Davlat kadastrlari palatasining tumanlar (shaharlar) filiallari: – mulkdorlardan, yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan va ijarachilardan huquqiy holatda, yer uchastkalarining tarkibida va yer uchastkalaridan foydalanishda yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdilar va naturada tekshirilgandan keyin joriy o‘zgarishlarni uch kun mobaynida yer kadastri axborotiga kiritadilar;
– уеr-kadastr daftarini va navbatchi yer-kadastr xaritasini tashkil qiladilar va yuritadilar, tuman (shahar) yer resurslarining mavjudligi va sifat bo‘yicha holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini doimiy ravishda yangilab boradilar;
– har yili 15 yanvargacha Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga yerlaring miqdori va ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari: – Davlat kadastrlari palatasining tumanlar (shaharlar) filiallarining yer kadastrini yuritishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar;
– Davlat kadastrlari palatasining tumanlar (shaharlar) filiallarining hisobotlarini umumlashtiradilar, yer uchastkasiga egalik huquqi subyektlari, mintaqadagi yer resurslari miqdori, sifati va ularni baholashga doir ma’lumotlar bankini yaratadilar, respublika yer ma’lumotlari yagona bankini yaratishda qatnashadilar;
– tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib olingan mintaqa yerlarining miqdori va ulardan foydalanishi to‘g‘risidagi hisobotlarni har yili 1 fevralgacha Kadastr agentligiga taqdim etadilar.
Kadastr agentligi: – davlat yer kadastri yuritilishini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
– viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma’muriy chegaralarini, keyinchalik ularning maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga biriktirib qo‘yish ishlarini amalga oshiradi;
– topografiya-geodeziya ishlarini va yerlarni tegishli masshtablarda xaritaga olishni tashkil qiladi;
– yer resurslarini aerokosmik usullar bilan o‘rganishni tashkil etadi;
– hududiy bo‘linmalarning, yerlarning miqdori va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
– ishlab chiqilgan yer kadastri axborotlari sifatini nazorat qiladi;
– mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
– tuproq, geobotanik va boshqa turdagi maxsus tadqiqotlarni, yerlarni baholashni tashkil etadi;
– yer kadastri axborotining sifati va har xilligiga talabni muntazam o‘rganib boradi, yer kadastrini yuritish texnologiyasini takomillashtirishni ta’minlaydi;
– respublika mintaqalari bo‘yicha yer kadastri hujjatlarini yangilash navbatini va muddatlarini asoslab beradi;
– avtomatlashtirilgan yer axboroti tizimini joriy etishni va uning faoliyatini amalga oshiradi;
– yer kadastri axborotlarini nashr etadi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga ma’lumotlar taqdim etadi;
– Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan yer kadastri axborotlari tarkibini, hajmini va ularga texnik talablarni belgilaydi;
– har yili 1-martgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yer resurslarining holati to‘g‘risida Milliy hisobotni taqdim etadi.