Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/43
tarix28.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#126014
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Asosiy tushunchalar 
Pedagogikaning nazariy vazifasi - ilg’or va yangi pedagogik tajribalarni o’rganish. 
Pedagogikaning texnologik vazifasi — diagnostik sath - pedagogik hodisalar holatini aniqlash; 
bashorat qilish sathi - pedagogik faoliyatni eksperimental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik 
voqelikni yaratish modellarini o’rnatish; loyiha sathi - pedagogik faoliyatning nazariy 
kontseptsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofiq metodik materiallar (o’quv 
reja, dastur, darslik va o’quv qo’llanmasi, pedagogik tavsiyanomalar) ishlab chiqish; 
yaratuvchilik satxi -pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida 
ta'lim amaliyotiga tatbiq etish; reflektik va tuzatma (korrektirovka) sathi — ilmiy tadqiqotlar 
natijalarining ta'lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baholash. 


Muammoli o’qitish -o’quv mashg’ulotini tashkil etish shakli bo’lib, unda pedagog rahbarligida 
muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal qilinishida ta'lim oluvchilar faol mustaqil 
harakat qiladilar. 
Muammoli vaziyat - o’quv vaziyati bo’lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli 
yuzaga keladi. 
Muloqotning yetakchi turi - rivojlanishning ma'lum bir davrida atrofidagi kishilar bilan 
muomalada yetakchilik qiladigan muloqot turi bo’lib, uning natijasida shaxsning asosiy sifatlari 
shakllanadi. 
Munozara — 1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama qilish, bahs; 2) muayyan 
muammo bo’yicha fikr almashishga asoslangan ta'lim metodi. 
Pedagogik texnologiya - 1) oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va 
bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz 
o’zaro bog’langan harakatlari tizimidir; 2) ta'lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to’plamini 
qo’llash bilan bog’liq bo’lgan pedagogning uzluksiz, o’zaro shartlangan harakatlari tizimidir; 3) 
pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qatiy ilmiy loyihalashtirilgan 
pedagogik harakat; 4) ta'lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan va texnika hamda inson 
omillari, uning o’zaro hamkorligi asosida o’qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish
qo’llash va belgilashning tizimli metodidir. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin