Pedagogikdunyoqarash – pedagog va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari jarayonining mazmunini, natijalarini belgilovchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.
Pedagogik ijod – pedagogning kasbiy jarayonni samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan yaratuvchanlik faoliyati.
Pedagogikintuitsiya (lot. “intueri” – “sinchiklab, diqqat bilan qarash”)
– pedagog tomonidan pedagogik voqea-hodisaning mohiyatini, o‘quvchi xatti- harakatlari mazmunini tasavvur, empatiya va orttirilgan tajriba asosida his- tuyg’u, sezgi yordamida, ziyraklik bilan mantiqiy dalillarsiz bevosita anglash Pedagogik kreativlik (lot. “creatio” – “yaratish”) – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan
tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati
Pedagogikloyihalashmadaniyati – pedagog tomonidan o‘zining ichki imkoniyatlari bilan talab, xohish-istaklarni o‘zaro uyg’unlashtira olgan holda maqsad, vazifalarni to‘g’ri belgilay olish, pedagogik jarayonni bosqichlar bo‘yicha rejalashtirish, rejani amalga oshirishda zarur vositalarni tanlab bilish malakasi egalikni tavsiflovchi sifat
Pedagogikmadaniyatgaegalikniifodalovchisifatlar – o‘qituvchida
kasbiy xulq-atvor, odob, muomala va xatti-harakat ko‘nikma, malakalar mavjudligini ifodalovchi sifatlar