2.2. Moddaning nisbiy atom massasini kimyoviy formula va moddadagi element massa ulushiga oid masalalar yechish metodikasi Kimyo o’qitish kursida hisoblashga oid masalalar berilgan bo’lib, o’quvchilar ularni yecha olishi kerak. Maktab kimyo kursida masalalarning murakkablik darajasi asosida ularni yechish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Masalan: 7-sinfda kimyoviy formulalar bo’yicha hisoblash masalalarini yechish amalga oshiriladi. Dastavval moddalarning molekulyar massalarni ularning formulalari va atom massalari asosida hisoblab topish, murakkab moddadagi elementlarning atom massalari nisbatini aniqlash.
Modda tarkibidagi elementlarining massa ulushlarini foizda aniqlash. Modda miqdorini massa, hajm, atom va molekulalar soni asosida hisoblashlar ham 7-sinf kimyo kursida olib boriladi. Shuningdek, moddalarning eruvchanligini aniqlash, eritma tarkibidagi erigan moddaning massa ulushini aniqlashlar kiradi.
sinfda gazsimon moddalarga oid hisoblashlar olib boriladi. Masalan: berilgan reaksiya tenglamasi bo’yicha tenglamadagi gazsimon moddaning miqdorini va hajmini aniqlash. Gazsimon moddalarning xaqiqiy va nisbiy zichlik, molyar hajm, Mendeyelev-Klapeyron tenglamalaridan foydalanib ularning molekulyar massalarini aniqlash, termokimyoviy tenglamalar bo’yicha hisobashlar olib boriladi.
sinfda proporsiya usuli bo’yicha hisoblashda bir modda ortiqcha miqdorda berilganda masalalarning qanday yechilishi, reksiya tenglamasi bo’yicha bo’yicha hisoblashda moddaning chiqish unumini aniqlash. Modda. tarkibida qo’shimcha bo’lganda reaksiya tenglamasi bo’yicha hisoblashlarni olib borish va algebraik usulda murakkab bo’lmagan masalalarni yechish o’rgatiladi.
Hisoblashlarga oid masalalarni yechishda fizika va matematika fanlari bilan kimyo fani orasidagi fanlararo bog’lanishlar amalga oshiriladi. Kimyoviy masalalarni yechishda fizika fanida qo’llaniladigan grafik usulda masalalar yechishdan foydalanish mumkin. U masalalar yechishning samarador usuli hisoblanadi. Masala yechishda kimyoviy qonuniyatlarning matematik ifodali tenglamalaridan foydalanib, ularga son qiymatlarni qo’yib hisoblashlar amalga oshiriladi.
Kimyoda masalalar yechishga qo’yiladigan yagona metodik talablar.
Masalalar yechishda metodik talablarni amalga oshirish kerak. O’quvchilarning masala yechish malakalarini egallashda asosiy vazifa o’qituvchilarga yuklatiladi va o’quvchilarda mustaqil holda masalalar yechish ko’nikmalarini hosil qilish ham o’qituvchi vazifasidir. Masalalar yechishga qo’yiladigan didaktik talablar:
Masala yechish uchun qanday tushuncha, qonunlar, nazariyalar va faktlar masala yechish jarayoniga kiritilishi, unda moddaning qaysi xossasi va qanday kimyoviy reaksiyalardan foydalanish ko’rsatilishi kerak.
Masalalar yechishning qanday yo’llaridan foydalanish.
Masala yechishda o’quvchilarning fikrlash jarayonlarini rivojlantirib borish.
Berilgan masalalar qanday didaktik funksiyalarni bajarishini aniqlash. Agar o’qituvchi o’z oldiga nazariy materiallarni mustahkamlash maqsadini qo’ygan bo’lsa, u masalalar o’qituvchilarga avvaldan ma’lum bo’lishi kerak. Agar o’qituvchi o’z oldiga yangi tipdagi masalarni yechish vazifasini qo’ygan bo’lsa, o’quvchilarga masala yechish metodikasini tushuntiradi. Masalalar yechish metodikasini tutttuntiritttda. o’qituvchi avval o’zi yechib ko’rsatishi kerak. Masalalar yechish darsida o’qituvchi o’quvchilarning masalaga oid bilimlarini faollashtirishi kerak. So’ngra masala sharti tahlil qilinadi. Masala shartida berilgan va aniqlanishi kerak bo’lgan kattaliklar aniqlanadi, so’ngra masalani yechish algoritmi tuziladi. So’ngra hisoblashlarning matematik va fizik usullari amalga oshiriladi. Yangi tipdagi masalalarni yechish usullarini o’rganishda avval aniqqilib, masalani yechish algoritmi tuziladi, ularni o’quvchilar yozib oladilar va u masala masalalar yechishning qaysi tipiga kirishi tushuntiriladi va o’qituvchi masalani yechib ko’rsatadi, so’ngra doskaga a’lochi o’quvchini chiqarib, unga yechilgan masalaga o’xshash masala yechishni taklif qiladi. So’ngra sinfdagi hamma o’quvchilar yechib ko’rsatilgan masalaga o’xshash masalani yechishni amalga oshiradilar. Murakkab masalalarni yechish kuchli o’quvchilarga beriladi. Murakkab masalalarni yechish sinfdan tashqari mashg’ulotlarda olib borish maqsadga muvofiqdir, chunki dars jarayonida murakkab masalalarni yechish ko’p vaqt talab etadi va dars rejasi bajarilmay qolishi mumkin.
1) Modda miqdori bir mol boʻlgan moddaning massasiga molyar massa
deyiladi va M harfi bilan belgilanadi.
2) Har qanday moddaning bitta molekulasi massasini hisoblash:
3) Ixtiyoriy moddaning massani aniqlash:
4) Yuqoridagi (4) va (5) ni birlashtirsak:
5) (1) va (6) ifodadan quydagicha;
6) (1 ) va (7) chi formulani birlshtiramiz:
7) Hajm birligidagi molekulalar soniga modda molekulalaring
konsetratsiyasi deb ataladi va n harfi bilan belgilanadi.
8) Konsenratsiya formulasini yana bir ifodasi:
Mavzuga doir nostandart topshiriqlar:
9) Jadvalni toʻldiring: Kundalik hayotimiz ishlatiladigan moddalarning
molyar massasini quydagi hisoblashdan foylalangan holda toʻldiring.
XBS da massa birligi kg deb qabul qilingan, shunig uchun molyar massa
birligini 1 g/mol = 10-3 kg/mol teng boʻlganli uchun almashtirib olamiz.
(kg) bitta molekulaning massani hisoblash formulasidan yuqoridagi moddalarning barchasini molekulasining massani hisoblaymiz
kg (kislorod uchun)
(azot uchun)
(metan uchun)
(karbonat angidirit uchun)
(osh tuzi uchun)
(is gazi uchun)
(propan)
(havo uchun
2) Havo tarkibida juda ham gazlar koʻp shundan 78 % azot, 21 % kislorod
va qolgan qismini boshqa inert gazlar tashkil etadi. Agar havo tarkibini faqat kislorod
va azotdan iborat deb hisoblasak, bu gazlarning molyar massalari
Savol: Bu ikki gazning havo tarkibidagi foiz miqdorlarini bilgan holda qaysi
gazning foiz miqdori koʻp va qanchaga?
Javob: Havo tarkibida azotning foiz ulushi koʻp va azotning foiz ulushi
kislorodnikidan 57 % ga koʻp.
Savol: Havo tarkibidagi bu gazlar molekulalarning harakat tezligi qaysi birida
katta?
Javob: Azot va kislorodning molyar massalariga yoki bitta molekulasining massasiga e’tibor qaratsak
azotning molyar massa
ichik va gazlar bir xil temperaturada azotning oʻrtacha kvadratik tezligi katta
boʻladi.
Savol: E’tiborimizni gravitatsiyaga, butun olam tortishish qonuniga qaratsak
har bir gaz bitta molekulasining massasini 1-hisob kitoblardan olamiz. Bunda qaysi
gazning yerga tortilishi katta boʻladi?
Javob: Bitta molekulasing massasi katta boʻlgan gazning yerga tortilish kuchi
katta boʻladi, ya’ni kislorodning yerga tortilishi katta boʻladi.
3) Kimyoviy elementlar davriy sistemasini doskada namoyish etamiz.
Savol: Davriy sistemadagi moddalarni bir moldan olinganda molekulalar soni
qancha boʻladi? (1 mol olinganda)
Javob: Avogadro sonini modda miqdorini koʻpaytirsak moddagi molekulalar
soni kelib chiqadi. Demak bundan har qanday moddaning bir molida Avogadro
soniga teng miqdorda molekula boladi.
Savol: Bir mol vodoroddagi atomlar soni, bir mol kisloroddagi atomlar sonidan
necha marta koʻp?
Javob: Har qanday molekulaning bir moli tarkibida Avogadro soniga teng
atom mavjudligi uchun molekulalar soni oʻzaro teng boʻladi va ularning atomlar
sonining nisbati birga teng.
Savol: Quyidagi modda tarkibida nechta atomdan tashkil topgan va qancha
element qatnashgan?
Javob: Sulfat kislotadagi atomlar soni 2 ta vodorod (2H), bitta oltingugurt (S),
4 ta kislorod (4O) atomidan tashkil topgan jami atomlar soni 7 ta atomdan tashkil
topgan, bu modda tarkibida 3 ta element qatnashgan bular (vodorod, oltingurgut,
kislorod).
Savol: Davriy sistemadagi ixtiyoriy bitta elementlarning bitta molekulasining
massasini toppish uchun … (bir tanlovli savol, yuqoridagi mavzu uchun nazariy
qismdan foydalaning)
A) moddaning molyar massasini Avogadro soniga boʻlish kerak
B) moddaning molyar massasini Avogadro soniga koʻpaytirish kerak
Javob: A