Mamatova fazilat ixtiyorovna


Innovatsion yondashuvlar asosida texnologiya fanidan mexatronika sohasini takomillashtirish metodikasi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə17/29
tarix19.09.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#129110
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Mamatova Fazilat Dissertatsiya

2.2 Innovatsion yondashuvlar asosida texnologiya fanidan mexatronika sohasini takomillashtirish metodikasi

Innovatsion yondashuvlar asosida texnologiya fanidan mexatronika sohasini takomillashtirish metodikasi Pedagogik yordamning asosiy mohiyati pedagogik jarayonning tavsifi, uning ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish va tarbiyalash borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalandi. Pedagog axborotlarni e’lon qilish, ko‘rsatish, eslatish, tushuncha yoki maslahat berish, yo‘naltirish, haqqoniylashtirish, kengashish, bartaraf etish, hamdardlik qilish, ilhomlantirish, qiziqish va hurmatni izhor qilish, talabchanlikni qo‘llab-quvvatlash kabi ko‘rinishlarda yordam beradi. Bu o‘rinda ta’lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), mazmunni tanlash va ishlab chiqish (nima?), ta’lim jarayonlarini tashkil qilish (qanday?), ta’lim metod va vositalarining belgilanishi (nimalar yordamida?), shuningdek, o‘qituvchilar malaka darajasi (kim?), erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo‘l bilan?) inobatga olinishi lozim.


Mexatronika - bu mahsulotlar yoki tizimlarni ishlab chiqish yoki takomillashtirish uchun mexanik, elektr va hisoblash ko'nikmalarini aralashtirishni talab qiladigan soha. Ushbu ko'nikmalar ko'plab sohalarda ko'plab ilovalarga ega va kundalik faoliyat turli ko'nikmalar to'plamlariga asoslanadi.
Mexatronika sa'y-harakatlari mutaxassis muhandislar, shuningdek, generalistlardan iborat bo'lishi mumkin bo'lgan dizayn guruhida yoki etakchi dizayn guruhida ishlashni talab qiladi. Mexatronikada mahsulotlar tizimli yondashuv orqali ishlab chiqiladi va bu yangi mahsulotlar yoki tizimlarni ishlab chiqarish yoki o'rnatishni nazorat qilish uchun keng ko'lamli uchrashuvlar va vaqtni talab qiladi. Ushbu sohada ishlaydigan shaxslar ofis sharoitida ishlaydilar, lekin mijozlar joylarida yoki ishlab chiqarish korxonalarida vaqt o'tkazadilar. Ular zavod sozlamalarini ko'rib chiqishlari va ehtiyojlarni qondirish uchun robototexnikani qo'shimcha sensorlar yordamida qanday yaxshilash mumkinligini ko'rib chiqishlari mumkin. Ayniqsa, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda mexatronika muhandislari mahsulotni ishlab chiqishning asosiy nuqtalarida qo'shimcha soat sarflashlari mumkin, ammo bu odatda oldindan aytib bo'ladi.
Quyidagi havolalar odamlarning mexatronika muhandisligi sohasida nima qilayotganlarini ko'rish uchun ko'proq imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Jan-Pol Laumond robototexnik, Frantsiya Milliy ilmiy tadqiqot markazi CNRS tadqiqot direktori. ichida intervyu IEEE TV-dan o'ng tomonda, u matematikadan robototexnikaga o'tishini va bu sohaga martaba hissasini, ayniqsa harakatni rejalashtirish va antropomorfik harakatni muhokama qiladi.

  • Kevin Kreyg, mexatronikaning yetakchi himoyachilaridan biri. U energiya, qashshoqlik, suv, boshpana, sog'liqni saqlash, ta'lim va iqlim sohalarida dunyo va jamiyatning eng dolzarb ehtiyojlarini hal qilish jarayoni bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan mexatronik modelga asoslangan, insonga yo'naltirilgan dizaynni qo'llab-quvvatlaydi.

  • Veronika Santos UCLA Biomekatronika laboratoriyasining direktori va qo'l biomexanikasiga qiziqadi. Uning "Yordam qo'llari" mavzusidagi seminarini ko'ring Bu yerga.

  • Jozef Engelberger "Robot texnikasining otasi."

  • Jorj D. Devol birinchi dasturlashtiriladigan sanoat robotining ixtirochisi edi.

Keyingi yillarda cheklangan suv zaxiralaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish, “yashil energetika” va agrotexnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlarda ta’lim, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar transferini samarali yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.
Bunday dolzarb global muammolarni yechish uchun investitsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ilmiy salohiyatni yangi bosqichga ko‘tarish hamda ishlanmalarni amaliyotda qo‘llashga qodir bo‘lgan muhandislarni tayyorlash masalalari ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Respublikada innovatsion ta’lim va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, oliy ta’lim muassasalari faoliyat yo‘nalishlarini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro nufuzini oshirish, samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida:
1. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) deb qayta nomlansin.
2. Quyidagilar Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
gidroenergetika, irrigatsiya tizimlarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlari qurilishi, kadastr va geoinformatika, “yashil iqtisodiyot”, “yashil energetika”, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, raqamli texnologiyalar tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli muhandis kadrlarni tayyorlash;
sug‘orish tizimlari samaradorligini oshirish, tejamkor sug‘orish texnologiyalarini yaratish, “raqamli qishloq xo‘jaligi” va geoaxborot tizimlari asosida yerlarning meliorativ holatini baholashni yo‘lga qo‘yish hamda tuproq unumdorligini oshirishning takomillashgan usullarini ishlab chiqish;
zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning transferi bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, suv resurslarini hisobga olish va boshqarish tizimini takomillashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va foydalanishni raqamlashtirish borasida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish;
ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish, Universitet professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, bitiruvchilarning respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida (ilmiy markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tahsil olishlarini tashkil etish;
o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish;
o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, ta’lim va tadqiqotni uyg‘unlashtirish orqali iqtisodiyot tarmoqlari uchun eng ilg‘or innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish;
tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Belgilansinki, Universitet gidroenergetika, irrigatsiya, melioratsiya, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, geodeziya va geoinformatika, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
3. Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi (keyingi o‘rinlarda — Boshqaruv kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Boshqaruv kengashiga (S.U. Umurzakov):
a) quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Universitetning moliyaviy yil uchun mo‘ljallangan biznes-rejasini, uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini, daromad va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash hamda ularning ijrosini muhokama qilish;
Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy maktablarni rivojlantirish;
qishloq va suv xo‘jaligi texnologiyalari yo‘nalishida ta’lim, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar transferi jarayonlarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha buyurtmachilar bilan manfaatli hamkorlikni o‘rnatish;
ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirish, startap va akselerator faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish;
ta’lim va tadqiqot jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali aloqalarni o‘rnatish;
b) quyidagi vakolatlar berilsin:
iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish, shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash;
o‘quv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash;
Universitet va uning tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari tuzilmalarini tasdiqlash;
Universitetning tashkiliy tuzilmasiga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan yangi lavozim va tarkibiy bo‘linmalar hamda qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish.
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Universitetda Transformatsiya ofisini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilansin:
Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish;
Universitetni tanitish bo‘yicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i va boshqa vositalar orqali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va reklama qilish;
Universitetdagi turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashda qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o‘quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini raqamlashtiruvchi “Raqamli Universitet” platformasiga to‘liq o‘tishini ta’minlash.
Belgilansinki, Transformatsiya ofisi rahbari lavozimi, mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlari bo‘yicha Universitet prorektoriga tenglashtiriladi.
5. Universitetga 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab quyidagi vakolatlar berilsin:
a) akademik mustaqillik sohasida:
o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar asosida tasdiqlash, ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim olish shaklini belgilash;
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va ularning tarkibini tasdiqlash;
tegishli ixtisosliklarda ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish hamda respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan ilmiy unvon va ilmiy darajalarni tan olish, shuningdek, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun ta’lim davomiyligi muddatlarini belgilash;
doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qo‘shimcha ravishda talabgorlarni qabul qilish;
magistratura bosqichida ta’limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini joriy etish, shuningdek, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh malakalar hamda kasbiy malakalar berish tizimini joriy qilish;
o‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan ichki akademik mobillikni amalga oshirish;
Universitet va uning tasarrufidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish;
b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:
faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;
xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish va masofaviy ta’lim olish shaklida o‘qitishni tashkil etish.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan vakolatlar Universitet tomonidan mustaqil ravishda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining Universitetni 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, Universitetga o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari uchun berilgan barcha vakolat va huquqlar tatbiq etiladi.
7. Quyidagilar: 2025-yilga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq;
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq korxonalari, tashkilotlari va muassasalarga biriktirish jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutini tashkil etish;
Universitetning Buxoro filiali negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutini tashkil etish;
Universitetning Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish.
9. Belgilansinki: Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining joriy faoliyati, bino va inshootlardan foydalanish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash (ilmiy xodimlardan tashqari) bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirish Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti ilmiy, rahbar va boshqa xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi;
Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajatlarni moliyalashtirish 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.



Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin