Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari


rasm. Byudjet barqarorligi ko‘rsatkichlari sxemasi11



Yüklə 43,98 Kb.
səhifə2/2
tarix17.12.2022
ölçüsü43,98 Kb.
#121288
1   2
dokument microsoft word 3

rasm. Byudjet barqarorligi ko‘rsatkichlari sxemasi11


Polyak tomonidan quyidagi ko‘rsatkichlar orqali byudjet barqarorligining 4 darajasini baholashning miqdoriy kriteriyasi taqdim etilgan:

  • O‘z daromadlari hajmi (DS) - soliqli va soliqsiz daromadlar bazasini;

  • tartibga soluvchi daromadlar hajmi (DR) – soliqli daromadlarga taalluqli bo‘lib, vaqtinchalik va tabaqalashtirilgan normativlar bo‘yicha taqsimlab beriladi ;

  • qo‘shimcha manbalar (Id), ya’ni byudjetlardagi keskin holatlarni susaytirishga qaratilgan;





Mahalliy byudjetlarda moliyaviy barqarorlik darajasi ko‘rsatkichlari 3-rasmda ko‘rsatilgan.
Quyidagi sxema orqali biz mahalliy byudjetlarimizning turli davrlardagi barqarorligini ko‘rishimiz mumkin. Afsuski, bizda ayrim hududlarimiz nobarqaror holatda ekanligini ta’kidlash joiz. Shu hududlarimizni moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish uchun mahalliy byudjetlar huquqiy asoslarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilangan12:
-birinchi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ularga
biriktirib qo‘yish orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash;
-ikkinchi, viloyatlar, shahar va tuman byudjetlarini subventsiyadan chiqarish, ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma- bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas’uliyatini oshirish;



12 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘ im ha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283 -sonli Farmoni
-uchinchi, mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish uchun tizimli asosda qo‘shimcha rezervlarni aniqlab borish;
-to‘rtinchi, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy byudjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
-beshinchi, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash hamda xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini o‘z vaqtida, maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmani yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlab turishni ta’minlash ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish.
Yüklə 43,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin