O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI
DAVLAТ SOLIQ QO‘MIТASI
SOLIQ AKADEMIYASI
“MOLIYA VA KREDIТ”
kafedrasi
“DAVLAT BUDJETI”
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Toshkent-2015 y
Kirish
Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta’sir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda o‘zining yangi “xuruji”ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qitalarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya tizimining “mo‘rt” bo‘g‘inlarini oshkor etib qo‘ydi. Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘zini to‘la oqlagani har qanday e’tirof va e’tiborga munosibdir.
O’tgan 2014 yil ham mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo‘ldi. Prezidentimiz I.A.Karimov 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida o‘tgan yil natijalariga atroflicha to‘xtalib, joriy yil vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi.
Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida “O‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz1”-deya ta’kidlab o‘tdi.
Iqtisodiyotda erishilgan marralar, istiqbolga mo‘ljallangan uzoq muddatli maqsadlar, jahon bozoridagi real va yuzaga kelishi prognozlashtirilayotgan vaziyatdan kelib chiqib, quyidagilar 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari etib belgilandi:
I. Tarkibiy qayta ozgartirishlarni kengaytirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatbardoshligini yanada oshirish, sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash;
П. Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘liq erkinlik berish, bu boradagi barcha to‘siq va cheklashlarni bartaraf etish;
III. Iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini tanqidiy baholash, uni strategik hamda iqtisodiy asoslangan darajagacha qisqartirish;
IV. Korporativ boshqaruv tizimidagi tamoyillar va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlarining korporativ menejmentiga doir xalqaro zamonaviy standartlarni joriy etish;
V. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
VI. Rivojlangan infratuzilmani, birinchi navbatda, axborot-kommunikatsiya tizimlarini yaratish, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish;
VII. Aholi bandligini ta’minlash, eng avvalo kasb-hunar kollejlari va oily ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
VIII. Keksa avlod kishilariga g'amxo'rlik va etiborni kuchaytirish, keksalarni moddiy va ma’naviy sollab-quvvatlash, ularning hayotiga talluqli mavjud muammolarni hal etish.
O‘tgan davr mobaynida soliq organlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta’minlashga ham juda katta e’tibor berildi. Soliq xizmati xodimlarini tayyorlashda va qayta tayyorlashda ularga nazariy jihatdan ko‘mak beradigan o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat budjeti fani «Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun mutaxassislik fani hisoblanib, talabalarni o‘z tanlagan sohalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
«Davlat budjeti» fanidan ma’ruza mashg’ulotlari mavzularining soatlar bo’yicha taqsimoti jadvali
№
| Fan mavzularining nomi | Soatlar | -
|
“Davlat budjeti” fanining predmeti, maqsad va vazifalari
|
2
| -
|
Davlat budjetining mohiyati va ahamiyati
|
2
| -
|
Budjet qurilishi va budjet tizimi
|
2
| -
|
Davlat budjetining huquqiy asoslari. Budjet siyosati
|
2
| -
|
Budjet tizimini boshqarish
|
2
| -
|
Budjet tasnifi
|
2
| -
|
Budjet daromadlari tizimi
|
2
| -
|
Budjet xarajatlari tizimi
|
2
| -
|
Budjet jarayoni
|
2
| -
|
Budjet nazorati
|
-
|
|
JAMI
|
18
|
1-mavzu. «Davlat budjeti» fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja
-
“Davlat budjeti” fanining maqsadi va vazifasi.
-
Fanning predmeti va tarkibiy tuzilishi.
-
Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog’liqligi
1.“Davlat budjeti” fanining maqsadi va vazifasi
«Davlat budjeti» fani Yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlanishi jarayonidagi davlat ihtiyorida hosil bo’ladigan markazlashtirilgan pul fondini tashkil qilish va undan foydalanish bilan bog’liq pul munosabatlari tizimini o’rganadigan fan bo’lib, xo’jalik munosabatlarini ajralmas qismi hisoblanadi. Kurs budjet kategoriyasini o’rganadi. Uning ham iqtisodiy kategoriyalar qatorida xizmat qilishi; mamlakat moliyaviy va iqtisodiy qonunlari orasida amal qilish asoslari, ob’ektiv va sub’ektiv zaruriyatlari haqida tushuncha beradi. Bu kurs budjetning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan munosabatlarini ham o’rganadi.
Mazkur kursni o’rganish jarayonida davlat daromadlarining asosiy elementi hisoblangan budjet daromadlari va ularni shakllantirishning iqtisodiy huquqiy asoslarini o’rganiladi.
Budjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatlari, uni mamlakat ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi sifatidagi xususiyatlarini, budjetning iqtisodiyotga ta’sirini, budjet vositasida iqtisodiyotga ta’sir qilishning iqtisodiy- nazariy asoslarini o’rganadi.
Shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida davlat budjetining ahamiyati, budjet harajatlari tizimini, harajatlarning amalga oshirish mexanizmlari, harajatlar tizimini davlat funksiyalaridan kelib chiqqan holda o’zgarish tendensiyalarini, o’rganadi.
“Davlat budjeti” fanining maqsadi Davlat budjeti va budjet tizimi haqida nazariy bilimlar berish, ulardan mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida davlat budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari va ularni hayotga tadbiq etish yo’llari bo’yicha asosiy ko’nikmalar hosil qilish
Fanning vazifasi - davlat budjeti ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini va ahamiyatini o’rganish, budjet tizimining amal qilish asoslarini o’rganish, budjet tizimini boshqarishning tashkiliy asoslarini o’rganish, davlat budjeti daromadlari tizimi va daromadlar manbalarini o’rganish, davlat budjeti xarajatlari tizimi va yo’nalishlarini o’rganish, davlat budjetining holati, budjet taqchiligining mohiyati va taqchillikni moliyalashtirish usullarini o’rganish, budjet jarayoni, budjet ijrosi va budjet nazoratini tashkil etish asoslarini o’rganish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va erkinlashtirish sharoitida budjet siyosatining ustuvor yo’nalishlari va ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan iborat.
2.Fanning predmeti, asosiy mazmuni, tarkibiy tuzilishi, vazifalari
«Davlat budjeti» fanining predmeti, YaIMni taqsimlanish jarayonida markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish va foydalanish jarayonidag pul munosabatlari maydonga chiqadi.
“Davlat budjeti” fani beshda bo’limdan iborat bo’lib ular: Davlat budjetining nazariy asoslari, Davlat budjeti daromadlari tizimi, Davlat budjeti xarajatlari tizimi va davlat budjeti holati, Budjet jarayonini tashkil etish asoslari, Budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar.
3. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog’liqligi
«Davlat budjeti» fani “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Makro va mikroqtisodiyot”, “Moliya”, “Soliq nazariyasi”, “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish”, “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”, “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” va boshqa maxsus fanlar bilan o’zaro o’zviy bog’liq hamda uslubiy jihatdan uzviydir.
Nazorat va muhokama uchun savollarni
1. «Davlat budjeti» fanining maqsadi nima?
2. Fanning asosiy vazifalari qanday?
3.Fanning predmeti nimadan iborat?
4. Fannig bo’limlarini aytib bering.
5.”Davlat budjeti” fani qaysi fanlar bilan bog’liq o’rganiladi?
2-mavzu. Davlat budjetining mohiyati va ahamiyati
Reja
-
Davlat budjeti - iqtisodiy kategoriya sifatida.
-
Davlat budjetining ijtimoiy-iktisodiy mohiyati va funksiyalari.
-
Budjetning mamlakat moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari.
1. Davlat budjeti - iqtisodiy kategoriya sifatida.
Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo’lgan bo’-lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosa-batlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va budjet-ning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi.
Hozirgi sharoitda Davlat budjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumenti (vositasi)dir.
O’zining mohiyatiga ko’ra, Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo’lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo’lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, Davlat budjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xis-lati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Davlat budjeti moliya tizimining markaziy bo’g’ini, qayta taqsimlash munosabatlarining iqtisodiy shakli hisoblanadi. Budjet orqali milliy daromad qayta taqsimlanadi. Budjet orqali qiymatni qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bo’g’inlariga nisbatan katta mikdorni tashkil etadi. Budjet orqali qayta taqsimlash davlat moliyasi tarkibida markaziy o’rinda.
Davlat budjetida, moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli o’laroq, ikki tushunchaning terminologik qo’shilishi mavjud: 1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan YaIM va milliy daromadning taqsimlanishi jarayonida davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir.
2.Davlat budjetining ijtimoiy-iktisodiy mohiyati va funksiyalari
Huquqiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Moddiy ma’noda budjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy xokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo’yilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni budjet hisobidan moliyaviy ta’minlash deganda budjetning aynan ana shu moddiy ma’nosi ko’zda tutiladi.
Davlat budjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Budjet iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- YaIMni qayta taqsimlash;
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish;
- budjet sohasidagi muassasalarni moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;
- nazorat.
3. Budjetning mamlakat moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari
Budjet munosabatlari - davlat bilan xo’jalik sub’ektlari hamda aholi o’rtasidagi qiymat taqsimlanishi jarayonida paydo bo’luvchi moliyaviy munosabatlardir: birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimlash bosqichida vujudga keladi; ikkinchidan, markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish va undan davlat manfaatlari yuzasidan foydalanishga yo’naltiriladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
-
Davlat budjetining ijtimoiy - iqtisodiy mazmuni nimalar bilan belgilanadi?
-
Iqtisodiy kategoriya sifatida budjetning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
-
Davlat budjetining ta’rifini aytib bering?
3-mavzu. Budjet qurulishi va budjet tizimi
Reja
-
Budjet tuzilmasi asoslari.
-
Budjet tizimining tashkiliy tamoyillari.
-
Budjet tizimi bo’g’inlari.
-
Budjetlararo munosabatlar, ularning shakllari.
1. Budjet tuzilmasi asoslari
Budjet tuzilmasi budjet tizimini tashkil qilish va uning tuzilish tamoyillarini o’zida aks ettirib, turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet huquqlari va vakolatlari, daromad va xarajatlarni budjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlash tamoyillarini aniqlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Budjet qurilmasi mamlakatlarning siyosiy tuzilishi, boshqaruv tizimining shakllanish xususiyatlariga bevosita bog’liqdir. Masalan, Federativ mamlakatlarda munitsipal budjetlarning budjet vakolatlar va huquqlari unitar mamlakatlarga nisbatan yuqoridir. Ma’lumki, mamlakatning byudje tizimi, turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet huquqlari elementlarida gap budjet tizimining tamoyillari haqida ketadi.
Budjet tuzilmasi modellari: markazlashmagan, markazlashgan va aralash.
Markazlashmagan model: Budjet tizimining o’z xarajatlarini ta’minlovchi o’z daromadlari manbalariga ega markaziy hamda mahalliy budjetlarni avtonomlashtirish bilan xarakterlanadi.
Markazlashgan model: Har bir yuqori budjetga tartibga solish vazifasini biriktirish orqali barcha budjetlarni yagona davlat budjetiga markazlashtirish bilan xarakterlanadi.
Aralash model: O’z xarajatlarini ta’minlovchi o’z daromadlari manbalariga ega mahalliy budjetlarga nisbatan markaziy budjetlarga tartibga solish vazifasini belgilash bilan xarakterlanadi
Budjet tizimi tushunchasi. Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o’rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so’mda amalga oshiriladi.
2. Budjet tizimining tashkiliy tamoyillari
Budjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
budjet tizimining yagonaligi;
budjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi;
budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;
budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi;
budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
ochiqlik.
Budjet tizimining yagonaligi prinsipi. Budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo’lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.
Budjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi. Budjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishi lozim.
Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi prinsipi. Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak.
Budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda budjetlarning mablag’lari mazkur budjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi. Budjet tizimi budjetlarini tuzishda budjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi. Budjet tizimi budjetlarining mablag’lari muayan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.
Budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi prinsipi. Budjet tizimi budjetlari mustaqildir.
Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi prinsipi. Budjet jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Kassaning yagonaligi prinsipi. Budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.
Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi. Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi budjet jarayonining har bir ishtirokchisi budjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir.
Ochiqlik prinsipi.
Ochiqlik prinsipi:
Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini;
tasdiqlangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.
3.Budjet tizimi bo’g’inlari
Budjet tizimi budjetlari - O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalaridan iborat.
Davlat budjeti:
-
respublika budjetini;
-
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog’iston) bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.
Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.
Тumanlarga bo’linadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o’z ichiga oladi.
Тumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |