Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Suyak sinishi to‘g‘risida tushuncha. Suyak sinishining turlari va uning belgilari. Mashg‘ulot raxbari tushuntirish bilan bir vaqtda, o‘ziga yordamchi qilib olgan o‘quvchi yordamida va rasmli plakatlardan foydalanib mashg‘ulotni amaliy shaklda o‘tkazadi. Gapirilayotgan mazmun amaliy tarzda bajarilib boriladi. Odam keskin harakat qilganida, zarb eganida, balandlikdan yiqilib tushganida suyaklari sinishi va u yopiq hamda ochiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. YOpiq suyak sinig‘i paytida teri qoplamlari buzilmaydi. Ochiq suyak siniqlarida esa suyak singan joyda jarohat bo‘ladi. Bunda suyaklarning ochiq sinishi xavfli hisoblanadi. CHunki suyaklar ochiq singanida suyak bo‘laklari surilib ketish, qon oqishi va boshqa og‘ir holatlarni keltirib chiqaradi.
Suyakning atiga ikki bo‘lak siniq bo‘lib sinishi, bir siniqli sinish deb aytiladi, bir nechta bo‘laklar xosil qilib sinishi esa ko‘p siniqli sinish deb aytiladi. Badan kuyishi va radiatsiya shikasti bilan birga qo‘shilgan siniqlar og‘irroq o‘tadi.
Suyak sinishlarining asosiy belgilari: suyak singan joyning og‘rib, shishib ketishi, qontalash bo‘lishi, patologik xarakatchanlik, qo‘l yoki oyoq funksiyasining buzilishi. Suyak ochiq singan maxallarda jarohatda suyak bo‘laklari ko‘rinib turishi mumkin. Qo‘l-oyoq suyaklari singanida qo‘l yoki oyoq kalta tortib, singan joyi qiyshayib qoladi. qovurg‘alarning shikastlanishi nafas olishni qiyinlashtirib qo‘yishi mumkin, paypaslab ko‘rilganida qovurg‘alar singan joyida bo‘laklarining qirsillab turgani eshitiladi (krepitatsiya).CHanoq suyaklari va umurtqa pog‘onasi singan maxallarda ko‘pincha siydik chiqarish qiyinlashib qoladi va oyoq harakatlari izdan chiqadi. Kalla suyaklari singanda aksariyat hollarda quloqlardan qon keladi.
Suyaklarning sinishi og‘ir hollarda shok bilan birga davom etadi. SHok suyaklar ochiq sinib, arteriyalardan qon ketib turgan maxallarda ayniqsa ko‘p paydo bo‘ladi. Travmatik shok og‘ir shikastlarning hayot uchun xavf soladigan asorati bo‘lib, markaziy nerv sistemasi faoliyati, qon aylanishi, moddalar almashinuvi va hayot uchun muxim bo‘lgan boshqa funksiyalarning buzilishi bilan harakterlanadi.
Bir marta yoki takror-takror og‘ir shikast etishi shokka sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘p qon ketgan maxallarda, qish paytlari esa yarador odam sovqotib qolgan vaqtlarda shok ayniqsa ko‘p uchrab turadi. SHok belgilari qancha vaqtdan keyin paydo bo‘lishiga qarab shok birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin.
Birlamchi shok odamga shikast etgan zaxoti yoki undan keyin darhol boshlanadi. Ikkilamchi shok shikastlangan odamni transportda extiyotsizlik bilan olib borilishi yoki singan joylarini puxta immobilizatsiya qilinmasligi sababli unga birinchi yordamni ko‘rsatib bo‘lgandan keyin paydo bo‘lishi mumkin.
Travmatik shokning avj olib borishida ikki fazasi tafovut qilinadi-erektil qo‘zg‘alish va torpid tormozlanish. Qo‘zg‘alish fazasi travmadan keyin o‘sha zaxotining o‘zidayoq organizmning juda kuchli og‘riq ta’sirotiga javob reaksiyasi tariqasida boshlanadi. Bunda shikastlangan odam bezovtalanib, og‘riqdan o‘zini har yoqqa tashlaydi, baqiradi, yordam so‘rab, iltijo qilada. Bu fazasi qisqa (10—20 minut) davom etadi va birinchi tibbiy yordami ko‘rsatilayotgan paytida hamisha ham sezilavermasligi mumkin. SHu fazasidan keyin tormozlanish boshlanadi, shikastlangan odam es-xushi joyida bo‘lgani holda yordam so‘ramaydi, bo‘shashib, atrofdagilarga loqayd bo‘lib qoladi, hayot uchun muxim bo‘lgan barcha funksiyalari susayib ketadi: badani muzlab, yuzi oqaradi, pulsi zaif, nafas olishi arang bilinadi.
O‘tishi nechog‘li og‘irligiga qarab travmatik shokning to‘rt darajasi tafovut qilinadi: engil, o‘rtacha, og‘ir, juda og‘ir shok holati.
SHokning oldini olish uchun ko‘riladigan asosiy choralari odam shikastlanganida og‘riqni bartaraf etish yoki kamaytirish, qon ketishini to‘xtatish, sovqotishga yo‘l qo‘ymaslik, birinchi tibbiy yordami ko‘rsatish amallarini extiyot bo‘lib bajarish va shikastlangan odamni transportda avaylab olib borish. SHikastlanib, shok holatiga tushib qolgan odamga birinchi tibbiy yordami ko‘rsatishda hayot uchun xavf solib turgan qon ketishni to‘xtatish, tyubik-shpritsdan og‘riqni qoldiradigan dori yuborish, sovuqdan asrash, suyaklari singan bo‘lsa, transport immobilizatsiyasini qilish zarur.
Og‘riq qoldiradigan dorili tyubik-shprits bo‘lmagan maxallarda shok holatida yotgan odamga, agar qornida teshib o‘tgan jarohati bo‘lmasa, ichkilik (vino, aroq, suyultirilgan spirt), qaynoq choy, kofe ichirish mumkin. SHikastlangan odamni usti yopib o‘raladi va zambilga solib, imkon boricha tezroq tibbiy muassasasiga olib boriladi. Mashg‘ulot raxbariga o‘quv materialini mustahkamlash uchun savollar bilan o‘quvchilarga murojat etish tavsiya etiladi.