Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
175
— Mulla tog‘a, otingiz qani? — dedi. 
— Jiyanim, men piyoda yuramen. 
— Uyingiz uzoq bo‘lsa ham-a? 
— O‘rganib ketganmen. 
Tohir tog‘asining kambag‘allashib qolganini endi sezdi-yu, otining kumush bezakli 
yuganini mavlono Fazliddinga tutqazdi: 
— Bo‘lmasa mana shu ot sizniki. 
— O‘zing-chi, jiyanim? 
— Otxonada mening yana ikkita otim turibdi. Mining! 
Tohir tog‘asini qo‘ymasdan otga mindirdi-yu, beliga qistirilgan qimmatbaho qamchini 
ham tog‘asiga berdi. 
— Siz O‘shda menga mindirib yuborgan otning quluni bu, mulla tog‘a. O‘shanda meni 
boshdan-oyoq kiyintirgan edingiz-a, esingizdami? 
— E, bosh omon bo‘lsa do‘ppi topiladi, jiyan! Buni eslatib o‘tirma. 
«Ammo ertaga kelin ayamga ham, bolalariga ham bosh-oyoq kiyimlik olib borib, 
tog‘amni yana bir suyuntirishim kerak!» dedi Tohir o‘zicha. 
Ikkinchi ot ustida o‘tirgan yoshgina navkar nima bo‘layotganiga unchalik tushunmasa 
ham tog‘a-jiyanga angrayib qarab turardi. 
Mavlono Fazliddin xo‘shlashib keta boshladi. Tohir navkariga qarab shipshidi: 
— Farosating bormi? 
Bekni piyoda qoldirib, navkarning otliq turishi chindan ham odobga to‘g‘ri kelmas edi. 
Yosh navkar buni ertaroq sezmaganidan izza bo‘lib otdan sakrab tushdi va jilovini 
Tohirga tutdi: 
— Afv eting, bek janoblari. 
Mavlono Fazliddin o‘girilib qaradi-yu, Tohir nav-karning otida beklarcha savlat to‘kib 
borayotganini, navkar esa uning yonida yo‘rg‘alab piyoda ketayotganini ko‘rdi. 
Navkardan chiqqan ba’zi beklar obro‘talab bo‘lishi mavlononing esiga tushdi. «Ishqilib, 
Tohir o‘shalarga o‘xshamasin-da!» deb qo‘ydi ichida. 
_________________ 
* S a n o b a r — nina bargi och havorang tusdagi go‘zal qarag‘aysimon daraxt. Bizda masalan, Sayrobda uchraydi.
2 
Bugun o‘n yetti kundirki, Bobur Hirotda Alisher Navoiy istiqomat qilgan muhtasham 
Unsiyada* yashaydi. Unsiyaning baland peshtoqlari, niliy gumbazi, oftobda jilolangan 
rang-barang koshinlari Boburga Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasini eslatadi. Lekin 
Unsiya-ning to‘rt tomonidagi to‘rtta minorasi Ulug‘bek madrasasinikidan balandroq, 
binoning hajmi ham kattaroq edi. O‘zi bundan o‘n besh yilchagina oldin qurib bitirilgan, 
hali hamma bezaklari yap-yangi edi. 
Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning shaxsiy kutubxonasi 
egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni varaqlaganda, ularning ba’zi joylarida ulug‘ 
shoirning dastxatini ko‘rdi-yu, Samar-qandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni 
ko‘rishga muyassar bo‘lolmagani uchun yuragini ma’yus tuyg‘ular chulg‘adi. 
Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga o‘xshash katta soat qo‘yilgan. Belgili 
vaqtlarda bu soatning tepasidagi jajji haykalcha harakatga keladi-yu, oltin 
bolg‘achalar bilan ohangdor qilib zang chaladi. Bunday soat yasash g‘oyasini soatsozga 
Navoiyning o‘zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. Keyin Hirotda «Alisheriy» deb 
ataladigan zang chaluvchi soatlar rasm bo‘lib ketgan edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin