Lug’at nima?



Yüklə 22,32 Kb.
tarix23.11.2022
ölçüsü22,32 Kb.
#119777
LEKSIKOGRAFIYA


Test

  1. Lug’at nima?

  1. so‘z, frazema, parema, morfema va boshqalarning belgilangan maqsadga ko‘ra, ma’lum qonuniyat hamda ehtiyoj asosida tartibga solingan yig‘indisi

  2. so‘z, frazema, parema, morfema va boshqalarning belgilanmagan maqsadga ko‘ra, ma’lum qonuniyat hamda ehtiyoj asosida tartibga solingan yig‘indisi

  3. so‘z, frazema, parema, morfema va boshqalarning belgilangan maqsadga ko‘ra, ma’lum qonuniyat hamda ehtiyoj asosida tartibga solinmagan yig‘indisi

  4. so‘z, frazema, parema, morfema va boshqalarning belgilangan maqsadga ko‘ra, ma’lum bo’lmagan qonuniyat hamda ehtiyoj asosida tartibga solingan yig‘indisi

  1. ….- lug‘at va uning tuzilishi, yaratilish tamoyillari haqidagi bilim – ta’limot. Nuqtalar o’rnini to’ldiring

  1. Leksikologiya

  2. Morfologiya

  3. Leksikografiya

  4. Lug’atshunoslik

  1. Leksikografiya qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?

  1. yunoncha “lexis” – so‘z, “grapho” – yozaman, yozish, yozilgan

  2. Inglizcha “lexis” – so‘z, “grapho” – yozaman, yozish, yozilgan

  3. lotincha “lexis” – so‘z, “grapho” – yozaman, yozish, yozilgan

  4. Arabcha “lexis” – so‘z, “grapho” – yozaman, yozish, yozilgan

  1. Leksikografiya va lug’atchilikning farqi nimada?

  1. Ular bir xil, farqlanmaydi

  2. Leksikografiya lug`at tuzish nazariyasi va lug`atchilik lug`at tuzish amaliyotini ifodalaydi

  3. Leksikografiya lug`at tuzish amaliyotini va lug`atchilik lug`at tuzish nazariyasi ifodalaydi

  4. Leksikografiya lug`at yozishni va lug`atchilik lug`at tuzish nazariyasi ifodalaydi

  1. Leksikografiya sohasining ob’ekti nima?

  1. Lug‘atlar va ularning tarkibiga kiruvchi birliklar

  2. Lug‘atlar

  3. Lug’at kitoblari

  4. So’zlar

  1. Leksikografiyaning predmeti nimadan iborat?

A. lug‘at tuzish qonuniyatlari
B. lug‘at tuzish qonuniyatlari, lug‘at tiplari, lug‘atchilikning tarixiy taraqqiyotini belgilash
C. lug‘at tiplari
D. lug‘atchilikning tarixiy taraqqiyotini belgilash
7. Leksikografiya sohasining bosh vazifasi nima?
A. Tilning so‘z boyligini jamlash
B. So’zlarni tartibga solish
C. Tilning so‘z boyligini jamlash, ularni tartibga solib, foydalanish uchun qulay holatda taqdim etish, tavsiflash, imkoniyatlarini ochib berish
D. So’zlarni tavsiflash
8. Lug‘atlar izohlash materiali, xarakteri va tuzilishiga, mohiyat -mazmuniga
ko‘ra nechiga bo’linadi?

  1. 5 ga

  2. 4 ga

  3. 3 ga

  4. 2 ga

9. Lug‘atlar izohlash materiali, xarakteri va tuzilishiga, mohiyat -mazmuniga
ko‘ra qanday turlarga bo’linadi?

  1. ensiklopedik lug‘atlar (qomusiy lug‘atlar) va filologik (lingvistik) lug‘atlar.

  2. Tarixiy va tarjima lug’ati

  3. Tarixiy va tarjima lug’ati, izohli lug’at

  4. tarjima lug’ati, izohli lug’at

10. Qanday lug‘atlarda til birliklari emas, balki so‘z va birikmalar bilan
ifodalangan narsalar, tarixiy voqealar, tarixiy va alohida mavqega ega b o‘lgan
shakllar, ijtimoiy va tabiiy hodisalar, geografik nomlar (mamlakatlar, sh aharlar,
okeanlar, dengizdan va hokazolar) haqida ma’lumot beriladi?

  1. Tarixiy lug’at

  2. izohli lug’at

  3. tarjima lug’ati



  1. ensiklopedik lug‘atlar

11. Qanday lug‘atlarda faqat ot turkumiga mansub birlik – atoqli ot ifodalagan tushunchaga izoh beriladi?

  1. Tarixiy lug’at

  2. izohli lug’at

  3. tarjima lug’ati

  4. ensiklopedik lug‘atlar

12. Qanday lug’atlarda so‘zga hodisa ifodachisi sifatida ta’rif-tavsif beriladi?

  1. ensiklopedik lug‘atlar

  2. Tarixiy lug’at

  3. izohli lug’at

  4. tarjima lug’ati

13. Qaysi lug‘atning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan so‘zlar, frazemalar, paremalar – ya’ni til birliklarining ma’nolarini, turli lisoniy
xususiyatlarini ochib berish?

  1. ensiklopedik lug‘atlar

  2. linvistik lug’at

  3. izohli lug’at

  4. tarjima lug’ati

14. Lingvistik lug‘at leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usuli nuqtayi
nazaridan necha turga bo‘linadi?

  1. 15

  2. 16

  3. 18

  4. 20

15. Qanday lug‘atda so‘zning ma’nolari, qo‘llanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyati ko‘rsatib beriladi.
A. tarjima lug’at
B. izohli lug’at
C. Lingvistik lug‘at
D. tarixiy lug’at
16. qanday lug’atlarda muayyan tilning lahja va shevalariga xos bo‘lgan, fonetik yoki semantik jihatdan adabiy tildagi s o‘zlardan farq qiladigan so‘zlar ko‘rsatiladi?
A.tarjima lug’at
B. izohli lug’at
C. dialektal lug’at
D. tarixiy lug’at
17. Qanday lug‘atlar so‘zlarning kelib chiqishini, manba tildagi ma’nosini, tarkibiy tuzilishini, tovush yoki ma’no jihatdan o‘zgarishini ko‘rsatib beradi?
A. tarjima lug’at
B. izohli lug’at
C. dialektal lug’at
D. etimologik lug’at
18. Qanday lug‘at bir oilaga mansub tillardagi so‘z boyligini solishtirib, taqqoslab, ulardagi tafovut qonuniyatlarini o‘rganish maqsadida tuziladi?
A. Qiyosiy lug’at
B. izohli lug’at
C. dialektal lug’at
D. etimologik lug’at
19. Qanday lug‘at so‘zlarning mavjud imlo qoidalariga binoan to‘g‘ri yozilish shaklini qayd etadi?
A. Qiyosiy lug’at
B. izohli lug’at
C. imlo lug’at
D. etimologik lug’at
20. Qanday lug‘atlarning so‘zligi frazeologik birliklardan, barqaror iboralardan tashkil topadi?
A. Qiyosiy lug’at
B. frazeologik lug’at
C. imlo lug’at
D. etimologik lug’at

Javoblari:



  1. A

  2. C

  3. A

  4. B

  5. A

  6. B

  7. C

  8. D

  9. A

  10. D

  11. D

  12. A

  13. B

  14. C

  15. B

  16. C

  17. D

  18. A

  19. C

  20. B


Yüklə 22,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin