Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash muammolari



Yüklə 15,94 Kb.
tarix19.12.2022
ölçüsü15,94 Kb.
#121480
Taqriz Javohir


TDIU Raqamli iqtisodiyot fakulteti IH-51 guruh talabasi Xudoyberdiyev Javohirning “Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash muammolari” mavzusidagi kurs ishi ilmiy raxbar TAQRIZI
Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, uni ham iqtisodiy ham itimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta’minlash, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, jahon moliya bozorlari qatoriga kirish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda bir qancha islohotlar, yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati rivojlangan sari, mamlakatga chetdan kirib keluvchi import tovarlarining ham soni ortib boradi. Bunda kirib kelayotgan har bir tovarning qonuniy ravishda mamlakat hududiga olib kirilayotganligi, aholining salomatligiga qay darajada ta’sir ko’rsatishini bilish mamlakat uchun muhim sanaladi. Bu o’z navbatida, mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojni paydo qiladi. Aslini olganda, iqtisodiy xavfsizlik ham qaysidir ma’noda mamlakat xavfsizligining bir bo’lagi hisoblanadi.
Kurs ishi kirish, asosiy qismda 4 ta paragraph, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib, jami 42 betdan iborat.
Kurs ishi bilan tanishish talaba tomonidan mazkur mavzuni yoritish borasida muayyan nazariy tadqiqotlar amalga oshirilganini ko’rsatadi. Jumladan:
- Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini nazariy talqin qilish, uning mohiyati va mazmuni;
- Globallashuv jarayonida mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligida vujudga keladigan muammolalar tahlili;
- Xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda keltirib chiqaruvchi muammolar va uni oldini olish mexanizmi;
- Korrupsiyaning mamlakat taraqqiyotga ta’siri va unga qarshi kurash yo‘llari.
Kurs ishida talaba tomonidan mavzuni nazariy tadqiq etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan, ammo mavzuni amaliy jihatiga to’liq yondashilmagan. Ishni rasmiylashtirish bo’yicha dastlabki variantda ancha kamchiliklar mavjud edi va ular bartaraf etildi.Ayrim juz’iy harakterdagi xatolarga qaramay, kurs ishini rasmiylashtirilishi talab darajasida. Xulosa qilib aytilganda kurs ishining dastlabki variantida ko’rsatilgan kamchiliklarni e’tiborga olib kurs ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.
Ilmiy rahbar: _________ dotsent A. X. Eshboyev
Yüklə 15,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin