Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar


-§. SONLI REBUSLARGA DOIR MASHQLARNI YECHISH



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/51
tarix26.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#118633
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar

 
2-§. SONLI REBUSLARGA DOIR MASHQLARNI YECHISH 
USULLARI 
Sonli rebuslar bu shunday arifmetik ifodalardirki, ularda ba’zi 
raqamlar simvollar (harflar, yulduzchalar va h.k) bilan almashtirilgan 
bo`ladi. Bundan esa, sonli rebus -bu mantiqiy masala bo`lib, uni 
yechish mantiqiy xulosa qilish yo`li bilan simvol orqali belgilangan 
raqamni aniqlash va sonning yozuvini tiklashdan iborat bo`lishligi 
kelib chiqadi. 
14 


16 





15 


24 


13 
28 
52 


59 
Rebuslarni 
shifrlash 
(ya’ni 
raqamlarni simvollar bilan 
almashtirish) va shifrlar bilan yozilgan sonlarni aniqlashning bir necha 
turlari mavjud. 
1) agar rebus harflar bilan shifrlansa, u holda har bir raqamga 
yagona harf mos kelishi va ikkita turli harflarga ikkita turli raqamlar 
mos kelishi zarurdir. Shuning uchun rebusni yechishda biror harfning 
son qiymati topilgan bo`lsa, u holda boshqa harflar bu qiymatni qabul 
qilishlari mumkin emas.
2) rebus bitta simvol (ko`p hollarda yulduzcha simvoli- )bilan 
shirflansa, u holda bu simvol orqali turli raqamlar shifrlangan bo`ladi. 
Rebuslarni yechishda ko`p hollarda quyidagi qoidalardan 
foydalaniladi. 
1. Agar ixtiyoriy sonni bir xonali songa ko`paytirilganda yana 
o`sha sonning o`zi hosil bo`lsa, u holda ko`paytuvchi 1 ga teng 
bo`ladi. 
2. Sonning yozuvida chapdan eng chetdagi raqam 0 bo`la 
olmaydi. 
3. Agar 0 bilan tugamaydigan ixtiyoriy sonni, ixtiyoriy bir 
xonali songa ko`paytirilganda birlar xonasida 0 hosil bo`lsa, u holda 
ko`paytuvchilarning birlar xonasidagi raqamlaridan biri 5 ga teng 
bo`lib, ikkinchisi juft son bo`ladi. 
Sonli rebuslarni yechishda bunga o`xshash xossalar ko`p bo`lib, 
ularning har biri konkret misollarni yechish jarayonida aniqlashtirib 
boriladi. 
Sonli rebuslarni ularda bajariladigan arifmetik amallarga qarab, 
ikki guruhga ajratish mumkin: 
1. Qoshish va ayirish amallarini qo`llashga doir sonli rebuslar 
2. Ko`paytirish va bo`lish amallarini qo`llashga doir sonli 
rebuslar 
Quyida bitta simvol-yulduzcha orqali raqamlari almashtirilgan 
sonli rebuslarni yechishga doir misollar ko`rib o`tamiz. 


60 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin