Masalan: مواظب باشيد که بچه آنجا نرود
“Qarab turing, bola u yoqqa bormasin”.
2.3. Suffikslar yordamida yasalgan otlar
Fors tilida otlarning yasalishida eng ko‘p ishlatiladigan sermahsul suffikslar quyidagilar:
اک- [-ak] suffiksi fe’llarning hozirgi zamon negiziga qo‘shilib mehnat qurollari nomini bildiruvchi otlar yasaydi: قلتيدن [γaltidan] – “dumalatmoq”, قلتک [γaltak] – “rolik”, “g‘altak”.
بان- [-bān] suffiksi. Otlarga qo‘shilib “saqlovchi”, “asrovchi” ma’nosidagi otlarni yasaydi: باغبان [bāγbān] – “bog‘bon”, دربان [darbān] – “eshik og‘asi”, “darvoza qo‘riqchisi”.
چه- [-če] (يچه- [-iče]) suffiksi, otlarga qo‘shilib kichraytirish ma’nosidagi otlarni yasaydi: دريچه [dariče] – “darcha”, “tuynuk”, بيلچه [bilče] – “belcha”.
چی- [-či] suffiksi. Otlarga qo‘shilib kasb-hunar ma’nosini beruvchi yangi otlar yasaydi: شکارچی [šekārči] – “ovchi”, معدنچی [mādanči] – “ma’dan qazuvchisi”.
دان- [-dān] suffiksi. Otlarga qo‘shilib, biror bir narsa solinadigan idish ma’nosini beruvchi otlar yasaydi: شمعدان [ša’mdān] – “shamdon”, نمکدان [namakdān] – “tuzdon”.
ستان- [-stān] (استان- [-estān]) suffiksi. Otlarga qo‘shilib joy nomlari yasaydi: پاکستان [pākestān] – “Pokiston”, بيمارستان [bimārestān] – “kasalxona”, گلستان [Golestan] – “Guliston”, “gulzor”.
اش- [-aš] suffiksi. Fe’llarning hozirgi zamon negiziga qo‘shilib otlar yasaydi: دانش [dāneš] – “ilm” (دانستن), آزمايش [āzmāyeš] – “sinov” (آزمودن), خواهش [xāheš] – “iltimos”, “xohish” خواستن)).
گر- [-gar] otlarga qo‘shilib kasb-hunar nomlarini yasaydi: آهنگر [āhangar] – “temirchi”, کارگر [kārgar] – “ishchi”.
ی- [-i] (گی- [-gi]) suffiksi. Sifatlar va sifatdoshlarga qo‘shilib mavhum otlar yasaydi: جوانی [javāni] – “yoshlik”, زردی [zardi] – “sariqlik”, استادگی [istādegi] – “barqarorlik”, “turg‘unlik”.
ه- [-e] suffiksi. Otlarga qo‘shilib ularga yo ijobiy yoki salbiy urg‘u beradi. دختر – “qiz bola”, دختره – “qizaloq, qizcha”, مرد – “erkak”, مرده – “bir kishi”.
almashinuv
|
[mobādelāt]
|
مبادلات
|
birlashma, uyushma, tashkilot
|
[ettehādiye]
|
اتحاديه
|
to‘planmoq
|
[gerd āmadan]
|
گرد آمدن
|
tayyorlanmoq
|
[tahiye šodan]
|
تهيه شدن
|
o‘rganib chiqmoq, ko‘rib chiqmoq
|
[barrasi kardan]
|
بررسی کردن
|
komissiya
|
[hey’at]
|
هيئت
|
birlik
|
[vahdat]
|
وحدت
|
...ga kirishmoq
|
[be … pardāxtan]
|
به...پرداختن
|
bildirish, ma’lumot
|
[gozāreš]
|
گزارش
|
topshirmoq, bermoq
|
[taslim namudan]
|
تسليم نمودن
|
... dan tashkil topgan
|
[morakkab az …]
|
مرکب از...
|
... ni talab qilmoq
|
[taγazāye … namudan]
|
تقاضای ... نمودن
|
o‘sha davrdagi prezident
|
[ra’is jomhur-e vaγt]
|
رئيس جمهور وقت
|
fikrga ega bo‘lmoq
|
[e’teγād dāštan]
|
اعتقاد داشتن
|
ag‘darilish, qulash
|
[soγut]
|
سقوط
|
qaytadan, yangitdan
|
[mojaddadan]
|
مجدداً
|
a’zolik
|
[ozviyat]
|
عضويت
|
o‘xshash, kabi
|
[mošābeh]
|
مشابه
|
2.4. Old qo‘shimchalar (prefikslar) yordamida yasalgan otlar
Prefikslar asosan otlar, sifatlarning yasalishida ishtirok etadilar. Eng sermahsul prefikslar quyidagilar:
-هم [ham-] prefiksi. Otlarga qo‘shilib birgalik, qo‘shaloqlik ma’nosidagi yangi otlarni yasaydi: همکار [hamkār] – “hamkor”, “birga ishlovchi”, هموطن [hamvatan] – “hamvatan”, “vatandosh”, همراه [hamrāh] – “hamroh”.
-باز [bāz] prefiksi fe’llarning hozirgi zamon negiziga qo‘shiladi va takrorlanish, qayta tiklash ma’nolarini ifodalovchi yangi otlar yasaydi. Masalan: بازرس [bāzras] – “revizor”, بازپرس [bāzpors] – “tergovchi”, بازداشت [bāzdāšt] – “hibsga olish”, بازگشت [bāzgašt] – “qaytish”.
- با prefiksi otlar va sifatlarga qo‘shilib inkor ma’nodagi yangi otlarni yasaydi: نا آشنا [nāāšnā] – “notanish”, نادانی [nādāni] – “nodonlik”, “bilmaslik”.
Dostları ilə paylaş: |