Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
308
qalbidagi shoh bilan shoirning murosa qilishi qiyinlashib ketardi. 
Xondamir beixtiyor Hirotni va Alisher Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasidagi murakkab 
munosabatlarni esladi. Bu ikki zot yoshlikdan bir-birlarini yaxshi ko‘rar edilar, ammo 
podshohning shafqatsiz ishlari shoirning nafis tuyg‘ulariga shu darajada zid kelar ediki, 
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro bilan bir shaharga, hatto bir mamlakatga sig‘ishmay 
qoladigan va Xurosonni tashlab hajga ketishga astoydil intiladigan paytlari bo‘lardi. 
Hatto bir shaharga va bir mamlakatga sig‘maydigan katta shoir bilan podshoh Boburning 
qalbida birga yashashga majbur ekanini va bu uni qanchalik qiyin ahvollarga solishini 
Xondamir hozir yaqindan ko‘rganday bo‘ldi. Uning yodiga Boburning: 
Yuz xayfki, zoe’ o‘tadir umri aziz, 
Afsuski, botil* boradir umri sharif! 
degan satrlari tushdi. «Shoir bu satrlarni podshohlik tashvishlaridan to‘yib ketgan paytda 
yozgan bo‘lsa kerak!» degan o‘y ko‘nglidan kechdi. 
Bobur buloq bo‘yiga cho‘nqayib o‘tirib, kaftini muzday tiniq suvga to‘ldirib oldi-da, uni 
simirib, xiyol tafti bosilganday bo‘ldi. 
Xondamir gapni yoqimliroq mavzuga burgisi keldi: 
— Hazratim, Hirotda uchrashganimizda siz o‘z hayotingizni... ko‘chki bosgan buloqqa 
o‘xshatgan edingiz. Yodingizdami? 
— Yodimda bor. 
— Faqir hozir taxmin qildimkim, Movarounnahrda ko‘chki bosgan buloq balki shu yerga 
kelib qayta ko‘z ochgandir? 
— Aql bovar qilmaydir. Orada shuncha uzoq masofalar bor. 
— Lekin chinakam zo‘r iste’dodlar — o‘lmas buloqlarga o‘xshar ekanlar. Ularning ko‘zini 
o‘n joyda bekitsalar, o‘n birinchi joydan yana yorib chiqar ekanlar! 
— Lutf qildingiz, mavlono. Hozir ijodiy ish meni xuddi shu toza buloqdek o‘ziga tortadir. 
Janglarning qonli sellari, saltanatning betinim to‘fonlari jonimga tegdi. Toju taxt 
bevafoligini ko‘pdan beri sezib yuribmen. Menga vafo qilsa faqat yozgan asarlarim vafo 
qilgusidir. Ota yurtim Turkistonga o‘zim qaytolmasam ham, asarlarim qaytishi mumkin. 
— Inshoolloh, siz ota yurtingizga zafar bilan qaytursiz. Toshkentda, Samarqandu Hirotda 
sizning qaytishingizni kutib yurgan ixlosmandlaringiz ko‘p. 
— Ammo g‘animlarimiz ulardan ko‘proqdir, mavlono. Ular bilan jang qilib vatanga 
qaytguncha yana qon daryosida suzmoq kerak... Men bundan juda bezganmen... Qilich 
bilan olingan ellar vafo qilmas ekanlar. Faqat ma’naviy zafarlar umrboqiy bo‘lishini 
keyingi davrlar bizga ko‘rsatdi. 
— Hazrat Alisher ham ma’naviyatni hamma narsadan baland qo‘yar edilar. Siz chindan 
ul zotning buyuk ishini davom etdirmoqdasiz. 
— Afsuski, hazrat Alisherdek daholar turk olamida ancha kech paydo bo‘lmishdir. Jahon 
bo‘ylab ot o‘ynatib, qilich topgan turk bahodirlari ming yillar davomida Chin-Mochindan 
Misrgacha, Hinddan Farangistongacha qanchadan-qancha qudratli davlatlar barpo 
etganlar. Ammo ular o‘z davlatlarini umrboqiy qiladigan turkiy alifboyu ona tiliga, yaxlit 
bir turkiy ma’naviyatni yaratishga yaxshi e’tibor bermaganlar. Qilich bilan tiklangan 
davlatlarning ma’naviy poydevori mustahkam bo‘lmasa, ular boshqa qilichlar zarbidan 
tez qulab tusharkan. 
— Rost, hazratim, turk olamining bu tarixiy nuqsoni haqida siz bilan Hirotda ham ko‘p 
dardlashgan edik. 
— Ana o‘shal dardlarning turtkisi bilan men Kobulu Samarqandda turkiy alifboni 
tiklamoqchi bo‘ldim. Bundan maqsad — barcha davlat ishini turkiy tilda yuritmoq edi. 
Ammo... bu harakat qanday fojea bilan tugagani ma’lumingizdir. 
— E-voh, shunday ulug‘ jasorat uvol bo‘ldi-ya! Johillar yana g‘olib keldilar! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin