Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Umumqo‘shin janginig tavsifi, uning maqsadi. Jangning xususiyati va uning olib borilishi avvalambor moddiy asosga, ya’ni qurol-aslaxa, jangovar texnika va ularni ishlatadigan insonlarga boglik.
Yangi kurash vositalarining katta kudratiga karamay, inson baribir birinchi asos bo’lib qoladi. Usiz xar qanday texnika va qirgin vositalari foydasiz bo’lib, qurolli kurash umuman ma’noga ega emas.
Harbiy san’atning rivojlanishi o’tgan urushlarda qo’llanilgan kurash vositalaridan farkli zamonaviy kurashish vositalarining paydo bo’lishi va jo’shkin rivojlanishi bilan, armiyani butunlay motorlashtirish bilan, jadal mexanizatsiyalash, xamda ko’shinlarda radioelektronika vositalarini joriy qilish bilan keskin ajralib turadi.
Dushmanni yengishda eng asosiy va kuchli vosita yadro qurolidir. Undan moxirona foydalanish qisqa vaqt ichida yuqori samaradorlik bilan dushmanning ommaviy qirgin vositalarini yo’q qilishga, unga katta talofat yetkazishga, inshootlar va boshqa ob’ektlarni vayron qilishga, radioaktiv zararlanish maydonlarini, vayrona, o’t ketish va suv bosish maydonlarini xosil qilishga, xamda qurolli kuchlar shaxsiy tarkibiga va insonlarga kuchli ruxiy ta’sir o’tkazishga imkon yaratiladi.
U kutilmaganda, oddiy qurol bilan ko’shilib, kuchli o’q yogdirgan xolda ko’llaniladi. Yadro quroliga xar xil ko’rinishdagi yadroviy o’q-dorilar va ularni mo’ljalga yetkazib beruvchi vositalar kiradi.
Yadro quroli bilan keng, ayrim joylarga va yakka zarba berilishi mumkin. Ob’ektlarga yadro qurolini xavoda, yer ustida (suv satxi va ostida) portlatish yo’li bilan shikast yetkazish mumkin. Yadroviy o’k-dorilarni mo’ljalga yetkazishda xar-xil vazifa o’tovchi raketa va samolyotlar asosiy vositalar xisoblanadi.
Shikastlantirishning asosiy vositasi sifatida yadro quroli jangning xususiyatiga xal kiluvchi ta’sir ko’rsatib, unga kat’iyatlik, tezkorlik olib kiradi va fazoviy ko’lamini kengaytiradi.
Oddiy qurolga barcha o’t ochuvchi va zarba beruvchi, ko’llaniladigan artilleriya, zenit, aviatsion, o’kotar, muxandislik o’k-dorilari va boshkalar kiradi. Oddiy qurol rakibning jangovar texnika va tirik kuchini shikastlantirishda, xamda xar-xil ob’ektlarni vayron qilishda mustakil yoki yadro quroli bilan birga ko’llanilishi mumkin.
Harbiy ishning dialektikasi shundayki, yadro quroli xal kiluvchi axamiyatga ega bo’lgani bilan tanklar, smolyotlar, artilleriya va boshka oddiy kurashish vositalarining xam roli kattadir. Ayniksa, ba’zi bir sharoitlarda jangovar xarakatlar fakatgina oddiy qurol vositalari ko’llanishi bilan olib borilishiga axamiyat berish kerak.
SHunday kilib, masala zamonaviy jangda motoo’qchi bo’linmalar, qismlar va qo’shinlarning o’sib borayotgan rolini, tanklarning o’t ochuvchi va zarba beruvchi kuchlarini, artilleriya va aviatsiyaning samarador zarbalarini moxirona qo’llashni o’rganishdadir.
Jangovar texnika va qurollanishning o’zgarishi jangning xususiyatiga, mazmuniga va olib borilishiga muxim ta’sirini ko’rsatadi.