M. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


BOB. UY XO`JALIGI VA UNING XILLARI



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə79/83
tarix24.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#133596
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas

BOB. UY XO`JALIGI VA UNING XILLARI


    1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida

    2. Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli

    3. Uy xo`jaligining xillari

    1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida

Uy xo`jaligi to`g`risida so`z yuritganda, ikki tushuncha-oila va uy xo`jaligi tushunchalarni chegaralash lozim. Oila deganda, bir uyda yashashi oila- qarindoshchilik aloqalarining umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. Uy xo`jaligi esa umumiy vazifalar, yashash joyi, byudjet va odatda oila- qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhini o`zida namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, oila faoliyati ko`plab o`lchamlarni o`z ichiga oladi: biologik, demografik, ruhiy, ijtimoiy va b. Uy xo`jaligi faoliyati esa oilani faoliyat sohasining birgina-iqtisodiy turiga yo`naltiradi. Uy xo`jaligining asosiy funksiyasini inson kapitalini shakllantirish, undan foydalanish va saqlash deb belgilash lozim. Bu o`z navbatida, insonning bilimlari, amaliy ko`nikmalari va mehnatga tirishqoqligining yig`indisi sifatida tushuniladi. 14.1-rasmda inson kapitalini shakllantirish bo`yicha uy xo`jaligi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari izohlangan. Uy xo`jaligini yuritish uning a’zolarining oila biznesida ishtiroki hamda oila kapitalini uni shakllantirish va rivojlantirishga yo`naltirish asosiy masala hisoblanadi. R.Kouzning “Firmaning tabiati” maqolasida firma tashkiliy tuzilma sifatida “qora quti” deb izohlangan. Bunday tavsif aslida uy xo`jaligiga nisbatan ko`proq mos keladi.

Инсон капиталини асаш
Инсон капиталини шакллантириш
Инсон капиталидан


Оила бюджетини шакллантириш ва ундан
Бола тарбияс
Ижтимоий функцияларни бажариш
Оила бизнесини ташкил қилиш
Уй хўжалиги аъзоларининг бозор хўжалигида якка


Уй хўжалигини юритиш


Рекрацион функцияларни бажариш

Уй хўжаликлари бозор хўжалигида иштирок этишининг корпоратив шакллари



Харажатларни қоплаш ва оила капиталини жамғариш
Uy xo`jaligi uchun faqat “qora qutiga” “kirish”dagi (ish haqi, soliqlar chiqarib tashlangan davlat tomondan ijtimoiy transportlar) va undan “chiqish”dagi (inson kapitali,mehnat, jamg`arma, iste’mol) omillar ma’lum. J.Gelbreyt ta’kidlaganidek [36], uy xo`jaligi odatda iste’mol qiluvchi va ishlovchi shaxs bilan

tenglashtiriladi hamda tashkilotni tavsiflovchi hokimiyat munosabatlari bilan bog`liq bo`lmagan holda ko`rib chiqiladi. Aksincha, institutsional nazariya uy xo`jaligini firmadan va davlatdan farq qiluvchi tashkilotning alohida shakli sifatida tahlil qilishga e’tibor qaratadi. Hokimiyat munosabatlarining uy xo`jaligi doirasida yuzaga keladigan o`ziga xoslik shundan iboratki, ular oddiy va shaxslashtirilgan xususiyatga ega:


Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin