Laboratoriya ishi №13



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə1/2
tarix01.01.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#107331
  1   2
LABORATORIYA ISHI 000

LABORATORIYA ISHI № 13



Laboratoriya jihozlari: Corel Draw dasturi.

Mavzu: CorelDraw dasturi bilan tanishish. To’g’ri va egri chiziqlar chizish.

Ishning maqsadi:CorelDraw dasturi bilan tanishish va shaxsiy kompyuterga o’rnatishni hamda tasvirlar yaratish ko’nikmalarini hosil qilish.

Nazariy qism:

  Vektorli grafika fayllarini qurishga bag’ishlangan dasturiy vosita sifatida juda keng tarqalgan CorelDRAW dasturini keltiramiz.

CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga o’xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning boshlang’ich muloqot oynasi hosil bo’ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko’rsatish) satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi.

Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko’rib o’tamiz. Agar ishchi oyna to’liq ekranni egallamagan bo’lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to’liq ekranda hosil bo’lib CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yanada qulaylashadi.

Yaratilayotgan tasvir aniq ko’rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda joylanishi uchun ekranning ruxsat etilgan kattaligini 1024x768 nuqtalarda, eng yaxshisi 1280x1024 ni qo’llanilishi tavsiya etiladi.

CorelDRAW 10 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy elementlari bilan tanishib chiqamiz (2-rasm).  Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan. CorelDRAW 10 dasturida o’z interfeysini o’zgartirish imkoni­yat­lari kengaytirilgan.





Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin