Pedagogikmuloqotuslublari – o‘qituvchilar tomonidan pedagogik jarayonda ta’lim ishtirokchilari bilan muloqotni tashkil etishda qo‘llaniladigan usullar majmui (avtoritar uslub, demokratik uslub, liberal uslub)
Pedagogning individual rivojlanish dasturi – pedagogning
individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, BKM, kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dasturi
Pedagogiknovatorlik – pedagogik faoliyatda ilg’or tamoyil yoki g’oyani asoslash, yangi yo‘l, usul yoki vositalarni tavsiya qilish, ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ijodiy yondoshuv
Pedagogiktakt (lot. “tactus” – “dahl qilish”, “dahldorlik”, “his etish”, “tuyg’u”) – pedagogning o‘quvchilar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar hamda hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g’ri yondoshish malakalariga egaligi
Pedagogik tafakkur – pedagogik jarayon, vaziyat va hodisalar
mohiyatining, shuningdek, ular o‘rtasidagi muhim bog’lanish va aloqalarning pedagog ongida to‘laqonli aks etishi, yangi g’oyalarni ilgari surish, yangiliklar yaratish, shuningdek, pedagogik jarayon, vaziyat va hodisalarning natijalarini bashoratlash; pedagog aqliy faoliyatining yuksak shakli