Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Mustaqil ishlash uchun test variantlari 1. Harbiy o‘quv yurtiga o‘qishga kirganlar uchun harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi qachon?
a) Harbiy o‘quv yurtiga kirgan kun.
b) Mudofaa ishlari bo‘limiga chaqirilgan kun.
c) Chaqiriluvchi o‘zi tanlagan kun.
d) Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ajratgan kun.
2. Qurolli Kuchlari tizimini eng ko‘p sonli qo‘shin turini aniqlang?
a) Quruqlikdagi qo‘shinlar.
b) Tank qo‘shinlari.
c) Maxsus qo‘shinlar.
d)Milliy gvardiya.
3. Harbiy yig‘inlarga kimlar jalb etiladi?
a)Harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish vaqtida safarbarlik tadbir choralari rejalari bo‘yicha harbiy yig‘inlarga jalb etiladi.
b)Oliy harbiy o‘quv yurtiga o‘qishga kira olmagan chakiriluvchilar.
c)O’zlari xoxlagan har bir erkak fuqaro.
d) Harbiy xizmatga bormaganlar.
4. VPXR kimyoviy razvedka priborini og‘irligi qancha?
a) 2,3 kg.
b) 4,3 kg.
c) 3,3 kg.
d) 0,3 kg.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining rusumli kiyimi va farqlovchi nishonlarini yoki o‘xshash kiyimlarni o‘quvchilarga CHQBT darslarida kiyishga ruxsat etiladimi?
a) Ha, ruxsat etiladi.
b) Yo‘q, ruxsat etilmaydi
c) Direktorning roziligi bilan ruxsat etiladi.
d)O‘quvchilar xoxlasalar..
6. Uch kunlik dala-o‘quv yig‘inlari qaysi soatlar hisobidan o‘tkaziladi?
a) CHQBT o‘quv dasturiga ajratilgan soatlar hisobidan.
b) Ilmiy bo‘lim mudiri ajratgan soatlar hisobidan.
c) Jismoniy tarbiya darslari soatlari hisobidan.
d) O‘quv yurti ixtiyoridagi soatlar hisobidan.
7. Ak-74 magaziniga qancha o‘q sig‘adi?
*a)30 dona.
b)45 dona.
c)55 dona.
d)25 dona.
8. CHQBT rahbarining besh kunlik o‘quv metodik yig‘inlari qachon o‘tkaziladi?
a) Tuman mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan yangi o‘quv yili boshlanishidan avval.
b) Tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan.
c) Tuman MK "Vatanparvar" tashkiloti tomonidan.
d) Tuman xokimligi tomonidan.
9. Mudofaa vazirligi o‘quv yurtlarini fuqarolar himoyasi vositalari bilan kimning mablag‘i hisobiga ta’minlaydi?
a) Tuman mudofaa ishlari bo‘limlari mablag‘lari hisobiga mudofaa ishlari boshqarmalari orqali.
b) Xokimliklar mablag‘i hisobiga mudofaa ishlari boshqarmalari orqali.
c) Tuman xalq ta’limi bo‘limi mablag‘lari xisobiga mudofaa ishlari bo‘limi orqali..
d) Tuman xalq ta’limi bo‘limi mablag‘lari xisobidan
10. Omaviy Qirg‘in Qurollari (OMP) aniqlang?
a) Yadro, Kimyoviy, Biologik qurollar.
b) AK-74, Tank, BMP.
c) Yadro, O‘q otar qurollar.
d) BTR, BMP va Pulemyot (KPVT).
11.AK - 74 avtomatining jangovar otishi tezligi qancha?
a) 40 (100) dona/daqiqa.
b) 30 (90) dona/daqiqa.
c) 50 (110) dona/daqiqa.
d) 60 (120) dona/daqiqa
12. Harbiy xizmatchi safda yurganda qadamining uzunligi qancha?
a) 70-80 sm
b) 60-70 sm.
c) 65-70 sm.
d) 75-80 sm.
13. CHQBT fanini o‘quv moddiy bazasi nechta elementdan iborat?
a) 12 ta.
b) 10 ta.
c) 8 ta.
d) 15 ta.
14. Urush holati qanday e’lon qilinadi?
a) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda qonunda belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
b) Vazirlar Maxkamasi tomonidan e’lon qilinadi.
c) Harbiy Okrug qo‘mondoni e’lon qiladi.
d) Mudofaa vazirining ixtiyoriga ko‘ra e’lon qilinadi.
15. Kichik ofitserlar tarkibiga qaysi unvonlar kiradi?
a) Leytinant, katta leytinant, kapitan.
b) Leytinant, kapitan , mayor.
c) Mayor, polkovnik, kapitan.
d) Leytinant, mayor, general.
16. Kuroli Kuchlardagi tankga qarshi minalarni aniqlang?
a) TM- 57, TM-62.
b) F-1, RKG-3.
c) RGD-5, RKG-3.
d) TM-57,RGD-5.
17. Harbiy ro‘yxat nima maqsadda tuziladi?
a) Davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish va taxlil qilish uchun.
b) Oddiy askar va ofitserlarni saralash uchun.
c) Serjantlar tarkibini aniqlash uchui.
d) Harbiy kiyim bosh berish uchun.
18. O‘quv yurti direktori qurol saqlash xonasini qancha muddatda nazoratdan o‘tkazishi shart?
a) 3 oyda.
b) 2 oyda.
c) 1 oyda.
d) 5 oyda.
19. O‘quv yurtida CHQBT tashkil etish, o‘tkazish va uning natijasi uchun bevosita kim mas’ul?
a) O‘quv yurti direktori, CHQBT rahbari.
b) Direktor o‘rinbosari.
c) Ilmiy bo‘lim mudiri.
d) CHQBT rahbari.
20. O‘quv yurtida CHQBT ning holati pedagogik kengashda bir yilda necha marotaba ko‘rib chiqilishi shart?
a) Bir yilda bir marotaba.
b) Ikki yilda bir marotaba.
c) Uch yilda bir marotaba.
d) Ko‘rib chiqilmaydi.
21. Talabalarni avtomatdan jangovar patronlar bilan otishga o‘rgatish qaysi xujjat asosida ammalga oshiriladi?
a) Otish kursi.
b) CHQBT o‘quv dasturi.
c) Quruqlikdagi qo‘shinlarning jangovar nizomi.
d) Saf nizomi.
22.Avtomatdan otish vaqti, joyi va tartibini kim aniqlaydi?
a) Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i otish mashg‘ulotini o‘tkazuvchi harbiy qism komandiri bilan kengashgan holda.
b) O‘quv yurti direktori.
c) Tuman (shahar) xokimining o‘rinbosari.
d) Tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri.
23. CHQBT rahbarligiga nomzodlarni kim tomonidan tanlanadi?
a) Mudofaa ishlari bo‘limi tafsiyasiga ko‘ra o‘quv yurti direktori.
b) MK "Vatanparvar" tashkiloti tuman kengashi tomonidan.
c) Tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan.
d) Tuman xokimligi tomonidan.
24.O‘quv yurtlarini tabelda ko‘rsatilgan o‘quv texnikasi, individual himoya vositalari, radiatsion va kimyoviy razvetka asboblari bilan kim ta’minlaydi?
a) MK "Vatantarvar" tashkiloti.
b) Mudofaa vazirligi.
c) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
d) Sog‘liqni saqlash vazirligi.
25.Tankka qarshi qo‘l granatasini aniqlang?
a) RKG-3.
b) F-1.
v) RGD-5.
g) PG-6.