Kurs ishi mavzu: Fors tilida otlarning grammatik kategoriyalari. Bajardi



Yüklə 53,05 Kb.
səhifə4/5
tarix05.05.2023
ölçüsü53,05 Kb.
#126375
1   2   3   4   5
ot

Otlarning ko‘plik shakli.
O‘zbek tilida otlarning ko‘plik shakli bitta qo‘shimcha, ya’ni -jar qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi. Bu qo‘shimcha jonli, jonsiz predmet nomlariga ham qo‘shilaveradi: kitoblar, odamlar va h.k. Fors tilida esa otlarning ko‘plik formasini yasash uchun ikki xil qo'shimchadan foydalaniladi. Ulardan bin \*-ha qo'shimchasi,
ikkinchisi esa 01 -an qo‘shimchasidir. Bu ikkala qo‘shimcha Ot-dn va
\*-ha o‘zbek tilidagi -lar qo'shimchasiga teng keladi, lekin ularning ishlatilishi bir oz farq qiladi.2


Shamsiy va qamariy yilnomasi
Eronda ikki xil yilnoma yuritiladi: shamsiy (quyosh yilnomasi), qamariy (oy yilnomasi). Quyosh yilnomasi milodiy yilnomadan 621/ 22 yil farq qilib, Muhammad (s.)ning Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tgan yillaridan boshlanadi. Shuning uchun “hijriy” – “bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish” deb ataladi. Quyosh yilnomasi Grigoryan yilnomasi kabi 365 kundan iborat. Faqat yoz oylari 31 kunlik, kuz va qish oylari 30 kunlikka bo‘linadi. Faqat “esfand” oyi 3 yil 29 kun va bir yil 30 kundan iborat. Oy yilnomasida har bir oy 30 kundan iborat va bir yilda quyosh yilnomasidan 10-11 kunga farq qiladi. Shuning uchun oylar doimo fasllari o‘zgarib turadi. Hozirgi paytda Eronda quyosh yilnomasi joriy qilingan.

Otlarning ifodalanish sifatlari
Fors (Pors) tili yo Forscha, forsiy (porsiy) — hindevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eronda (Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili).

Fors tilining koʻplab lahja va shevalari boʻlib, tehron lahjasi ularning eng asosiysi va eng koʻp oʻrganilganidir. Bu lahja hozirgi adabiy Fors tiliga asos boʻlgan. Fonetik xususiyatlari: 6 ta monoftong , 2 ta diftong , 22 ta undosh fonema mavjud. Chuqur til orqa va boʻgʻiz undoshlari bor, urgʻu, odatda, oxirgi boʻgʻinga tushadi. Morfologik qurilishi analitik xususiyatga ega, kelishik va jins kabi grammatik kategoriyalar mavjud emas. Otlar son, aniklik va noaniklik kategoriyalariga, feʼllar shaxs, zamon, nisbat va mayl kategoriyalariga ega. Feʼl yagona tuslanish turiga ega va tuzilishiga koʻra sodda va qoʻshma feʼllarga ajraladi. Gapdagi soʻzlar aloqasida izofali tuzilmalar keng kullanadi. Kesim, asosan, ran oxirida, ega esa ran boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Leksikasining asosini sof eroniy soʻzlar tashkil etadi, lekin arabcha oʻzlashmalar ham juda koʻp (barcha leksikaning 50% igacha), shuningdek, turk, fransuz, ingliz va boshqa tillardan kirgan soʻzlar ham bor.


Fors tili qadimiy yozuv anʼanalariga ega, unda boy adabiyot mavjud. Dastlabki yodgorliklari 9-asrning 1-yarmiga mansub. Yozuvi arab alifbosi asosida, unga fors tiliga xos tovushlarni ifodalovchi 4 xarf qoʻshilgan holda shakllantirilgan.3
Fors tili O’zbekistonda qadim zamonlardan o‘rganilib kelmoqda. 0 ‘tmish madaniy merosimizning kattagina bir qismi fors tilida yozilgan. Fors tilining fonetik sistemasi bir qarashda o‘zbek tili fonetik tizimi bilan bir xilday ko‘rinadi. Lekin aslida unday emas. Ayniqsa, cho'ziq unli fonemalar o‘zbek tili fonemalaridan keskin farq qiladi. Fors tili fonetik sistemasini o‘2bek o'quvchisi va talabalariga o‘rgatayotganda mana shu keskin farqqa alohida e’tibor berish kerak. O'qituvchi to hamma talabalar bu fonemalar talaffuzini to‘g‘ri o‘rganib olgunga qadar mashq qildirishi kerak.4
Fors tilini o‘rganishda yana bir xususiyat, bu fors tili uchun qabul qilingan arab yozuvidir. Arab tili fonologik tizimiga mos alifbodagi 28 belgi forschaga to‘la qabul qilingan, lekin ularning talafTuzi arab tilidan farqli. Masalan, fors tilida ”s" undoshini ifodalash uchun o“, i>°, "h" fonemasi uchun "c,"z" fonemasi uchun «j, j, оЧ -k», "t" fonemasi uchun , -k», "y" fonemasi uchun "lj, £" belgilari ishlatiladi. Bular faqat yozuvda farq qilib, talaffuzda bir xil talaffuz qilinadi. 0 ‘qituvchi bu fonemalami o‘rgatishda ham har gal qaysi o'rinda qaysi harf ishlatilishiga talabalaming e’tiborini qaratishi kerak.
Hozirgi fors tili Eronning davlat va adabiy tilidir. Fors adabiy tilining tayanch dialekti — Tehron dialektidir. Fors tili o‘zaro qarin- dosh bo‘lgan boshqa tillar bilan birgaükda hind — yevropa tillariga mansub bo‘lgan eroniy tillar guruhiga kiradi. Eroniy tillar ba’zi bir fonetik va grammatik hususiyatlariga ko‘ra g‘arbiy va sharqiy guruh eroniy tillariga bo‘linadilar. 1. G‘arbiy guruh eroniy tillariga fors, tojik, beluch, kurd va JCaspiy bo‘yi tillari (gilon, mozandaron, semnon, tolish, tot) va boshqa tillar kiradi. 2. Sharqiy guruh eroniy tillariga afg‘on (pushtu), osetin, yag‘nob va pomir tillari (shug‘non, voxon, sanglichi, yazg‘ulom, ishkashim, zeboki, munjon) va boshqa tillar kiradi. Eroniy tillar o‘zlarining grammatik qurilishi va leksik tarkibi jihatidan bir-biridan ancha farq qiladilar. Hozirgi fors tili o‘z yozuviga ega bo‘lgan eng qadimiy tillardan biridir. Qadimiy fors tili eramizdan avvalgi VI asrda Ahamoniylar sulolasining rasmiy tili hisoblanib kelgan. Bu tilda yozilgan ahamoniylaming bir qancha yozma yodgorliklari bizgacha yetib kelgandir. Fors tilining tarixiy taraqqiyot yo‘li uch asosiy davrga bo‘linadi:
1. Qadimgi fors tili (eramizdan avvalgi VI—III asrlar). 2. 0 ‘rta davr fors tili (eramizdan avvalgi III va eramizning VII asrlari). 3. Yangi ya’ni hozirgi fors tili (IX asrdan shu kungacha bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi). Har bir davr yagona umumxalq tilining asosiy va eng muhim taraqqiyot bosqichlarini aks ettiradi. Har bir davr tilining o‘ziga xos grammatik xususiyatlari, lug‘aviy o‘zgarishlari va ma’lum yozuv sistemasi boigan.5
Qadimgi va o‘rta davr fors tili o‘lik til hisoblanib, uning gram- matik qurilishi va lug‘at tarkibi haqida bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklar orqaligina ma’lumotga ega bo‘lish murnkin. Qadimgi va o‘rta davr fors tilining grammatik qurilishi va leksik tarkibini o‘rganish hozirgi fors tili va boshqa eroniy tillami tarixiy taraqqiyot yo‘llarini bilish, ulami qiyosiy o‘rganish uchun katta ahamiyat kasb etadi (bu masala bo‘yicha qarang: «И.М. Оранский. Введение в иранскую филологию. М., I960»). Ma’lumki, VII asrda arablar Eron, 0 ‘rta Osiyo va ularga qo‘shni bo‘lgan bir necha mamlakatlarni zabt etadilar. Arablar bu mamla- katlatrda islom dini bilan bir qatorda, o‘z madaniyati, tili va yozuvi- ni keng xalq ommasiga tarqata boshlaydilar. Natijada islom dini, arab yozuvi, arab tili bu yerlarda mustahkam o‘mashib oladi va rivoj topadi. VII asming oxiriga kclib mahalliy xalqlardan chiqqan olimlar arab tilida diniy, falsafiy hamda adabiyot, huquq va tib- biyotga oid asarlar yoza boshladilar. Ilmiy va adabiy kitoblami boshqa tillardan arab tiliga tarjima qilish keng avj oladi. Eron, 0 ‘rta Osiyo va Sharqning boshqa xalq- lari orasida arab tilida she’r bitgan shoirlar, arab tilida ijod etgan olimlar paydo bo‘la boshlaydi. Kun sayin ulaming soni ortib boradi. Madrasalarda o‘qish arab tilida olib boriladi. Ma’muriy idoralarda va shaxsiy yozishmalarda ham arab tili keng qo‘llaniladi. Yozuvda arab alifbosi mustahkam o‘mashib oladi. Arablar bosib olgan butun territoriyada qariyb ikki asr mobay- nida arab tili adabiyotda va ilm-fanda hukmronlik qiladi. Arablar 0 ‘rta Osiyo va Eron xalqlariga o‘z tili va madaniyatini majburiy ravishda singdirish va mahalliy xalqlar tilini aloqadan siqib chiqarishga qanchalik harakat qilgan boMsalar ham, bunga erisha olmadilar. 0 ‘rta Osiyo va Eron xalqlari o‘z davlat va til musta- qilligini saqlab qoldilar. IX asrda Eron va 0 ‘rta Osiyo xalqlari o‘z davlat mustaqilligi uchun olib borgan kurashda g‘olib chiqdilar va arab xalifaligi hukm- ronligidan ozod bo‘lib, o‘zlarining markazlashgan Somoniylar dav- latini vujudga keltirdilar. Somoniylar dariy yoki forsiy nomi bilan atalgan mahalliy tilni o‘zlarining davlat va adabiy tili deb eion qildilar. Dariy tili qadimgi va o‘rta davr fors tilining tarixiy taraqqiyoti davomi sifatida shakl- landi va arab so‘zlari hisobiga o‘z leksik tarkibini boyitdi. Shunday qilib, IX asrdan boshlab fors tili tarixida III davr — yangi fors tili davri boshlandi. Dariy tili tez sur’at bilan taraqqiy etdi va ko‘p sohalardan arab tilini siqib chiqarib, tez vaqt ichida fan va adabiyot uchun asosiy til bo‘lib qoldi. Somoniylar davlatining markazi Buxoro shahri bo‘lib, bu shahar ilm- fan, ma’rifat va sheriyat markaziga aylandi. Bu davming eng mashhur shoir va olimlari, san’atkor va mutaffakirlari Buxoroga to‘plandilar va ijod qildilar. Somoniylar hukmronligi davrida adabiyot va san’at, ilm va ma’rifat tez sur’atlar bilan taraqqiy etdi va madaniyat gullab yashnadi. IX asrdan XV asrgacha boigan davrda 0 ‘rta Osiyo va Eron xalqlarining tarixida ilm va madaniyat, adabiyot va she’riyat yuksak darajaga ko‘tarilgan davr boidi. Bu davrda, bir tomondan, ijtimoiy fanlar — tarix, falsafa, mantiq va adabiyot keng rivojlangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tabiiy fanlar — matematika, astronomiya, me- ditsina fanlari taraqqiy etib, bu sohada olib borilgan katta ilmiy tadqiqotlar asosida oim as asarlar yaratildi.6
Bu asarlami yaratgan Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy kabi olimlaming nomlari jahonga mashhurdir. Somoniylar davlati barpo boMishidan boshlangan besh asrlik davr eron va tojik xalqlari adabiyotining, xususan she’riyatning kamolot cho‘qqisiga ko‘tarilgan davri bo‘ldi. Bu davrda dariy (forsiy) tilida insoniyatning ma’naviy boyliklari xazinasiga katta xissa qo‘shgan, o‘zining o‘lmas asarlari bilan jahon kitobxonlarini maftun etgan Abu Abdullo Rudakiyning iirik she’rlari, Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» asari, Umar Xayyomning ruboiylari, Sa’diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo‘ston» asarlari, Amir Xusrav Dehlaviyning «Hamsa»si, Shamsiddin Muhammad Hoflzning g'azallari, Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang»i va boshqa bir qancha shoir va olimlaming asarlari yaratildi. Ma’lumki, eron va tojik xalqlari o'zlarining uzoq tarixiy ta- raqqiyotlari davrida doim o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘- lib kelganlar.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o‘zbek tilida o‘zbek adabiy tili
umum miqyosda ham yozma, ham og‘zaki nutq uchun me’zon hisoblanadi va
o‘zbek tilshunos olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va ma’lum andozalarga
solingan. Bu o‘zbek adabiy tili rasmiy doiralarda, dars mashg‘ulotlari davomida,
OAVda, shuningdek ish hujjatlari va barcha yozma nutq birliklarida ishlatilishi
lozim (garchi bunga ko‘p hollarda amal qilinmasa-da). Oila va do‘stlar orasidagi
munosabatlar davomida erkin so‘zlashiladi va bunda talaffuz, morfologik, hamda
grammatik normalarda turlicha o‘zgarishlar yuz beradi. Ammo bu shakl og‘zaki
nutq uchun me’yor hisoblanmaydi. O‘zbek tilidan farqli o‘laroq fors tilida
yuqorida ko‘pchilik olimlar ta’kidlaganidek, yozma nutq uchun fors adabiy tili
andozalashtirilgan, normalari ishlab chiqilgan shakl bo‘lsa, asosini Tehron lahjasi
tashkil qiluvchi og‘zaki nutq, rasmiy doiralarda, OAVlarida, kinofilm va kundalik
hayotdagi muloqot jarayonida ishlatiladi. Demak, bundan fors tilida ikki me’yoriy
til, ya’ni ham yozma nutq uchun alohida va og‘zaki nutq uchun alohida me’yor,
ya’ni adabiy til shakllangan deb xulosa chiqarsak bo‘ladi.
Biz yuqorida fors tili og‘zaki nutqida yuz beradigan va me’yor darajasini
olgan هتسکش o‘zgarishlarini kitoblar, audio materiallar va internet materiallaridan
olingan misollarni tahlil qilgan holda o‘rganib chiqdik va shunday xulosaga
keldikki, ushbu هتسکش o‘zgarishlari barcha so‘zlar uchun o‘rinli emas, masalan,
atoqli otlar, ya’ni insonlarning ismi, davlat va shaharlarning nomlari kabilardagi,
o‘zgarishlar me’yor hisoblanmaydi, garchi eronliklarning o‘zlari muloqot
davomida ularni o‘zgartirsalarda. Shuningdek, Eron poytaxti Tehronda istiqomat
qiluvchilarning shevasi bo‘lmish Tehron lahjasida ham ba’zi so‘zlar borki
(yuqorida aytib o‘tilgan), ular fors og‘zaki tili uchun me’yor bo‘la olmaydi.
Umumiy xulosaga keladigan bo‘lsak, fors tilda ikki xil adabiy til bo‘lib ular
ikki xil shaklda, yozma va og‘zaki shaklda amalga oshadi. Og‘zaki nutqdagi
هتسکش o‘zgarishlaridan foydalanish esa, yozma nutq uchun emas, faqat og‘zaki
nutq uchun amal qilib, nutqning tez, ravon va chiroyli, ohangdor bo‘lishiga
yordam beradi.


Yüklə 53,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin