Mavzu:Oqimli va so’rib oluvchi Ventelatsiya tizimlarining uskunalari..
Havo Filtrlari.
Havo filtrlari 3 sinfga bo’linishi mumkin. Birinchi sinf filtrlari barcha o‘lchamdagi chang zarrachalarni (atmosfera havosini tozalash samaradorligi kamida 99%), II sinf filtrlari - o'lchamlari 1 mkm dan katta zarrachalarini (effektivligi 85%), III sinf filtrlari esa zarracha o‘lchamlari 10 mkm dan 50 mkm gacha bo‘lgan zarrachalarni tutadi (samaradorligi 60%).
sinf filtrlari (tolalarli) barcha o‘lchamdagi zarrachalarni tutib o‘tishi va diffuziya natijasida, shuningdek, yirik zarrachalarni filtrlar to'ldirilgan tolalarga ilinib qolinishi natijasida tutib qoladi. II) sinf filtrlarida (yo'g'onroq tolalar bilan to’ldirilgan) o'lchamlari 1 mkm dan kichik boMgan zarrachalar to'laligicha tutib qolmaydi. Bundan yirikroq zarrachalar mexanik tutilish va inersiya natijasida samarador tutib qolinadi. III) sinf filtrlarida asosan inersiya effekt ta’sir ko‘rsatadi. G‘ovaklar va kanallarni kichaytirish uchun filtrlar to‘ldiriladi hamda namlanadi.
“
”
Havoning so‘rib chiqarish qurilmalari
Mahalliy so‘rg‘ichlarlar ifloslangan havoni zararli moddalar ajrab chiqqan joydan so’rib chiqarishga imkoniyat tug‘diradi. Bu esa zararli moddalarning so‘rib chiqariyotgan havoda konsentratsiyasini umum almashuv ventilatsiyaga nisbatan yuqoriroq olishga sharoitlar yaratadi va toza havo sarfini kamaytirshga imkoniyat yaratadi. Demak havoga ishlov berish jarayonida sarflanadigan xarajatlar kamayishiga olib keladi.
So'rma shkaflar. Tabiiy ventilatsiya so'rma shkaflarining oldi qismi ochiq bo‘lib, qolgan tamonlari yopiq bo’ladi. Ochiq joydan bajariladigan jarayon kuzatiladi. Shkaf ichida paydo bo'ladigan zararli moddalar havo bilan tashqi muhitga surilib chiqariladi.
Bortli va halqasimon so‘rg‘ichlar
Oddiy so’rgichlarlar. Bu so’rgichlarlar bir bortli (bir tomonlama) yoki ikki bortli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ular oddiy va ag‘darilgan bo'ladi. Oddiy so‘rg‘ichlarlar qabul qilinadi agarda tirqishda eritmaning yuzasigacha bo‘lgan masofa 80-150 mm dan kam bo‘lganda.
So‘rma zontlar. So‘rma zontlar deb zararli moddalarning chiqish manbalarning ustida joylashtiriladigan konus yoki piramida shakliga ega bo‘lgan mahalliy so'rg'ichlarlarga aytiladi. Ular oddiy va aktiv, shaxsiy individual va guruhli bo’lishi mumkin. Zontlar tabiiy va mexanik so'rish bosimli bo‘ladi. Tabiiy surma zontlar issiqlik oqimlari mavjud bo‘lgan hollarda ishlatiladi.
Havo so‘ruvchi shaxtalar va deflektorlar
Fonarsiz binolarda havoni chiqarib yuborish uchun xonaning yonlamasiga havo chiqaruvchi shaxtalar yoki deflektorlar o‘rnatiladi. Shaxtalarning konstruksiyasi binoning vazifasida, texnologikjarayoniga, tashqi va ichki havoning klimatik faktorlariga ko‘ra tanlanadi. Shaxtalar qoplamasiz va qoplamali, kvadrat yoki aylanma shaklida zontli yoki deflektorli bo'lishi mumkin.Shaxta orqali umum almashinuv yoki mahalliy ventilatsion havo chiqarib yuborilishi mumkin.
Deflektorlarda ham shamolning energiyasi hisobga olinadi. Deflektorlarning turlari har xil. Asosiy farqi korpusning konstruksiyasi. Deflektorning samaradorligi uning shakliga va o‘r- natilgan balandligiga bog‘1iq. Deflektorning korpusi qanchalik shamol oqimiga qarshilik ko'rsatadi shunchalik deflektor noldan past bosim hosil qiladi.
Savollar va javoblar:
Savol:Bortli so‘rg‘ichlarlarning turlari aytib bering.
Javob:Oddiy so’rg’ich va so’rma zontlar.
Savol: Deflektorlar qayerda o’rnatiladi?
Javob:Deflektorlar ventelatsiya tizimi ishlamagan va zararli moddalar ko’p ajralib chiqadigan binolarga.
Savol:Deflektorning turlarining farqlari nimada?
Javob:Asosiy farqi korpusining konstruksiyasi.
Savol: Havo filtrlari necha sinfga bo’linadi?
Javob:Ular uch sinfga bo’linadi va samaradorligi bilan farq qiladi.
Savol:So‘rma shkaflaming turlari?
Javob:Tabiiy va mexanik harakatlanuvchi so’rma shkashlar.
Savol:Deflektorlar qayerga o’rnatiladi?
Javob:Havo kanalining eng yuqori qismiga.
Savol:Osma zontlar gaz plitasidan qancha balandlikda ornatiladi?
Javob: Osma zontlar gaz plitasidan 750mm kam bo’lmagan holda o’rnatiladi.
E
E
Zontlar Deflektor Xavo filtiri
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
F
Ventelatsiya va havoni kondityalash tizimlari. Toshkent 2019 yil