2. Lifelong learning – hayot davomida o‘qish. Hayot davomida o‘qish shaxsiy rivojlanishga qaratilgan mustaqil ta’limning shakli hisoblanadi. Garchi hayot davomida o‘qish standartlashtirilmagan bo‘lsa-da, odatda, maktab, universitet yoki korporativ mashg‘ulot kabi rasmiy o‘quv muassasalaridan tashqarida ro‘y beradigan o‘qishni ta`riflash uchun ishlatiladi.
Biroq, hayot davomida o‘qish norasmiy ta’lim bilan cheklanishi shart emas. Bunga insonni o‘zining shaxsiy sifatlarini rivojlantirish uchun ixtiyoriy tarzda bilimlarini oshirishini aytsak ham to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu maqsadga erishish vositasi norasmiy ta’lim ham, rasmiy ta’lim ham bo‘lishi mumkin.
Hayot davomida o‘qish - bu nafaqat shaxsiy va kasbiy bilimlarga butun umr davomida, ixtiyoriy va mustaqil tarzda intilishdir. Bu nafaqat ijtimoiy faol fuqarolik va individual rivojlanishni bildiradi, balki raqobatbardoshlik va bandlikni oshiradi. Hayot davomida o‘qishning ahamiyati ba’zi muhim sabablarga ko‘ra ortib bormoqda. Bularga umr ko‘rish davomiyligining oshganligi, "keksalikka qaramlik" nisbatini oshganligi, hayot sifatini oshirish istagi, odamlar tomonidan o‘zlarini yaxshi jismoniy va ruhiy holatda saqlashga harakat qilishni misol qilish mumkin. Ushbu sabablarga ko‘ra Hayot davomida o‘qishning ahamiyati ortib bormoqda.
Xitoy faylasufi va siyosatchisi Guanzi ta’limning muhimligiga alohida urg‘u berib shunday degan edi: Agar keyingi yilni orzu qilsang, guruch ek, agar keyingi o‘n yillikni mo‘ljallasang, daraxt ek, agar kelajakni orzu qilsang, insonlarga ta`lim ber.
Insoniyat hayotning boshidanoq yer yuzida omon qolish uchun katta kuch sarfladi. U o’z bilimini qadimgi davrlardanoq norasmiy ta’lim (oila ichida, usta-shogird munosabatlari va h.k.) orqali keyingi avlodlarga o’tkazgan bo’lsa, sanoat inqilobidan so’ng uni maktablarda rasmiy ta’lim orqali, keyinchalik esa norasmiy yo’llar bilan, ya’ni bitiruvdan so‘ng dasturlar va kurslar orqali o’tkazdi.
Jamiyat tuzilishi 21-asrda ikki asr davom etgan texnologik inqilob tufayli o’zgardi. Ayniqsa, so‘nggi 50 yil ichida sodir bo‘lgan inqiloblar insoniyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shdi.
Atomizatsiya davri Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha yadro qurolidan foydalanish bilan boshlandi va undan keyin “kosmik asr” insoniyatning Oyga qadam qo‘yishi bilan boshlandi. Harbiy loyiha sifatida boshlangan axborot texnologiyalari va internetni rivojlantirish orqali Axborot asriga erishildi. Bugungi kunda eng qimmatli manba "axborot" hisoblanadi.
Texnologik takomillashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy tuzilmadagi o‘zgarishlar klassik ta’lim usullari endi yetarli darajada yaxshi emasligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, jamiyat “qanday o‘rganishni o‘rganish” va “Hayot davomida o‘qish” umrbod ta’lim tizimlari tufayli globallashuvga, chegarasiz dunyoga osongina moslashib, o‘zlari munosib darajaga erisha oladilar.
Yuqorida aytib o‘tilgan jamiyatlar nafaqat klassik ta’lim usullarini saqlab qolishdi, balki ta`lim muassalarini tugallashni asosiy kurashning boshlanishi deb qabul qilishgan. Hozirda rivojlangan mamlakat fuqarolari o‘zlarini takomillashtirish uchun o‘qishadi va har to‘rt yilda o‘zlarini axborot asriga moslashitirish uchun shaxsiy sifatlarini kamida ikki baravar oshirishga harakat qilishadi.
Kasbning tuzilishi “industrial jamiyat”dan “axborot jamiyati”ga o‘tish jarayonida o‘zgarib bordi. Xodimlar yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun yangi narsalarni o‘rganishlari va o‘zlarini rivojlantirishlari kerak.
Axborot jamiyatida tez o‘zgarib borayotgan global raqobat, farqlar va moslashuvchanlik muhimroq ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayrim tadqiqotchilarning aytishicha, sanoat jamiyati sanoat qishloq xo‘jaligini yaratgan. Sanoat jamiyatining funksiyalari "axborot jamiyati" tufayli "axborot kasblarga" aylantirildi. Axborot texnologiyalari tufayli xodimlarning malakasi oshirildi. Yuqori malakali xodimlar jamiyat hayotini ta’minlashning asosiy jihatiga aylandi.
Ba’zi kontekstlarda "Hayot davomida o‘qish" atamasi Lesli Uotkins tomonidan yaratilgan va professor Klint Teylor (CSULA va Temple City birlashgan maktab okrugi boshlig‘i) tomonidan 1993-yilda qo‘llanilgan "umr davomida o‘rganuvchilar" atamasidan paydo bo‘lgan. Ta’lim faqat bolalik yoki sinfda emas, balki butun hayot davomida va turli vaziyatlarda sodir bo‘lishini tan oladi. Boshqa kontekstlarda "Hayot davomida o‘qish" atamasi organik ravishda rivojlandi. Birinchi marta Hayot davomida o‘qish 1962 yilda "pensiyada o‘rganish" bo‘yicha tajriba sifatida The New School for Social Research (hozirgi New School University) da boshlangan. Keyinchalik, Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab shunga o‘xshash guruhlar tashkil etilgandan so‘ng, ko‘pchilik bir xil yoshdagi nafaqaga chiqmagan shaxslarni qamrab olish uchun "Hayot davomida o‘qish" nomini tanladi.
Hayotimizning dastlabki yigirma ikki yilida bizning asosiy "ishimiz" o‘rganishdir. Bizning vaqtimizning asosiy qismi yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun sinflarda o‘tkaziladi. Va keyin, biz o‘qishni bitirganimizdan so‘ng, o‘zimizni hayotimizning ta’lim bosqichi tugadi, endi dunyoga chiqish vaqti keldi va o‘qishimiz shart emas deb o‘ylaymiz. Biror marta bu fikr noto‘g‘ri ekanligi haqida o‘ylab ko‘rdikmi? Ta`limga hayotimizning chorak qismini sarflab, keyin esa qolgan to‘rtdan uch qismida erishgan yutuqlarimiz bilan muammosiz yashashimiz mumkinmi?
Bu noto‘g‘ri fikr - lekin ko‘pchilik hech bo‘lmaganda ongsiz ravishda shu fikrni qo‘llab quvvatlagan. Ammo maktab - bilimning birdan bir manbasi bo‘lib qolmasligi kerak. Xodimning rasmiy ta’lim olishi tugashi bilan uning yangi sohalarni o‘rganishi to‘xtab qolishi kerak emas. Shunga ko‘ra hayot davomida o‘qish – bu shaxsiy yoki professional sabablarga ko‘ra "doimiy, ixtiyoriy va o‘z-o‘zini rag‘batlantirgan holda" yangi bilimlarni o‘rganishga intilish deganidir. Shuning uchun u nafaqat ijtimoiy moslashuvchanlik, faol fuqarolik va shaxsiy rivojlanishni kuchaytiradi, balki ijtimoiy barqarorlik bilan birga raqobatbardoshlik va bandlikni ta`minlaydi. Bu atama o‘rganish bolalik yoki maktab bilan chegaralanmaganligini, inson hayoti davomida va turli vaziyatlarda davom etishini ko‘rsatadi. So‘nggi ellik yil ichida doimiy ilmiy va texnologik innovatsiyalar va o‘zgarishlar mavjud ta’lim ehtiyojlari va uslublariga chuqur ta’sir qildi. O‘rganishni endi bilim olish vaqti (maktab) va olingan bilimlarni qo‘llash joyi va vaqti (ish joyi)ga ajratish mumkin emas. Buning o‘rniga, o‘rganishni boshqalar va atrofimizdagi dunyo bilan kundalik munosabatlarimiz asosida doimiy ravishda sodir bo‘ladigan holat sifatida ko‘rish mumkin. Hayot davomida o‘qish – bu shaxsiy hayotimizdagi doimiy o‘zgarish, ish hayotimizdagi o‘zgarish, boshqaruv, uyushmalar va tashkilotlardagi o‘zgarishlarga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri. Masalan, hozirgi kunda iPhone brendining rivojlanishiga mijozlar talablarini doimiy o‘rganish va o‘z bilimlarini muttasil rivojlantirish orqali erishilgan.
Hozirgi paytdagi doimiy o‘zgarishlar doimiy o‘rganishni talab qiladi. Afsuski, hozirgi jamiyatimizda ko‘plab katta yoshlilar o‘zlarini o‘zgartirishga, o‘rganishga yoki o‘z hayotlarini boshqarishga qodir emas yoki xohlamaydilar.
Avtodidaktizm yoki o‘z-o‘zini tarbiyalash - bu o‘z-o‘zini o‘zi boshqarish norasmiy ta’lim bilan bog‘liq tushuncha, lekin undan farq qiladi. Qaysidir ma’noda, avtodidaktizm "o‘zingga-o‘zing o‘rgatishdir" va autodidakt - bu o‘z-o‘zini tarbiyalovchidir.