Maktabgacha pedagogika



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə36/96
tarix24.11.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#133651
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
Maktabgacha pedagogika

Nazorat savollari:
1.Maktabgacha ta`lim xodimlari shaxsiga qo`yiladigan talablar xususida nimalar deya olasiz?
2. Tarbiaychilik kasbining mohiyatini gapirib bering.
3. Tarbiyachining kasbiy sifatlarini sanab bering va ta’riflang
4. Tarbiaychining axloqiy sifatlari qanday?
5. Maktabgacha ta`lim xodimlarini tayyorlash tizimi haqida nimalarni bilasiz?


6-Mavzu: Inklyziv ta’lim
Reja:
1.Inklyuziv ta’lim va uning mazmuni
2. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktabgacha yoshdagi davrda ta’limga yo‘naltirish
Tayanch so‘zlar: Integral, inklyuziv, anomal bolalar, inklyuziv ta’lim, ruhiy va jismoniy rivojlanish, maxsus ta’lim, individuallashgan.
1.Inklyuziv ta’lim va uning mazmuni
Ma’lumki, 1992-94 yillarda YUNESKO tomonidan “Maxsus ta’lim zaruriyati” nomli hujjat tayyorlandi. Unda asosan maxsus ta’limga muhtoj bo‘lgan ruhiy va jismoniy rivojlpnishida nuqsoni bo‘lgan anomal bolalar uchun ta’limni tashkil etish va takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu ta’lim turida asosiy o‘rinni maxsus ta’limni alohida yordamga muhtoj kishilarga tashkil etish masalalari, ularni qo‘lidan keladigan ish turlariga o‘rgatish, o‘qitish, tarbiyalash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam berish, ijtimoiy hayotga yo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi.
Bu ta’lim tizimida ma’lum sharoit yatatish ko‘zda tutilgan bo‘lib, agarda bola eshitmasa, uni eshitish apparati bilan ta’minlash, yura olmasa maxsus nogironlar aravachasi bilan ta’minlash va hokazo, shuningdek, imtiyozlar yaratish, ta’lim uchun hamkorlik, individuallashgan ta’lim tizimi – “inklyuziv” ta’lim tizimini joriy etish. “Inklyuziv” – jalb etish degan ma’noni anglatadi. Inklyuziv ta’lim – jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonli bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan o‘zaro bog‘lanib, birgalikda ta’lim olishidir – sog‘lom va anomal bolalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi birgalikdagi faoliyatidir.
M axsus ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni amalga oshirish uchun har bir bolaga individual yondashish, nuqsonidan kelib chiqan holda unga ma’lum bir sharoit yaratish, kerak bo‘lsa dastur va rejani qisman o‘zgartirish zarur. Toki anomal bola uning mazmunini tushunsin, osonroq o‘zlashtira olsin.
Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonli bolalarni oddiy bog‘cha va maktabga joylashtirish integratsiya yo‘lidagi birinchi qadamdir.
Integral – mujassam, ajratib bo‘lmaydigan qism degan ma’noni anglatadi. Har bir bola sog‘lom yoki anomal bo‘lishidan qat’iy nazar ta’limga jalb etilishi zarur. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng huquqqa egadir. Bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarida qayd etilgan. Inklyuziv ta’lim asosida integratsiyalashgan ta’lim masalalari paydo bo‘ldi. 2001 yilda YUNESKO “Hamma uchun ta’lim” dasturini qabul qildi. YUNESKO ning bu dasturini O‘zbekiston ham ma’qulladi va bu dastur amaliyotga joriy etildi. Hozirgi kunda inklyuziv ta’lim mazmuniga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida sog‘lom bolalar bilan birga maxsus ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchi va o‘quvchilari hamkorlikda ta’lim-tarbiya olmoqdalar. maxsus ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchi va o‘quvchilariga umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olish huquqi, ya’ni erkin tinglash, ishtrok etish huquqi berilgan.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin