L. S. Vigotskiyning diqqatga oid nazariyasining mohiyatiga ko`ra, diqqatning stimullari ( qo`zg`atuvchilari ) tashqi vositalar (boshqa insonlar tomonidan ko`rsatiladigan belgilar ) hisoblanadi : Vigotskiyning diqqatning
L.S.Vigotskiyning diqqatga oid nazariyasining mohiyatiga ko`ra , diqqatning stimullari ( qo`zg`atuvchilari ) tashqi vositalar (boshqa insonlar tomonidan ko`rsatiladigan belgilar ) hisoblanadi : Vigotskiyning diqqatning rivojlanishi va shakllanishida ikki yo`nalishni farqlaydi : individual va ijtimoiy- tarixiy .
-diqqat tabiiy psixik funksiya sifatida bolani organic rivojlanishi , undagi asab tizimining shakllanishi , (birinchi yilllarida ) bilan belgilanadi . Bunda ixtiyorsiz diqqat namoyon bo`ladi .
-diqqat oliy psixik funksiya sifatida bolalarga madaniy tarraqiyotda shaklllanadi (diqqatni ixtiyoriy yo`naltirish va jamlash davomida ) . Bu bolaga atrofdagi kattalar bilan birinchi munosabatlaridayoq shakllana boshlaydi . Natijada bola o`z diqqatinini boshqarish va nazaorat qilishga o`rganadi .
Diqqat barcha psixik funksiyalar kabi ijtimoiyklik , ixtiyoriylik , bilvositalilik va tizimlilik sifatiga ega .
Vigotiskiy bola diqqatini taraqqiyot tarixini uning xulq-atvorini tashkil qilish taraqqiyoti bilan belgilaydi . Uning mazmun – mahiyatini genetik jihatdan talqin qilishga bolani qurshagan muhitga murojaat qilish lozim . Modomiki , ixtiyoriy diqqat turli qo`zg`ovchilar ta`sirida vujudga keladiki , natijada aynan ular bolaning diqqatiga yo`naltiradi hamda boshqaradi . UShbu qo`zg`ovchilarga (stimullarga ) bolaning qurshovidagi narsa – hodisalar , bola diqqatini jalb qiladigan yorqin predmentlar . Shu asosda bola o`zi diqqatini boshqarishni o`rganadi .
Olimning fikricha , bola kattalar yordamida bir qator su`niy stimullarni o`zlashtiradi va shu orqali kelgusi xulq -atvori va diqqatini boshqaradi .
Diqqat rivojlanishning ma`daniy ketma -ketligi bolaga kattalrarning ta`siri bilan belgilanadi , so`ngra bola o`zi atrof -muhit bilan munosabtga kirisha boshlaydi, kattalarga ta`sir ko`rsata boshlaydi va o`ziga ulg`aygan sari bolada diqqatining xususiyatlari yaxshilana boradi , lekin tashqi bilvosita diqqatrining ustuvorligi kuzatiladi .
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat maktabgacha yosh davrida o`zaro farqqa ega bo`ladi , 7 yoshda cho`qqiga chiqadi . Ammo bora -bora ular o`rtasidagi farq yo`qolib , tenglashish an`anasi kuzatiladi . Bunga shunday xulosa qilish mumkinki , tashqi qo`zg`ovlar ixtiyoriy diqqatga ta`siri natijasida ichki diqqatga o`tadi .
L.Vigotskiy bolaning ilk kunlaridagi diqqatning namoyon bo`lishi 2 bosqich stimullaridan iborat deydi . Birinchi bosqich stimullariga bolakayni o`ziga jalb qiladigan qurshovidagi narsa -hodisalar kiradi . 2-bosqich stimullar kattalarning nutqi bo`lib , u stimul-ko`rsatma sifatida bolaga ixtiyorsiz diqqatini yo`naltiradi . Bundan ko`rinib turubdiki , bolaning diqqati stimul-so`zlar vositasida yo`nalishni ifodalaydi .
Bola mazmunni ifodalaydigan nutqqa ega bo`lgan sari shaxsiy doiqqatini boshqara boshlaydi , dastavval o`zgalarning diqqatni o`z nutqi bilan boshqaradi .
Vigotskiy , til diqqatni yo`naltiruvchi vosita hamda tasavvurni shakllantirishmni ko`rsatuvchi asos hisoblanadi , deydi . Modomiki , so`z orqali bola shaxslararo muloqatga kirishadi va shaxs bo`lib rivojlanishi yuz beradi .Kattalarning nutqi orqali yo`naltiriladigan ixtiyoriy diqqat Bolani tartib - intizomga o`rgatadi va o`z xulqini boshqaradi .
L. Vigotskiy g`oyalarining tanqidi .
Bir qator psixologlari Vigotskiy ilgari surgan g`yalarga tanqidiy yondashgan . Jumladan , Edvard Sand , fan zamonaviy qirralar bilan boyitilgani sari Vigotskiy nazariyasi ham transfarmatsiyani boshdan kechirishni ta`kidlagan . (M .Safermos .Critical Reflection on the Reception of Vygotsky`s Theory in the International Academic Communities // Cultural -Historical Psychology -2016 – T12 , vip. 3-c. 27-46. )
Yaniskiy nuqtai nazaricha , Vigotskiy nazariyasida atamalarning qo`llanishi turli- tumanligi hamda непостоянство yani tadqiqotilarini talab qiladi . (A. Yasniskiy ,, Orudie I znak v razbitii rebeka `` . Samaya izvistnaya rabota L . S .Vigotskogo , kotoruyu on nikogda ne pisal . // Psixologiya Jurnal Vigotskiy shkali ekonomiki . 2017-12-30- T.14 vip. 4 – 576-606. )
Vigotsiy nazariysi fransuz psixologi T. Ribo ilgari surgan g`oyalarga qarama- qarshi turadi. Chunki Ribo diqqatni emotsiyalar bilan bog`liq , deydi . Ixtiyoriy diqqat va emotsiyalar o`zaro bog`liqdir : Diqqatning faolligi va barqarorligi bevosita emotsional holatlarning jadalligi va davomiyligiga bog`liq edi .
Shuningdek Riboning diqqatning motor nazariyasini asoslagan .
Unga ko`ra , diqqat jarayonida asosiy o`rinni harakat egallaydi , Vigotskiy nazariyasida esa asosiy o`rin nutqqa beriladi . (Эмктронная библотека , Научное наследие росси . e-heritage.ru )