Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi ta’limni qòllash mexanizmi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 88,81 Kb.
səhifə2/8
tarix26.11.2023
ölçüsü88,81 Kb.
#136386
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi ta’limni qòllash mexanizmi-fayllar.org (1)

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi:
zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan faoliyat yuritmayotgan va tarbiyalanuvchilar soni kam bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini beg‘araz ajratish;
investorlarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, ayniqsa, shunday tashkilotlarga yuqori ehtiyoj mavjud bo‘lgan va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalarni, shuningdek, imtiyozli kreditlarni taqdim etish imkoniyati;
investorlar tomonidan vakolatli davlat organlari bilan 50 yil muddatga tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish;
investorlar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qat’iy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmati narxining ijtimoiy hammabopligini ta’minlash;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish mexanizmlari.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yilda o‘tkazilgan eksperiment yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning boshqa hududlarida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
3. Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2017-yilda o‘tkazilgan eksperiment yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning boshqa hududlarida mazkur amaliyotni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishiga shaxsan javobgardir.
5. Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlarni, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish va tahlil etish;maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag‘batlantirishga, pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek, maktabgacha ta’limning xususiy sektorini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish;
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda davlat-sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda – MTT) xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi orqali elektron yo‘qlama qilish jarayoni bo‘yicha ko‘plab tushunmovchiliklar va e’tirozlar vujudga kelmoqda.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish va muammolarning ildizini aniqlashtirish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.


1. Nodavlat maktabgacha ta’lim sektorini rivojlantirish va kengaytirish hamda davlat-sheriklik asosidagi MTTni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan davlat-sheriklik asosidagi MTTga qator subsidiyalar ajratilib kelinmoqda. 2021 yilda subsidiya uchun 1,2 trln.so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2022 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,5 trln.so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.
Biroq, ushbu subsidiyani olish uchun ayrim tadbirkorlar tomonidan tarbiyalanuvchilar soni va ularning MTTga davomat etgan kunlarini sun’iy ravishda oshirib, hisobotlarni sohtalashtirish holatlari ko‘plab aniqlanmoqda. Bu esa davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishda to‘siqlik qilmoqda.
Misol uchun, 2022 yilning 1-yarmida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining bir qator tumanlarida davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlar tomonidan subsidiyalarni noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlangan.
2. Ushbu holatni bartaraf etish hamda subsidiya jarayonlarini raqamlashtirish orqali uni shaffofligini ta’minlash, ushbu jarayonlarda inson omilini yo‘qotish orqali tadbirkorlar uchun byurokratik to‘sqinlar va korrupsion faktorlarini bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlariga asosan davlat-sheriklik asosidagi MTTlarda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini orqali elektron yo‘qlama qilish va subsidiya hajmini har bir tadbirkor uchun alohida hisoblab, to‘lashga mo‘ljallangan “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Ushbu tizim va mobil ilova 2022-yilning 1 iyunidan boshlab respublikamizning barcha hududlardagi DXSH asosidagi MTTlariga sinov tariqasida foydalanish uchun joriy etildi va doimiy ravishda takomillashtirilib kelindi (shuning uchun hozirgi kungacha mobil ilovaning bir nechta takomillashtirilgan talqinlari (versiyalari) ishlab chiqildi).
Afsuski, ushbu jarayonida ayrim “ishbilarmon” tadbirkorlar MTTlarga haqiqatga kelmagan bolalarni ularning fotosuratlari orqali yo‘qlama qilish va MTT hududidan tashqariga chiqqan (yoki boshqa MTTga borgan) holda bolalar davomatini yo‘qlama qilish orqali tizimni “aldash” holatlari ko‘plab aniqlandi.
3. Byudjet mablag‘larining noqonuniy o‘zlashtirilishini oldini olish maqsadida axborot tizimining mobil ilovasi yanada takimollashtirildi: davomatni elektron yo‘qlama qilish uchun har bir MTTning aniq joylashinuvi (geolokasiyasi)ni ko‘rsatish va odamning haqiqiyligini (fotosurat emasligini) aniqlovchi funksiyalar qo‘shildi.
Biroq, ushbu mobil ilovadan foydalanishda ham ko‘plab tadbirkorlarda muammolar kuzatilmoqda. Buning sabablari quyidagicha:
a) ko‘plab tadbirkorlarlar axborot tizimda MTTning aniq joylashuvini (geolokasiyasinin) umuman ko‘rsatmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun: axborot tizimi 3 oy ilgari joriy etilgan bo‘lsada,
2022-yilning 7-sentyabriga qadar 3,3 mingta davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlarning lokasiyasi hanuzgacha belgilanmagan. Shundan 1,0 mingtasi (30 %) Qashqadaryo viloyatida belgilanmagan.
b) MTTning aniq joylashuvini (geolokasiyasini) belgilash, MTT va uning xodimlari to‘g‘risida ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun tadbirkorlar o‘zning Elektron raqamli imzosidan foydalanishi zarur.
Biroq, ayrim tadbirkorlar o‘z Elektron raqamli imzosidan mustaqqil foydalanish ko‘nikmalarga yega emasligi sababli, geolokasiya va boshqa ma’lumotlarni axborot tizimiga kirita olmayotganligi aniqlanmoqda.
v) MTTga kelmagan tarbiyalanuvchi va xodimning davomatini fotosuratidan yo‘qlama qilish imkoniyatini bartaraf etish uchun axborot tizim va uning mobil ilovasi funksiyalari yanada kuchaytirildi.
Bu holatda, texnik imkoniyatlari past bo‘lgan ayrim mobil telefonlar mobil ilovani ishlata olmasligi mumkin. Chunki, faqatgina axborot tizimi imkoniyatlarini kengaytirish orqali odamning realligini aniqlab bo‘lmaydi, buning uchun telefonning texnik imkoniyatlari ham yetarli bo‘lishi zarur. Buni to‘g‘ri tushunishingizlarni so‘raymiz.
4. Biz tadbirkorlarning xarajati oshishiga tarafdor emasmiz. Biroq, axborot tizimi imkoniyatlarini passaytirsak, yana fotosuratdan yo‘qlama qilish davom etiladi va subsidiyaning noqonuniy o‘zlashtirilishiga olib keladi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘yilishiga hech kimning haqqi yo‘q.
Shunga qadar barcha tadbirkorlardan MTT lokasiyasini to‘g‘ri belgilab olishingizni hamda MTT va xodimlarga tegishli barcha ma’lumotlarni to‘liq va sifatli axborot tizimiga kiritishini so‘raymiz. Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning quyi boshqarma va bo‘limlari xodimlari sizlarga bu yo‘nalishda har qanday ko‘mak berishga doim tayyor.

Yüklə 88,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin