4.OTА-ONАNING MАJBURIYATLАRI: a) tashkilot ustavi hamda mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
b) pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilarni aralashtirmay turib, zudlik bilan tashkilot rahbariyati bilan muammoni hal qilish;
v) tarbiyalanuvchini tashkilot ga joylashtirganda, tegishli hujjatlar va ota-onalar haqidagi ma’lumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnoma)taqdim etish;
g) tarbiyalanuvchi kasallangan taqdirda, zudlik bilan muassasa ma’muriyati yoki tibbiy xodimlariga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog’ayganidan sung tibbiy ma’lumotnomani takdim etish;
d) tarbiyalanuvchining muassasadagi ta’minoti uchun ota-onalar tulovini uz vaqtida tijorat banklari orqali nakd pul yoki naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari orqali va pul utkazish yuli bilan) shaklda tulash hamda tulovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini tashkilot ga taqdim etish;
ye) oyning 15-sanasidan keyin tashkilot ga kelgan tarbiyalanuvchining ta’minoti uchun tulovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida tulash;
j) tarbiyalanuvchi tashkilot ga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun tashkilot rahbariyatiga ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi hujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborish) taqdim etish;
z) tashkilot ishchi xodimlari va boshqa ota-onalarni hurmat qilish;
i) tarbiyalanuvchining tulaqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena kunikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish hamda tarbiyalanuvchini tashkilot ga ozoda kiyingan holda olib kelish;
k) tarbiyalanuvchining tug’ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni tashkilotga olib kirmaslik;
l) tashkilot ga bolani xar qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik;
m) yashash joyi yoki telefon raqamlari uzgargan taqdirda, tashkilot rahbariyati va guruh tarbiyachisiga bu hakda xabar berish;
n) bolani oilada tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash;
o) bolani muassasadan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;
p) ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda tashkilot ga olib bormasdan shifokor kurigidan utkazish.
r) ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotga qatnashi butunlay tuxtatilgan taqdirda, tulov tuliq bulmagan oy uchun, ya’ni bola amalda maktabgacha ta’lim tashkilotga qatnagan kunlar uchun tulanadi.