Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: Shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish deganda nimani tushunasiz?
O‘z-o‘zini baholashning qanday turlari bor?
Hayot davomida o‘qish qanday jarayon?
O‘z-o‘zini rivojlantirishning qanday usullari mavjud?
Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Pedagogika nazarivasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (М.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) - Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. - 380 b.
2. Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- Т.: 2001.
3. Hasanboyev J., va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Т.: Fan va texnologiya, 2009. - 672 b.
4. Barkamol avlod orzusi //Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, H.Saidov,
RAhliddinov. - Toidirilgan 2-nashri. - Т.: “0 ‘zbekiston Milliy Ensiklopedivasi”, 2000. - 248 b.
Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - Т.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005,- 149 b.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2011. – 420 b.
7. Ziyomuhammedov B. Pedagogika . T.: “ Turon-Iqbol”, 2006.-111 bet.
Qayta anglash. Qayta baholash 1. Hayotiy missiyani aniqlash. Har bir inson muayyan vazifa uchun dunyoga keladi. Kimdir ta’lim berish uchun, kimdir insonlarni davolash uchun, kimdir yong‘inlarni o‘chirish uchun. Psixologiyada bu bo‘linishni vazifa – missiyani bajarish deb atashadi. Aslida dunyoda hamma muayyan kasb egasi bo‘lishi shart emas, oramizda o‘qimagan, hunar o‘rganmagan insonlar ham bor-ku. Demak, har bir inson bu hayotda muayyan vazifani bajarish uchun mavjuddir. Eng muhimi har bir inson ana shu missiyasining nima ekanligini bilib olishi lozim.
Har bir inson borliq mozaikasining bir bo‘lagi, usiz dunyo to‘kis emas. Bu tamoyil o‘zida shuni ifodalaydiki, har bir inson dunyoning rivojiga o‘zining u yoki bu darajada hissasini qo‘shish uchun kelgan. Jamiyatda yaxshi va yomon, foydali va foydasiz degan tushunchalar mavjud. Biz nazarda tutadigan yomon odamlar ham aslida dunyo uchun o‘z missiyasini bajarish uchun kelgan. Buni anglash, tushunish uchun oziq zanjirini ko‘z oldimizga keltirishimiz kifoya qiladi.
Hayotimizdagi voqea-hodisalarning barchasi biz olishimiz kerak bo‘lgan saboqlar ekanligi haqiqat. Chunki inson qanday hayot kechirishidan qat’i nazar, umrining bir muddatlariga yetgandan so‘ng o‘zi uchun muayyan xulosalarga keladi. Qilgan xatolaridan xulosa chiqarib saboq oladi, uchragan insonlardan ham dars oladi. Shu sababli bizning hayotimizda yaxshi kunmi yoki yomon kunmi ro‘y bermasin, avvalo, inson bundan o‘zining xulosalarini olishi, darsini qabul qilishi va yana olg‘a intilishi lozim bo‘ladi.
Qalb kasbini topish – eng dolzarb vazifa. Inson hayotda yashar ekan, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, insonning umrini uzaytiruvchi vositalardan eng asosiysi bu uning o‘z sevgan qalb kasbida ishlashi ekan. Chunki inson ishiga umrini bag‘ishlaydi. Ma’lum bir korxonada, muassasada ishlaydigan inson umrining asosiy qismini o‘sha joyda o‘tkazadi. Masalan, o‘qituvchi kunning asosiy qismini maktabda sinfxonada, o‘quvchilari davrasida o‘tkazadi. Shunday ekan, inson bu jarayonda o‘z kasbini sevsagina yaxshi natijalarga erisha oladi.
Qalb kasbini topishning bir necha usullari mavjud. Siz o‘zingizga quyidagi savollarni bergan holda o‘z qalb kasbingizni topishingiz mumkin:
Ko‘chada, uyda, transportda siz qayta-qayta takrolrlayveradigan ishingiz bormi? Masalan, kimgadir yordam berish, nimanidir o‘rgatish, tinmay gapirish, qo‘shiq kuylash va h.k.
Qanday mashg‘ulot siz uchun stressdan qutqaradigan ish hisoblanadi? Masalan, charhcaganingizda nimadir qilsangiz, charchog‘ingiz chiqib ketadi.
Qaysi ishni ko‘p marta bajarsangiz ham charchamaysiz?
Qaysi ishni sizga moddiy rag‘bat bo‘lmasa ham bajaraverasiz?
Sizning qalb kasbingiz mana shu savollarga haqqoniy javob berishingiz orqali aniqlanadi.