Nazariy savollar: Ta’limda mnemonikadan foydalanishdan maqsad nima?
“Tartibda eslang” mashqini izohlang.
“Hikoya usuli”ni tushuntiring.
“Simvollash” usuli nima?
Glossariy Amaliy tafakkur – ko‘pincha vaqt tanqisligi sharoitida yuzaga keladigan va hatti - harakatlarning maqsadini aniqlash; reja loyihalarni ishlab chiqish bilan bogliq.
Anglashqobiliyati – o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati, qonuniyatlari, talabalarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, ta’lim ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat mazmuni, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish shartlari hamda kutiladigan natijalarni anglashga imkon beradigan individual psixologik xususiyat
Artikulyatsiya (lot. “articulation” < “articulare” – “aniq talaffuz qilmoq”)
nutq organ (a’zo)larining tovush hosil qilishdagi harakatlari holati
Baholashmadaniyati – pedagogning u yoki bu pedagogik voqelik, hodisa, jarayonlar bo‘yicha ularning mohiyatidan kelib chiqqan holda to‘g’ri xulosa chiqarish, oqilona qaror qabul qilish qobiliyatiga egaligini anglatuvchi sifat Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va o‘zlashtirishni ta’minlaydi, bilishga qiziqish – aqliy intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo‘ladi.
Bilishqobiliyati – Pedagoglarningta’lim jarayonining ishtirokchilari
– talabalar, ota-onalar, hamkasblar va ta’lim muassasasining rahbarlari bilan oson muloqotga kirishish, ular bilan munosabatni to‘g’ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan individual psixologik xususiyat