Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi


Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə47/82
tarix08.09.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#128864
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Rasulova Nozigul ZTPTMOJ

4. Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi.


1-mavzu: Mas’uliyat va moslashuvchanlik haqida tushuncha. Moslashuvchanlik jarayon sifatida. (2 soat amaliy)
Bilish jarayonlari psixologiyasi

Shaxsning bilish jarayonlariga sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol, diqqat kiradi.


Sezgilar – psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida xayvonlarga ham, odamlarga ham xos xususiyat bо‘lib, u voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim belgi va xususiyatlarini bilib olishni ta’minlaydi. Sezgilar kishiga tevarak-atrofdagi narsa va voqealarning hususiyatlarini bilishga imkon beradi.
Sezgi a’zolari kishiga tevarak–atrofdagi olamda mо‘ljal olish imkonini beradi. Agar kishi barcha sezgi a’zolaridan mahrum bо‘lib qolsa bormi, u о‘zining atrofida nimalar yuz berayotganini bila olmas, tevarak–atrofdagi odamlar bilan munosabatga kirisha olmas, ovqatni qidirib topa olmas, xavf-xatardan qutilib qola olmas edi.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta, negaki, ular bizning olam haqidagi va о‘zimiz tо‘g‘rimizdagi bilimlarimiz manbai hisoblanadi. Sezgilar bizga obyektiv voqelikning haqqoniy suratini beradi, ya’ni olamni u qanday mavjud bо‘lsa shundayligicha aks ettiradi. Tovushlar, xidlar va boshqa kuzatuvchilar kо‘zga ta’sir qilganda kо‘rish sezgilarini hosil qilmaydi. Xuddi shuningdek, nur va xid ham eshitish kuzata olmaydi.
Muayyan sezgi a’zolari uchun bir xildagi qо‘zg‘atuvchilarni va uning uchun bir xilda bо‘lmagan qо‘zg‘atuvchilarni farq qila bilish kerak. Sezgi a’zolarining ixtisoslashishi–uzoq davom etadigan evolyusiya mahsuli, sezgi a’zolarining о‘zi esa tashqi muhit ta’siriga moslashuvchanlik mahsulidir. Sezgi a’zolari organizmning muhitga moslashuvi jarayoniga xizmat qilar ekan, ular uning obyektiv hususiyatlarini aks ettirgan taqdirdagina о‘z funksiyasini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Shuning uchun tashqi olamning о‘ziga hos hususiyatlari sezgi a’zolarining о‘ziga hosligini keltirib chiqargandir. Sezgilar mohiyatiga kо‘ra obyektiv olamning subyektiv siymosidir. Sezgilar muayyan payt davomida retseptorga ta’sir о‘tkazayotgan qо‘zg‘atuvchining о‘ziga xos quvvatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanish natijasida xos bо‘ladi.Sezgi a’zolari faqat moslashuvchanlik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot olish jarayonida bevosita ishtirok etadigan xarakat organlari bilan xarakatning bog‘liqligi о‘z–о‘zidan ravshandir. Har ikkala funksiya qо‘lda bir–biri bilan qо‘shilgan bо‘ladi. Shu bilan birga qо‘lning ijro etish va paypaslab ushlash harakatlari о‘rtasida farq borligi ham shubxasizdir. I.P.Pavlov qо‘lning pasayib ushlash harakatlarini ijrochilik xatti–harakatlari emas, balki xatti–harakatning aloxida turi–perseptiv xatti–harakatga taalluqli mо‘ljaliy–tadqiqiy reaksiyalaridir, deb atagan edi.
Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzatuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bо‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik hususiyatiga egadir. Kuzatuvchining о‘ziga aynan о‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bо‘ladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi xisoblanadi.
Analizator uch qismdan iborat:
1. Tashqi quvvatni nerv jarayoniga о‘tkazadigan mahsus transformator hisoblangan periferik bо‘lim (retseptor);
2. Analizatorning periferik bо‘limini markaziy analizator bilan bog‘laydigan yо‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qoluvchi) nervlar;
3. Analizatorning periferik bо‘limlardan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bо‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning о‘zi bilan tugaydigan) bо‘limlari.
Analizator reaksiyalarida periferik bо‘limlarining muayyan xujayralari miya qobig‘idagi xujayralarning ayrim qismlariga mos bо‘ladi. Jumladan, kо‘z turpardasining turli nuqtalari qobiqda har xil nuqtalarda yoyilgan xolda gavdalangan bо‘ladi; eshitish a’zosi ham qobiqda barcha sezgi organlariga ham taaluqlidir.
Sun’iy kuzatish metodlari bо‘yicha о‘tkazilgan kо‘plab tajribalar xozirgi paytda u yoki bu sezgi turlarining miya qobig‘idagi ma’lum bir joyda chegaralanib qolishini yetarlicha aniq qilib belgilash imkonini beradi. Jumladan, kо‘rish sezgilari joylashgan qism, asosan bosh miya qobig‘ining ensa qismida joylashgandir. Eshitish sezgilari miya qobig‘i tepa burmasining о‘rta qismiga joylashgan. Tо‘yish–harakat sezgilari miya qobig‘i markaziy burmasining orqa qismiga joylashgan va x. k.
Sezgining xosil bо‘lishi uchun hamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida ishlashi darkor. Kuzatuvchining retseptorga ta’siri qо‘zg‘alishning yuz berishiga olib keladi. Ana shu qо‘zg‘alishning boshlanishi tashqi quvvatning retseptor yordamida nerv jarayoniga aylanishidan iboratdir. Bu jarayon retseptordan markazga intiluvchi nerv orqali analizatorning о‘zak qismiga qadar yetib boradi: qо‘zg‘alish analizatorning qobiqdagi xujayralariga borib yetganda organizmning qо‘zg‘atuvchi javobi xosil bо‘ladi. Biz nurni, tovushni, ta’mni yoxud boshqa sezgilarni sezamiz. Shunday qilib, sezgi tashqi qо‘zg‘alish energiyasining ong faktiga aylanishi demakdir.
Sezgi jarayoni tashqi ta’sirning о‘ziga xos quvvatini saralash va qayta о‘zgartirishga qaratilgan hamda tevarak–atrofdagi olamning aynan bir xilda aks etishini ta’minlaydigan sensor ta’sir о‘tkazish sistemasi sifatida yuz beradi.
Aks etish hususiyatiga va retseptorlarning joylashgan о‘rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi:
1) tashqi muxitdagi narsalar va xodisalarning hususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bо‘lgan ekstrotseptiv sezgilar;
2) tananing ichki a’zolarida va tо‘qimalarda joylashgan hamda ichki a’zolarning xolatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bо‘lgan interotseptiv sezgilar;
3) retseptorlari mushaklarda va paylarda о‘rnashgan propriotseptiv sezgilar, ular gavdamizning harakati va xolati haqida axborot berib turadi, bu sezgi turini kinesteziya deb ham, unga tegishli retseptorlarni esa kinestezik yoki kinestetik deyiladi.
Ekstroretseptorlarni ikkitaga: aloqa bog‘laydigan kontakt va distant retseptorlarga ajratish mumkin. Aloqa bog‘laydigan retseptorlar ularga ta’sir qiladigan obyektlar bilan bevosita aloqa bog‘lagan paytda qо‘g‘atadi, masalan, badanni tegishli orqali sezish, ta’m bilish. Distant retseptorlar uzoqdagi obyektdan keladigan qо‘zg‘atishdan ta’sirlanadi, masalan, kо‘rish, eshitish, xid bilish retseptorlari shular jumlasidandir.
Xozirgi zamon fani ma’lumotlariga kо‘ra sezgilarni tashqi (ekstrerotseptorlarga) va ichki (introtseptorlarga) bо‘lish yetarli emas. Sezgilarning ba’zi bir turlarini tashqi–ichki deb hisoblansa ham bо‘ladi, masalan, xarorat va og‘riq, ta’m bilish va tebranish, mushakbо‘g‘im va statik–harakat sezgilari kiradi.
Sezgilarning har xil turlari faqat о‘ziga xosligi bilan emas, balki ular umumiy bо‘lgan hususiyatlar bilan ham ifodalanadi. Sezgilarning sifati, uzoq davom etish va kо‘p joylarda yuz berishi ana shunday hususiyatlar jumlasiga kiradi.
Sifat–mazkur sezgining asosiy hususiyati bо‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi. Jumladan, eshitish sezgisi past–balandligi, mayinligi, kо‘rish sezgisi boyligi, rang–barangligi bilan farq qiladi va x. k.
Jadalligi uning miqdorini ifoda etadigan hususiyati bо‘lib, ta’sir qilayotgan qо‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional xolati bilan belgilanadi.
Davomiyligi uning vaqtinchalik hususiyati xisoblanadi. U ham sezgi a’zosining funksional xolati bо‘lib, asosan kuzatuvchining ta’sir qilish vaqti va bu ta’sirning jadalligi bilan xarakterlanadi.
Kishidagi sezgilar haqida gapirganimizda adaptatsiya tushunchasi tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tamiz. Adaptatsiya–moslashuv bо‘lib, sezgi organlari sezgirligining qо‘zg‘atuvchi ta’siri ostida о‘zgarishi demakdir. Adaptatsiya xodisasi uch xil turda:
1. Qо‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jarayonida sezgining tamomila yо‘qolib qolishiga о‘xshaydi, masalan, xid bilish sezgilari atrof–muxitga yoqimsiz xid yoyilgandan keyin kо‘p о‘tmay batamom yо‘qolib qolishi ham oddiy xodisadir. Agar tegishli moddani og‘izda bir oz vaqt saqlab turiladigan bо‘lsa, ta’m bilish sezgisining jadalligi susayadi va sezgi umuman yо‘qolib ketishi mumkin.
2. Adaptatsiya deb shuningdek, yuqorida bayon etilgan xodisalarga yaqin bо‘lgan, kuchli kuzatuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishi bilan ifodalanadi xodisaga ham aytiladi. Masalan, sovuq kuzatuvchi xosil qiladigan sezgining jadalligi qо‘lni sovuq suvga solganda susayadi. Kishi yarim qorong‘i xonadan yaqqol, yorqin yoritilgan xonaga chiqqanda, kо‘z qamashadi, tevarak–atrofdagi narsalarning farqini ajratish qiyin bо‘lib qoladi, bir oz fursatdan keyin esa kо‘rish analizatorining sezuvchanligi keskin susayib, odatdagidek kо‘ra boshlaydi va adaptatsiya xodisasi kechadi.
Adaptatsiya bu ikki turi negativ adaptatsiya deyiladi, negaki, bunda analizatorning sezuvchanligi susayadi.
3. Kuchsiz qо‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgilikning oshishi ham adaptatsiya deyiladi, buni pozitiv adaptatsiya deb ham ataladi. Masalan, qorong‘i kо‘p bо‘lishi natijasida kо‘z sezuvchanligi ortadi. (Graf Monte Kristo misolida tushuntirish mumkin).
Sezgi a’zolarining sezuvchanligining oshishiga olib boradigan ikki soxa mavjuddir: 1) sensor nuqsonlar (kо‘rlik, karlik)ning о‘rnini tо‘ldirish zaruratidan kelib chiqadigan sezuvchanlikning ortishi va 2) subyekt faoliyati tufayli kasbiga xos talablardan kelib chiqadigan sensibilizatsiya (sezuvchanlikning ortishi).
Kо‘rish yoki eshitish sezgisining yо‘qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga tо‘ldiriladi, masalan, kо‘ra olmay qolgan kishilar xaykaltaroshlik bilan shug‘ullanganlar, chunki ularda tuyish sezgisi yuksak rivojlangan bо‘ladi. Ba’zi mahsus kasb bilan uzoq vaqt mobaynida shug‘ullanish ham sezgi a’zolari sezuvchanligi kuchayishi olib kelganligini kо‘rish mumkin, masalan, choy, pishloq, vino, tamaki sifatini aniqlovchilarda xid va ta’m bilish sezgilari yuksak darajada mukammallashib bо‘ladi. (Kinofilm–Narsiss misolida tushuntirish mumkin).
Mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida sezgilar rivojlanishi misolini biz rassomlar, pо‘lat quyuvchilar, uchuvchilar skripkachilar kabi kasb vakillarining bilish sezgilarida kuzatishimiz mumkin.
Kishining bilish jarayonlaridan biri bu idrokdir. Narsalar va xodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishiga idrok deb aytiladi. Idrok jarayonida aloxida xoldagi sezgilarning tartibiga solinishi ham narsa va xodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi. Idrok narsalarni umuman, uning hamma hususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi, bunda idrok xissiy bilishning о‘ziga xos hususiyatlari bilan sifat jixatdan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
Idrokning quyidagi muxim hususiyatlari bor: predmetlilik yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik va anglanilganlikdan iborat.
Idrokning predmetliligi tashqi dunyodan olinadigan axborot о‘sha dunyoga mansubligida ifoda etiladi, masalan, g‘isht bilan portlovchi modda bog‘lami paypaslab kо‘rilganda bir–biriga juda ham о‘xshash bо‘lib kо‘rinishi mumkin, lekin ularning amalda qay tarzda ishlatilishi bilan bog‘liq asosiy hususiyatlari borki, bunda idrokning predmetliligi yordam beradi.
Idrokning yana bir hususiyati uning yaxlitligidir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim hususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli о‘laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. О‘z–о‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim hususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan umumlashtirish negizida tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbai bir tomondan, aks ettiriladigan obyektlarning о‘ziga xos hususiyatlarida va ikkinchi tomondan, insonning konkret faoliyatida gavdalanadi.
Idrokning narsalar bilan qilinadigan faoliyat jarayonida shakllanadigan konstantligi–kishi hayoti va faoliyatining zarur shartidir. Busiz inson cheksiz rang–barang va о‘zgaruvchan olamda mо‘ljal ola bilmasdi. Konstantlik hususiyati narsaning va uning yashash sharoitining birligini aks ettirar ekan, tevarak–atrofdagi olamning nisbatan barqarorligini ta’minlaydi.
Kishining idroki uning tafakkuri bilan uzviy bog‘liq, narsani ongli idrok etish–unga fikran nom berish, sinfga kiritish, uni suz vositasida umumlashtirish demakdir. Idrok subyektning bundan oldingi tajribasiga bog‘liq bо‘ladi. Kishining tajribasi qanchalik boy bо‘lsa, uning bilimlari qanchalik kо‘p bо‘lsa, uning idroki ham shunchalik boy bо‘ladi, bunda u shunchalik kо‘p narsalarni kо‘ra oladi. Idrokning mazmuni kishi oldiga qо‘yilgan vazifa bilan ham, uning faoliyat sababalari bilan ham belgilanadi. Subyektning ustanovkasi (yо‘l–yо‘rig‘i) idrokning mazmuniga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Idrok etish jarayonida idrok mazmunini о‘zgartirib yuborishi mumkin bо‘lgan xis xayajonlar ham mavjuddir. Bu sababalrning hammasi kishini idrokning boshqarish mumkin bо‘lgan faol jarayon ekanligini anglatadi.
Idrokning ushbu turlari mavjud: kо‘rish, eshitish, paypaslab kо‘rish, kinestezlik, xidlash va ta’m bilish yо‘li bilan idrok qilish. Shuningdek fazoni idrok etish, vaqtni idrok etish va xarakatni idrok etish kabi turlarini ajratib kо‘rsatish mumkin.
Kishining о‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi. Xotirada esda olib qolish, esda qolish, esga tushirish va unitish kabi asosiy jarayonlar aloxida ajratib kо‘rsatiladi, bu jarayonlarni har biri aloxida mustaqil psixik hususiyat hisoblanmaydi, ular faoliyat davomida shakllanadi va о‘sha faoliyat bilan belgilanadi. Xotira atrof–muxitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda, passiv va aktiv xolda, reproduktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mexanik va mantiqiy yо‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruxiy jarayon, aloxida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy xodisadir. Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muxim xarakteristkasi bо‘lmish protsess bо‘libgina qolmay, inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta’sinlaydi. I.M.Sechenov о‘z davrida «Agar inson xotirasi bо‘lmasa, u mangu chaqaloqlik xolatida qolib bо‘lar edi», degan.
Xotira kishi faoliyatining barcha jabxalarida ishtirok etishi tufayli uning namoyon bо‘lish shakllari rang-barangdir. Shunga kо‘ra uchta asosiy mezonga muvofiq xotira turlarini keltiramiz: 1) psixik faollikning hususiyatiga kо‘ra: xarakat, emotsional, obrazli, sо‘z mantiqli; 2) faoliyat maqsadlariga kо‘ra: ixtiyorsiz, ixtiyorli; 3) esda olib qolish va esda saqlash muddati, qisqa muddatli, operativ.
Xarakat xotirasi turlari ishdagi ish xarakatlarini esda olib kolish, esda saklash va yana kayta esga tushirishdan iborat bulib, kishining abjir, maxoratli, “oltin kulli” ekanligini alomati. Emotsional xotira xis–tuyguga xos xotira bulib, u kishilarda kuchlirok ifodalangan buladi: xamdardlik, boshidan kechirish kabi. Obraz xotirasi tasavvurlarni, tabiat va xayot manzalarini, tovushlarni, xidlarni, ta’mlarni esda olib kolishdan iborat bulib, bunda kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish xotiralari kurinadi.
So’z–mantiq xotira mazmunini bizning o’y–fikrlarimiz ko’rsatadi. So’z–mantiq xotirasi ta’lim jarayonida yetakchi rol o’ynaydi. Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo’lmagan xolda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deyiladi. Oldimizga biron maqsad qo’yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira xaqida so’z boradi.
Qisqa muddatli xotira materialning ko’p martalab takrorlash va qayta esga tushirishlar orqali uzoq vaqt esda olib qolinishi bilan ajralib turadigan uzoq muddatli xotiradan farqli ravishda, bir martagina juda qisqa vaqt oralig’ida idrok qilish va shu zaxotiyoq qaytadan xotirlashdan so’ng juda xam qisqa vaqt mobayonida eslab qolish bilan belgilanadi.
Operativ xotira esa kishi tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan dolzarb xarakatlar, ishlarga xizmat qiladigan jarayonlarni anglatadi.
Xotira jarayonlariga esda olib qolish, yana qayta esga tushirish, esda saqlab qolish va unitish kiradi. Bu jarayonlarda xotiraning faoliyat bilan aloqasi, shuningdek, uning xodisalari alohida mustaqil (mnemik) xarakatlar tarzida kechishi ko’rinadi.
Esda olib qolishni xotiraning yangi materialni ilgari o’zlashtirgan material bilan bog’lash orqali esda saqlab qolinishiga olib keladigan jarayon bo’lib, bu individ tajribasini yangi bilim va xulq–atvor shakllari bilan boyitishning zarur shartidir. Esda olib qolish tanlangan bo’ladi: sezgi a’zolarimizning ta’sir qiladigan barcha narsalar xam xotiramizda saqlanib qolavermaydi. Materialning esda olib qolinishi shaxs faoliyatining sabablari maqsadlari va usullari bilan belgilanadi. Faoliyatning asosiy maqsadidan o’rin olgan material unda qanchalik mazmunli bog’lanishlar xosil bo’lsa, shunchalik tez esda olib qolinadi. Faol aqliy ish olib borishga undaydigan material ixtiyorsiz ravishda yaxshiroq eslab qolinadi. Shuning uchun bajarayotgan vazifamiz mazmuniga qanchalik manfaatdorlik bilan munosabatda bo’lsak, ixtiyorsiz esda olib qolishimiz xam shunchalik unumliroq bo’ladi.
Qayta esga tushirish psixikaning ilgari mustaxkamlangan mazmunini uzoq muddatli xotiradan chiqarib olish va uni amaliy xotiraga o’tkazish yo’li bilan aktuallashtirilishi sodir bo’ladigan xotirlash jarayoni bo’lib, uning tanish, xususan qayta esga turishi va eslash turlari bor.
Xotira jarayonlarida individual farqlar esda olib qolish tezligida, aniqligida, mustaxkamligida va qayta esga tushirish uchun tayyorligida ifodalanadi.
Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib, mexnatning oraliq va oxirgi maxsulotlarida o’z ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniqlik ko’rsatgan xollarda xulq–atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Xayolning psixik jarayon sifatidagi muxim vazifasi juda axamiyatli jixati shundaki u mexnat boshlamasdan oldin uning natijasini tasavvur qilish imkonini beradi. Xayol odamga faoliyat jarayonida mexnat maxsulotlarining oraliq yoki oxirgi psixik modellarini xosil qilish yo’li bilan yo’l–yo’riq beradi. Xayol tafakkur bilan uzviy bog’langan bo’lib, kelajakni oldindan ko’rish imkonini beradi. Zikr etilayotgan xayol o’zining aktivligi va faolligi bilan xarakterlanadi. Ayrim xollarda xayol faoliyatning o’rnida bo’lishi va unda shaxs o’zi xal qila olmaydigan masalalar, og’ir sharoitlardan yashirinish uchun real tasavvurlardan uzoq bo’lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi. Xayolning bunday formasi passiv xayol deyiladi. Kishi passiv xayolni oldindan o’ylab yuzaga keltirishi mumkin, xayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning obrazlari shirin xayollar xam deyiladi.
Agar passiv xayolni oldindan o’ylab va o’ylamasdan qilingan turlarga bo’lish mumkin bo’lsa, aktiv xayolni ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo’lish mumkin. O’z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar sistemasini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol bo’lsa, ijodiy xayol original va qimmatli moddiy maxsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishini talab etadi. Ko’pincha xayol jarayonlari odam amalga oshirishni istaydigan timsollar shakliga, aloxida ichki faoliyat shakliga kirib boradi. Shunday odam kelgusida xoxlaydigan timsollarni orzu deb ataladi. Demak, shaxs tarbiyasida xayol jarayonining o’ziga xos axamiyati mavjud bo’lib, ilmiy, badiiy ijodda keng qo’llaniladi.
Bilish jarayoni kechishning eng muxim xususiyati uning tanlaydigan, yo’naltirilgan tusdaligidan iboratdir. Tevarak–atrofdagi olamning ko’plab ta’sirlari orasida kishi xamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima xaqidadir fikr yuritadi o’ylaydi. Ongning bu xossasini uning diqqat kabi turi bilan o’zaro bog’liq deb xisoblashadi. Diqqat bilish jarayonlaridan farqli o’laroq, o’zining aloxida mazmuniga ega emas, u barcha bilish jarayonlarining jo’shqin jixatidir. Diqqat individning xissiy, aqliy yoki xarakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini talab etadigan ongning yo’naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
Diqqat sezgi, xotira, tafakkur va xarakat jarayonlarida namoyon bo’lishi mumkin. Shu sababli diqqatni biror narsaga qaratish obyektiga bog’liq xolda quyidagi shakllarini ajratib ko’rsatadilar: sensor (perseptiv), aqliy xarakatlantiruvchi.
Xosil bo’lish va amal qilish xususiyatlariga ko’ra esa diqqatning ikkita asosiy turi mavjud: ixtiyorsiz va ixtiyoriy. Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda xosil bo’ladi, ixtiyoriy ongli ravishda boshqarilayotgan va tartibga solinayotgan bo’ladi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida paydo bo’ladi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo’lishi psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Kuzatuvchilarning sifati, subyekt uchun yangiligi ixtiyorsiz diqqat paydo b’lishidagi asosiy shart xisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat shaxs faoliyatida namoyon bo’ladi, uning asosiy vazifasi psixik jarayonlarning kechishini faol boshqarib turishdir. Kishi ixtiyoriy diqqat tufayli xotiradan o’zi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab ajratib olishga, muhim va jiddiy narsalarni aloxida ajratib ko’rsatishga, to’g’ri qarorlar qabul qilishga, faoliyat jarayoniga paydo bo’ladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli bo’ladi.
Diqqat turlicha sifat ko’rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko’rinishlarini diqqatning sifati yoki diqqatning xususiyatlari deyiladi. Diqqatning barqarorligi, ko’chishi, taqsimlanishi va ko’lami shular jumlasiga kiradi.
Diqqatning barqarorligi diqqat qaratilgan obyektlarning xususiyatlariga va diqqati yo’naltirilgan shaxs faolligiga bog’liq. Diqqat jalb qilinadigan obyektning o’zgaruvchanligi, xarakatchanligi diqqatni uzoq vaqt mobaynida jalb etishning muhim shartlaridir. Agar obyektning o’zi o’zgarmaydigan bo’lsa va uni turli jixatdan o’rganib bo’lmasa, u xolda bu obyektga uzoq vaqt mobaynida diqqatni jalb etish o’ta mushkul, chunki bir xillik diqqatni susaytirib qo’yadi. Obyektning murakkablanishi va shaxsning faolligi diqqatning barqarorligiga olib keladi.
Diqqatni ko’chishi subyektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir obyektdan ikkinchi obyektga, bir xarakatdan ikkinchi xarakatga ataylab o’tishidan namoyon bo’ladi. Diqqatning ko’chirilishida individual farqlar mavjud. Ba’zi odamlar bir faoliyatni ko’rib, ikkinchisini bajarisha oladi, boshqalar uchun bu ancha vaqt va kuch –g’ayrat sarflashga olib keladi.
Diqqatning ko’lami idrok etiladigan obyektlarning xusisiyatlariga bog’liq bo’ladi. Idrok etilayotgan materialni mazmuniga ko’ra guruxlarga ajratish, sistemaga solish diqqat ko’lami kengayishga ko’ra guruxlarga ajratish, sistemaga solish diqqat ko’lami kengayisha olib keladi.
Diqqatning salbiy jixati xam mavjud. Bu parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning tez-tez va oson bo’linib turishida namoyon bo’ladi. Bundan ish, o’qish faoliyati susayishi kelib chiqadi. Shuningdek diqqatning xaddan tashqari xarakatchanligi va aksincha xarakatsizligi xam kuzatiladi.
Talabalar o’z ta’lim faoliyatlarida diqqatlarini tarbiyalab borishlari kerak, bu o’z navbatida o’quv samaradorligiga olib keladi.
Kishining butun xayoti uning oldiga xamisha jiddiy va kechiktirib bo’lmaydigan vazifalarni qo’yadi. Atrofdagi olamni tobora chuqurroq o’rganib borishda psixologiyada bilish jarayonlari orasida tafakkur muxim o’rinda turadi. Tafakkur jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishda ijtimoiy jixatdan bog’liq. Aloqador psixik jarayondir, uning taxlili sintezi jarayonida voqe’likni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida xissiy bilishlardan paydo bo’ladi va xissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Tafakkur sezgilar va idrok orqali tashqi olam bilan bevosita bog’lanadi va shu tarzda tashqi olamni aks ettiradi.
Kishi tafakkur jarayonida sezgi, idrok va tasavvur ma’lumotlaridan foydalanar ekan, shuningdek xissiy bilish xam yuz beradi. Kishining tafakkur faoliyati uchun nutq aloxida axamiyat kasb etadi. Bunda inson psixikasi bilan xayvon psixikasi o’rtasidagi prinsipial farq namoyon bo’ladi. Inson tafakkurini u qanday shaklda amalga oshirmasin, tilsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Xar qanday fikr nutq bilan chambarchas xolda paydo bo’ladi va rivojlanadi. Fikr qanchalik chuqur va asosli bo’lsa, u so’zlarda, og’zaki va yozma nutqlarda shunchalik aniq va yaqqol ifodalanadi.
Tafakkurning til bilan uzviy bog’liqligi inson tafakkurining ijtimoiy moxiyatini xam anglatadi. Kishining aqliy taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy–tarixiy taraqqiyoti davomida xosil bo’lgan bilimlarni o’zlashtirilishi jarayonida muqarrar ravishda amalga oshiriladi, individning olami bilan jarayoni ilmiy bilimlarning tarixiy taraqqiyoti bilan yuzaga kelgan, bevosita ifodalangan, buning natijalarini esa har bir kishi ta’lim olish davomida o’zlashtiradi, bu o’z navbatida tafakkurning ijtimoiyligini ko’rsatadi.
Tafakkurning ko’rgazmali xarakat, ko’rgazmali–obrazli va mavxum (nazariy) turlari mavjud.
Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik, epchillik, fikr tezligi singari sifatlari kiradi, bu xususiyatlar albatta xammada har xil tarzda kuzatiladi.



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin