Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va meto
Qanday mashqlar saflanish mashqlari, deyiladi va ularning ahamiyati nimada?
Qanday saflanish turlarini bilasiz?
Qayta saflanishlarga qanday harakatlar kiradi?
Guruhlar bo‘yicha qanday saflanishlar tavsiya etiladi? §. Saflanish va qayta saflanish mashqlarini tuzish va ularni o‘tkazish
I va II kichik guruhlarda saflanish va qayta saflanish bo‘yicha kichik guruhlar va bunda guruh bilan (tarbiyachi yordamida; mo‘ljalga qarab mustaqil ravishda) aylana bo‘lib bir qator bo‘lib saf tortish, safda o‘z joyini topish, o‘z joyida qadamlab burilish. O‘rta guruh bolalari bilan saflanish va qayta saflanish. Dastur bo‘yicha quyidagi saflanish va qayta saflanishlar tavsiya etiladi: mustaqil ravishda kichik guruhlar va butun guruh bo‘lib kolonnaga saflanish, doiraga juft bo‘lib sherengaga saflanish, zvenolarga qayta saflanish, mo‘ljal bo‘yicha tekislanish, chapga, o‘ngga, orqaga (krugom) aylanish. Katta guruhlarda saflanish va qayta saflanish. Mustaqil ravishda kolonnaga, qatorga, ikki kolonnaga juft bo‘lib, ikki va undan ko‘proq aylana bo‘ylab tizilib saflanish. Bir kolonnadan birnecha (3-4) kolonnaga qayta saflanish. Chapga va o‘ngga qadam tashlab burilishlar qilish, kolonnada oldinma-ketin tizilib tekislanish, qatorda chiziqqa, oyoq uchlariga qarab tekislanish, kolonnada qo‘llarini oldinga cho‘zgan darajada oraliqni saqlash, qator va aylana bo‘lib turganda, yon tomonga qo‘l cho‘zilganda bir-biriga xalaqit bermaydigan masofadagi oraliqda turish. Tayyorlov guruhlarida saflanish va qayta saflanish. Mustaqil, tez va uyushqoqlik bilan bittadan, ikkitadan saflanish, aylana bo‘lib, birnecha kolonna bo‘lib, bir qator bo‘lib saflanish, kolonnada bir qator turgan joyda tekislanish. Bitta kolonnadan yurib turib birnecha kolonnaga, bitta aylanadan birnecha aylanaga qayta saflanish. Burilishlarni (o‘ngga va chapga) bajarish. “Bir-ikki” deb sanash, bir qatordan ikki qator bo‘lib qayta saflanish. Uch kolonna bo‘lib, saflanayotganda, yon tomonga qadamlar qo‘yib, saflar orasini ochish va yopish. Harakat vaqtida maydon burchaklarida burilishlar qilish, yurib kelib, hammaning baravariga to‘xtashini mashq qilish. Ertalabki gimnastika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining birinchi qismi uchun quyidagi mashqlarni tavsiya etish mumkin. Mashg‘ulotlar uchun mashqlar Yo‘nalishni o‘zgartirib tez yurish.
Tizzalarni baland-baland ko‘tarib yurish.
3 marta prujinasimon, 3 marta to‘liq o‘tirib yurishlar.
Yonma-yon bir qatorga saflanish.
Bir joyda turib, chapga va o‘ngga burilib saflanish.
Ilon izi bo‘lib va hushtak bo‘yicha to‘xtab yugurish.
Tez yurib, yo‘nalishni o‘zgartirib yurish.
Katta va kichik doirada me’yorida yugurish.
Diaganol bo‘ylab chopib yugurish, asta-sekin yurish.
Zal bo‘ylab tarqalib yurish va yugurish.
Signal berilishi bilan bitta qatorga saflanish, keyin ikki doiracha saflanish.
Oyoq uchlarida, tovonlarda, oyoqning yon tomonlarida yurish. Tez yurish, sekin yugurish.
Bitta qatorda yurish, yo‘lni o‘zgartirib yugurish, yurish, signallar bo‘yicha to‘xtab, yana yurish.
Har qadamda bosh ustida chapak chalib yurish.
Ikkitadan juft-juft bo‘lib yurish, ikkitadan keng tarqalib yugurish, signal bo‘yicha o‘z sherigini izlab topish, ikkita qa- torga saflanish. Doiracha saflanish, “Andijon polkasi” musiqasi jo‘rligida qadamlarda yurish. Lentalar bilan har tomonga ilon izi va to‘xtashlar bilan yurish, yugurish. 3 guruhga bo‘linib saflanish.
Bu mashqlardan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga birinchi qismiga saflanish va qayta saflanish mashqlari kiritiladi. Ular quyidagi tartibda plan konspektga yozib borish tavsiya etiladi. Mashqlar katta guruh bolalariga mo‘ljallangan.